Sana: 30. 04. 2020 Sinf: 8 “A” Mavzu: Kirish


Download 82.69 Kb.
Sana03.06.2020
Hajmi82.69 Kb.
#113778
Bog'liq
2 5276391761499915721


Raxmonqulova Niginaning 8 sinflar uchun namunaviy dars ishlanmasi

Fan: Geografiya (O‘zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasi)

Sana:30. 04.2020

Sinf: 8 “A”

Mavzu: Kirish

Darsning maqsadi:

ta’limiy: – O`quvchilarga O’zbekiston iqtisodiy va tabiiy geografik o‘rinlarining bir birlaridan farqlarini o‘rgatish - FK-1;

rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning qo‘shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga o‘rgatish – TK-1; ularning nutqini o‘stirish – TK-2;

Dars uslubi: Ko‘rgazmali-amaliy;

Qo’llanilgan kompetensiya: Geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:

Dars usuli: Noan’anaviy (Aytganimni qaytarma o’yini, Amaliy metodi)

Dars tipi: Yangi bilimlar beruvchi

Dars shakli: Individual va mustaqil ishlash darsi

Dars didaktikasi:

a) jihozi: darslik, o‘qituvchi kitobi, 8-sinflar uchun tayyorlangan taqdimotlar , o‘quv atlasi va yozuvsiz xaritaralar, O‘zbekiston iqtisodiy ijtimoiy xaritasi;

b) texnik vositalari: kompyuter, televideoproyektor, monitor.

Darsning blok-sxemasi:

T/r

Darsning bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O‘tilgan mavzuni takrorlash

15 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

10daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

12 daqiqa

5

Darsni yakunlash:

1.O‘quvchilarni baholash

2. Uyga vazifa berish va darsni yakunlash


5 daqiqa


DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism(salomlashish, davomatni aniqlash, sinf tozaligini va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish).

O‘qituvchi darsga kirib kelib, o‘quvchilar bilan salomlashadi

Shundan so‘ng o‘qituvchi davomatni aniqlaydi, sinf tozaligini va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.

O‘tilgan mavzuni takrorlash. O‘tilgan 7 sinf O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursini qisqacha “Ayganimni qaytarma" o’yinidan foydalangan holda takrorlanadi.

Aytganimni qaytarma” o’yini foydalanish uchun topshiriq namunasi:

Bunda o’tilgan darslar yuzasidan o’quvchilarga bir birlarining bergan ma’lumotlarini qaytarmagan holda dars yuzasidan yangi ma’lumotlar berilishi to’g’risida ko’rsatma beriladi. Bu o’yin orqali o’quvchilarni barchasini baholash va e’tiborini jalb qilish juda qulay hamda o’quvchilarning qanchalik darsga tayyorliklarini aniqlab olish mumkin.

Yangi mavzu bayoni. Dastlab, 8-sinflar uchun tayyorlangan "Darslikka kirishi” mavzusidagi slaydlar yordamida monitor orqali namoyish etiladi. Shundan so‘ng o‘qituvchi darslik, devoriy xarita va o‘quv atlasidan foydalangan holda mavzuni tushuntirib beradi.

O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi nimani o‘rganadi?

Siz endi oldingi sinflarda olgan bilimlaringiz asosida Yer yuzi, shu jumladan, mamlakatimiz tabiati haqida boshqalarga ham ma'lumot bera olasiz. Ulardan tashqari shunday bilimlar ham borki, ular kishilar faoliyati, hayot tarzi va ishlab chiqarishning hududiy farqlanishi kabi insoniyat, jamiyat hayoti bilan bevosita bog‘liqdir. Ana shu bilimlarni o‘rganadigan fan iqtisodiy va ijtimoiy geografi ya deb yuritiladi. U aholi faoliyatining hududiy tashkil etilishi bilan bog‘liq iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni muayyan mamlakat bo‘yicha ham, butun jahon miqyosida ham o‘rganadi. Ushbu o‘quv yilida jonajon Vatanimiz - O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografi yasini o‘rganasiz.

Darhaqiqat, zavod, fabrika, firma, shifo maskani, ta'lim muassasasi yoki maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari puxta o‘ylanmasdan duch kelgan joyda barpo qilinsa, kishilarni sarsongarchilikka, mehnat va mablag‘ni behuda sarflashga majbur qiladi. Oxir-oqibatda bu ijtimoiy mehnat unumdorligining oshishiga salbiy ta'sir etadi. Ijtimoiy mehnat unumdorligi - moddiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan har bir ishlovchi hisobiga hosil qilingan milliy daromad miqdori.

Mehnat unumdorligi ishlab chiqarishning mashinalar, malakali ishchilar, elektr energiya, tabiiy boyliklar bilan ta'minlanganiga, korxona va aholi punktlarining kishilarga qulay hamda tabiiy muhit toptalmaydigan joyda barpo etilganiga, mehnatkashlarning yashash sharoitlari, dam olishi hamda ularga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatilishiga ham bog‘liq. Agar xomashyo, yoqilg‘i, energiya manbalari va ishchilar o‘zaro yonmayon joylashsa, ishlab chiqarishda yuqori samaradorlik ta'minlanadi. Biroq bunday qulay joylashish kamdan kam uchraydi. Ba'zi joylarda xomashyo yetishmasa, boshqa joyda yoqilg‘i, energiya tanqisligi kuzatiladi. Ana shuning uchun ham mamlakatni rivojlantirishning milliy dasturlarida aholini, ishlab chiqarishni joylashtirish hamda tabiat boyliklaridan foydalanish masalalarini hududiy yaxlit tashkil etishga alohida e'tibor beriladi. Bu fan xulosalari uchun asos bo‘lgan ma'lumotlar - daliliy ashyolar zamon bilan hamnafas o‘zgarib boradi. Darslikda keltirilgan raqamli ma'lumotlar, rasm, xarita-sxemalardagi ma'lumotlar va hatto joy nomlari ham ertaga bugungidan farqlanishi mumkin. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga xos bu jihat kundalik voqea va hodisalardan muntazam xabardor bo‘lib turishni taqozo etadi.Yurtimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tishdek murakkab va keng qamrovli jarayon kechmoqda. Bunday paytda mamlakatda, har bir shahar yoki qishloqda muayyan muammolar vujudga kelishi tabiiy. Darslik sizni shunday muammolar bilan tanishtiradi hamda ularning yechimini topishga o‘rgatadi.Xalqimiz taraqqiyot yo‘lida matonat ko‘rsatib mehnat qilmoqda. Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda, ayniqsa, siz yoshlar faollik ko‘rsatishingiz va kelgusidagi faoliyatingiz barakali bo‘lishi zarur. Zero, mehnat unumdorligi bozor munosabatl ariga o‘tishda eng muhim va eng asosiy omil hisoblanadi. O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o‘rganish bu vazifaning muhimligini tushunishga, demakkim, o‘z fuqarolik burchingizni bajarishingizga, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etishingizga yordam beradi.

Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahklamlash “Amaliy” metodi asosida o‘tkaziladi. Bunda dars yuzasidan quyidagi mashg‘ulotlar o‘quvchilarga taqdim etilafi

1. Darslik muqovasining ikkinchi betida berilgan iqtisodiy va ijtimoiy tushuncha hamda atamalardan kamida ikkitasini izohlashga urinib ko‘ring.



2. 8-sinf o`quv atlasida sug‘oriladigan yer, aholisi 100 mingdan ortiq shahar va gaz quvurlari qanday shartli belgilarda ko‘rsatilganini daftaringizga yozing.

Uyga vazifa berish va o‘quvchilarni baholash. Shundan so‘ng o‘qituvchi uy vazifasini e’lon qiladi:

Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish mavzu yuzasidan berilgan savol va topshiriqlarni bajarish.

O‘quvchilarni baholash va darsni yakunlash: o‘quvchilar darsdagi ishtiroki va yig‘gan kartochkalariga qarab o‘qituvchi tomonidan baholanadi. So‘ngra o‘qituvchi o‘quvchilarda mavzu yuzasidan savollari bor-yo‘qligini so‘raydi va dars yakunlanganini e’lon qiladi.


2- dars ishlanmasi

Fan: Geografiya (O‘zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasi)

Sana:29. 04.2020

Sinf: 8 “A”

Mavzu: O‘zbekiston geografik o‘rni

Darsning maqsadi:

ta’limiy: – O`quvchilarga O’zbekiston iqtisodiy hamda tabiiy geografik o‘rnlarining bir biridan farq qiluvchi jihatlari bilan tanishish- FK-1;

rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning qo‘shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga o‘rgatish – TK-1; ularning nutqini o‘stirish – TK-2;

Dars uslubi: Ko‘rgazmali-amaliy;

Qo’llanilgan kompetensiya: Geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:

Dars usuli: Noan’anaviy (Aqliy hujum, B.B.B metodi)

Dars tipi: Yangi bilimlar beruvchi

Dars shakli: Individual va mustaqil ishlash darsi

Dars didaktikasi:

a) jihozi: darslik, o‘qituvchi kitobi, 8-sinflar uchun tayyorlangan taqdimotlar , o‘quv atlasi va yozuvsiz xaritaralar, O‘zbekiston iqtisodiy ijtimoiy xaritasi;

b) texnik vositalari: kompyuter, televideoproyektor, monitor.

Darsning blok-sxemasi:

T/r

Darsning bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O‘tilgan mavzuni takrorlash

10 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

12 daqiqa

5

Darsni yakunlash:

1.O‘quvchilarni baholash

2. Uyga vazifa berish va darsni yakunlash


5 daqiqa


DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism(salomlashish, davomatni aniqlash, sinf tozaligini va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish).

O‘qituvchi darsga kirib kelib, o‘quvchilar bilan salomlashadi

Shundan so‘ng o‘qituvchi davomatni aniqlaydi, sinf tozaligini va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.

O‘tilgan mavzuni takrorlash. O‘tilgan – “1- §. Darslikka kirish” mavzusi “Aqliy hujum metodidan foydalangan holda takrorlanadi.


  1. Mehnat unumdorligi nima? (ishlab chiqarishning mashinalar, malakali ishchilar, elektr energiya, tabiiy boyliklar bilan ta'minlanganiga, korxona va aholi punktlarining kishilarga qulay hamda tabiiy muhit toptalmaydigan joyda barpo etilganiga, mehnatkashlarning yashash sharoitlari, dam olishi hamda ularga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatilishiga ham bog‘liq)

  2. Shunday bilimlar ham borki, ular kishilar faoliyati, hayot tarzi va ishlab chiqarishning hududiy farqlanishi kabi insoniyat, jamiyat hayoti bilan bevosita bog‘liqdir. Ana shu bilimlarni o‘rganadigan fan qaysi? (iqtisodiy va ijtimoiy geografi ya deb yuritiladi)

  3. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga xos bu jihat nima? (kundalik voqea va hodisalardan muntazam xabardor bo‘lib turishni taqozo etadi)

  4. mehnat unumdorligi nima? (bozor munosabatl ariga o‘tishda eng muhim va eng asosiy omil hisoblanadi)

  5. Agar xomashyo, yoqilg‘i, energiya manbalari va ishchilar o‘zaro yonmayon joylashsa nima hosil bo‘ladi ? (ishlab chiqarishda yuqori samaradorlik ta'minlanadi)

Yangi mavzu bayoni. Dastlab, 8-sinflar uchun tayyorlangan "Buxoro viloyati” mavzusidagi slaydlar yordamida monitor orqali namoyish etiladi. Shundan so‘ng o‘qituvchi darslik, devoriy xarita va o‘quv atlasidan foydalangan holda mavzuni tushuntirib beradi.

Muayyan mamlakat, hudud, viloyat, shahar, tuman, mahalla va hatto hovlining o‘ziga xosliklaridan biri ularning Yer yuzidagi betakror o‘rnidir. Bular geografik o‘rin deb ataladi. Geografik o‘rin mohiyatan tabiiy geografik o‘rin, iqtisodiy geografik o‘rin va siyosiy geografik o‘rin tarzida guruhlanadi.

Tabiiy geografik o‘rin, asosan, okean, dengiz, daryo, tog‘, cho‘l, o‘rmon, adir singari yirik tabiiy obyektlarga nisbatan joylashgan o‘rniga ko‘ra belgilansa, iqtisodiy geografik o‘rin jahonning erkin iqtisodiy mintaqalari, jahon savdo yo‘llari, yirik savdo-sanoat markazlari va tabiiy boyliklardan foydalanish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Siyosiy geografik o‘rin esa muayyan davrda alohida davlatning harbiy mojarolar ro‘y berayotgan yoki ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hudud va davlatlarga nisbatan qanchalik aloqadorligiga ko‘ra baholanadi.

Tabiiy geografik o‘rni. O‘lkamiz ob-havosi yilning talay qismida ochiq va quruq bo‘ladi. E’tibor qilinsa, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi «Serquyosh hur o‘lkam...» deya boshlanadi. Tabiiy geografik o‘rin sharofati ila serquyosh va issiq kunlarning uzoq davom etishi mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi, transport va maishiy hayotda mehnat va moliyaviy sarf- xarajatlarning tejalishiga imkon beradi. Bulutsiz osmonimiz astronomik tadqi- qotlarda ham qo‘l keladi. Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bekdek koinot bilimdonlari bizning yurtdan chiqqani bejiz emas.

Ma'lumki, miloddan avvalgi II asrdan to milodiy XVI asrgacha Sharqni (Hindiston, Xitoy) G‘arb (Yevropa mamlakatlari) bilan bog‘lab turgan asosiy savdo yo‘li - «Buyuk Ipak yo‘li» O‘rta Osiyo orqali o‘tgan. Natijada O‘rta Osiyo bozorlarida mol ayirboshlash avj olib, u hunarmandchilik va dehqonchilikning taraqqiyoti, shaharlar, fan, madaniyat ravnaqiga jiddiy turtki bo‘lgan. Keyinchalik Sharq bilan G‘arb o‘rtasidagi savdo yo‘llari quruqlikdan dengiz-okeanlarga ko‘chgach, O‘rta Osiyo iqtisodiy geografik o‘rnidagi qulaylik barham topgan.

XIX asr oxirlarida O‘rta Osiyoda temiryo‘l qurildi. Natijada Samarqand, Toshkent kabi yirik shaharlar temiryo‘l orqali Rossiyaning markaziy rayonlari bilan bog‘lanib, O‘zbekiston hududining iqtisodiy geografik o‘rni yana qulaylik kasb eta boshladi. Ammo sho‘ro davrida iqtisodiy geografik o‘rin qulayliklaridan asosan sobiq Ittifoq manfaatdor edi.

Mustaqillik tufayli O‘zbekiston xorijiy davlatlar bilan erkin aloqa o‘rnatish huquqini qo‘lga kiritdi. Tarixan qisqa vaqtda uni azaliy janubiy qo‘shnilari Afg‘oniston, Pokiston, Eron hamda g‘arbdan Turkiya, sharqdan Xitoy va boshqa davlatlar bilan bog‘lovchi quruqlik va havo yo‘llari ochilib, O‘zbekiston iqtisodiy geografik o‘rnini yaxshilab oldi.



Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahklamlash “B.B.B” metodi asosida o‘tkaziladi.


Bilar edim

Bilib oldim

Bilib olmoqchiman











Uyga vazifa berish va o‘quvchilarni baholash. Shundan so‘ng o‘qituvchi uy vazifasini e’lon qiladi:

Uyga vazifa: O‘zbekiston tabiiy geografik o‘rni haqida darslik va qo’shimcha adabiyotlar bilan o’z bilim va ko’nikmalarini oshirish hamda sinf atlasidan viloyatning iqtisodiyotikartasidan o’lkaning xo‘jaligifagi yetakchi tarmoqlarni o’rganib tahlil qilish.

O‘quvchilarni baholash va darsni yakunlash: o‘quvchilar darsdagi ishtiroki va yig‘gan kartochkalariga qarab o‘qituvchi tomonidan baholanadi. So‘ngra o‘qituvchi o‘quvchilarda mavzu yuzasidan savollari bor-yo‘qligini so‘raydi va dars yakunlanganini e’lon qiladi.
3- dars ishlanmasi

Fan: Geografiya (O‘zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasi)

Sana:29. 04.2020

Sinf: 8 “A”

Mavzu: O‘ZBЕKISTОNNING MА’MURIY-HUDUDIY TUZILISHI

Darsning maqsadi:

ta’limiy: – O`quvchilarga O’zbekistonning ma‘muriy-hududiy tuzilmalari haqida tanishish- FK-1;

rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning qo‘shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga o‘rgatish – TK-1; ularning nutqini o‘stirish – TK-2;

Dars uslubi: Ko‘rgazmali-amaliy;

Qo’llanilgan kompetensiya: Geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:

Dars usuli: Noan’anaviy (Veen diogrammasi, Amaliyoyda ko‘ramiz metodi)

Dars tipi: Yangi bilimlar beruvchi

Dars shakli: Individual va mustaqil ishlash darsi

Dars didaktikasi:

a) jihozi: darslik, o‘qituvchi kitobi, 8-sinflar uchun tayyorlangan taqdimotlar , o‘quv atlasi va yozuvsiz xaritaralar, O‘zbekiston iqtisodiy ijtimoiy xaritasi;

b) texnik vositalari: kompyuter, televideoproyektor, monitor.

Darsning blok-sxemasi:

T/r

Darsning bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O‘tilgan mavzuni takrorlash

10 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

12 daqiqa

5

Darsni yakunlash:

1.O‘quvchilarni baholash

2. Uyga vazifa berish va darsni yakunlash


5 daqiqa


DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism(salomlashish, davomatni aniqlash, sinf tozaligini va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish).

O‘qituvchi darsga kirib kelib, o‘quvchilar bilan salomlashadi

Shundan so‘ng o‘qituvchi davomatni aniqlaydi, sinf tozaligini va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.

O‘tilgan mavzuni takrorlash. O‘tilgan – “2- §. O‘zbekiston tabiiy geografik o‘rni ” mavzusi “Venn diagrammasi” metodi asosida o‘tkaziladi. Bunda o‘qituvchi O‘zbekistonning iqtisodiy va tabiiy geografik o‘rinlarining farq qiluvchi va o’xshash jihalari ko’rib chiqiladi. Bunda o’quvchilarni guruhlarga bo’lib ishlash qulaylik tug‘diradi. O‘quvchilarning javoblari yuqoridagi kartochkalar asosida baholanadi.

Venn diagrammasi tahlili:

A. Iqtisodiy geografik o‘rn

B. Tabiiy geografik o‘rin



A∩B geografik o‘rinlarining bir biri bilan bog‘liq jihatlari



Yangi mavzu bayoni. Dastlab, 8-sinflar uchun tayyorlangan "O‘zbekiston ma‘muriy-hududiy tuzilishi” mavzusidagi slaydlar yordamida monitor orqali namoyish etiladi. Shundan so‘ng o‘qituvchi darslik, devoriy xarita va o‘quv atlasidan foydalangan holda mavzuni tushuntirib beradi.

O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi, hudud sarhadlarining qi- yofasi uni boshqarish va yuksaltirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasining hududi 448,9 ming kv.km bo‘lib, dunyoning eng rivojlangan davlatlari hisoblangan Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya kabi davlatlar hududidan katta. Poytaxti Toshkent shahri.

O‘zbekiston ma’muriy-hududiy tuzilishi 3 pog‘onadan tashkil topgan. Birinchi pog‘onada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahri joylashgan. O‘z navbatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar ularga bo‘ysunuvchi tuman va shaharlardan tashkil topgan. Toshkent shahri esa shahar ichidagi tumanlardan iborat.

Viloyat va tumanlarni tuzish va tugatish, ular chegaralarini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining chegarasi faqat uning roziligi bilan Jo‘qorg‘i Kenges qaroriga asosan Oliy Majlis tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tumanlarni tuzish va tugatish Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining.

Qishloqlar, ovullarni tuzish va tugatish, chegarasini o‘zgartirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa - Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.



Mamlakatimizdagi shaharlar ham bo‘ysunuviga ko‘ra 3 toifaga:

1. O‘zbekiston Respublikasi bo‘ysunuvidagi;

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘ysunuvidagi;

3. Tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarga bo‘linadi.

Mamlakatimiz poytaxti - Toshkent shahri O‘zbekiston Respublikasi bo‘ysunuvidagi yagona shahar hisoblanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida 30 ming aholisi bo‘lgan, muhim ma’muriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin.

Xiva va Shahrisabz shaharlari viloyat bo‘ysunuviga o‘tkazilgan eng yangi shaharlar hisoblanadi (2017-yil). Bu choralar O‘zbekiston hududida joylashgan ushbu qadimgi shaharlarga sayyohlar oqimini sezilarli oshirish imkonini beradi.

Tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida 7 ming aholisi bo‘lgan, sanoat korxonalari va rivojlangan infrastrukturasi mavjud aholi punktlari kiritilishi mumkin.

Shaharchalar turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temiryo‘l stansiyalari va boshqa muhim obyektlar yaqinida joylashgan hamda qoida tariqasida kamida 2 ming aholisi bo‘lgan aholi punktlari kiritilishi mumkin



Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahklamlash “Amaliyotda ko‘ramiz” metodi asosida o‘tkaziladi. Bunda dars yuzasidan quyidagi mashg‘ulotlar o‘quvchilarga taqdim etiladi. Bu topshiriqda o‘quvchilarga darslikning orqa qismidagi 1 ilovadan foydalangan holda O‘zbekistonning barcha viloyatlarri aholi zichligi topish aytiladi.

Uyga vazifa berish va o‘quvchilarni baholash. Shundan so‘ng o‘qituvchi uy vazifasini e’lon qiladi:

Uyga vazifa: O‘zbekiston ma‘muriy-hududiy tuzulishi haqida darslik va qo’shimcha adabiyotlar bilan o’z bilim va ko’nikmalarini oshirish hamda sinf atlasidan viloyatning iqtisodiyotikartasidan o’lkaning xo‘jaligifagi yetakchi tarmoqlarni o’rganib tahlil qilish.

O‘quvchilarni baholash va darsni yakunlash: o‘quvchilar darsdagi ishtiroki va yig‘gan kartochkalariga qarab o‘qituvchi tomonidan baholanadi. So‘ngra o‘qituvchi o‘quvchilarda mavzu yuzasidan savollari bor-yo‘qligini so‘raydi va dars yakunlanganini e’lon qiladi.
Download 82.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling