Sana: 30. 04. 2020 Sinf: 8 “A” Mavzu: Kirish
Download 82.69 Kb.
|
2 5276391761499915721
Raxmonqulova Niginaning 8 sinflar uchun namunaviy dars ishlanmasi Fan: Geografiya (O‘zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasi) Sana:30. 04.2020 Sinf: 8 “A” Mavzu: Kirish Darsning maqsadi: ta’limiy: – O`quvchilarga Ozbekiston iqtisodiy va tabiiy geografik o‘rinlarining bir birlaridan farqlarini o‘rgatish - FK-1; rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning qo‘shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga o‘rgatish – TK-1; ularning nutqini o‘stirish – TK-2; Dars uslubi: Ko‘rgazmali-amaliy; Qollanilgan kompetensiya: Geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi: Dars usuli: Noan’anaviy (Aytganimni qaytarma o’yini, Amaliy metodi) Dars tipi: Yangi bilimlar beruvchi Dars shakli: Individual va mustaqil ishlash darsi Dars didaktikasi: a) jihozi: darslik, o‘qituvchi kitobi, 8-sinflar uchun tayyorlangan taqdimotlar , o‘quv atlasi va yozuvsiz xaritaralar, O‘zbekiston iqtisodiy ijtimoiy xaritasi; b) texnik vositalari: kompyuter, televideoproyektor, monitor. Darsning blok-sxemasi:
DARSNING BORISHI: Tashkiliy qism(salomlashish, davomatni aniqlash, sinf tozaligini va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish). O‘qituvchi darsga kirib kelib, o‘quvchilar bilan salomlashadi Shundan so‘ng o‘qituvchi davomatni aniqlaydi, sinf tozaligini va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
Aytganimni qaytarma” o’yini foydalanish uchun topshiriq namunasi: Bunda o’tilgan darslar yuzasidan o’quvchilarga bir birlarining bergan ma’lumotlarini qaytarmagan holda dars yuzasidan yangi ma’lumotlar berilishi to’g’risida ko’rsatma beriladi. Bu o’yin orqali o’quvchilarni barchasini baholash va e’tiborini jalb qilish juda qulay hamda o’quvchilarning qanchalik darsga tayyorliklarini aniqlab olish mumkin.
Ozbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi nimani organadi? Siz endi oldingi sinflarda olgan bilimlaringiz asosida Yer yuzi, shu jumladan, mamlakatimiz tabiati haqida boshqalarga ham ma'lumot bera olasiz. Ulardan tashqari shunday bilimlar ham borki, ular kishilar faoliyati, hayot tarzi va ishlab chiqarishning hududiy farqlanishi kabi insoniyat, jamiyat hayoti bilan bevosita bogliqdir. Ana shu bilimlarni organadigan fan iqtisodiy va ijtimoiy geografi ya deb yuritiladi. U aholi faoliyatining hududiy tashkil etilishi bilan bogliq iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni muayyan mamlakat boyicha ham, butun jahon miqyosida ham organadi. Ushbu oquv yilida jonajon Vatanimiz - Ozbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografi yasini organasiz. Darhaqiqat, zavod, fabrika, firma, shifo maskani, ta'lim muassasasi yoki maishiy xizmat korsatish korxonalari puxta oylanmasdan duch kelgan joyda barpo qilinsa, kishilarni sarsongarchilikka, mehnat va mablagni behuda sarflashga majbur qiladi. Oxir-oqibatda bu ijtimoiy mehnat unumdorligining oshishiga salbiy ta'sir etadi. Ijtimoiy mehnat unumdorligi - moddiy ishlab chiqarishda band bolgan har bir ishlovchi hisobiga hosil qilingan milliy daromad miqdori. Mehnat unumdorligi ishlab chiqarishning mashinalar, malakali ishchilar, elektr energiya, tabiiy boyliklar bilan ta'minlanganiga, korxona va aholi punktlarining kishilarga qulay hamda tabiiy muhit toptalmaydigan joyda barpo etilganiga, mehnatkashlarning yashash sharoitlari, dam olishi hamda ularga madaniy-maishiy xizmat korsatilishiga ham bogliq. Agar xomashyo, yoqilgi, energiya manbalari va ishchilar ozaro yonmayon joylashsa, ishlab chiqarishda yuqori samaradorlik ta'minlanadi. Biroq bunday qulay joylashish kamdan kam uchraydi. Ba'zi joylarda xomashyo yetishmasa, boshqa joyda yoqilgi, energiya tanqisligi kuzatiladi. Ana shuning uchun ham mamlakatni rivojlantirishning milliy dasturlarida aholini, ishlab chiqarishni joylashtirish hamda tabiat boyliklaridan foydalanish masalalarini hududiy yaxlit tashkil etishga alohida e'tibor beriladi. Bu fan xulosalari uchun asos bolgan ma'lumotlar - daliliy ashyolar zamon bilan hamnafas ozgarib boradi. Darslikda keltirilgan raqamli ma'lumotlar, rasm, xarita-sxemalardagi ma'lumotlar va hatto joy nomlari ham ertaga bugungidan farqlanishi mumkin. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga xos bu jihat kundalik voqea va hodisalardan muntazam xabardor bolib turishni taqozo etadi.Yurtimizda bozor iqtisodiyotiga otishdek murakkab va keng qamrovli jarayon kechmoqda. Bunday paytda mamlakatda, har bir shahar yoki qishloqda muayyan muammolar vujudga kelishi tabiiy. Darslik sizni shunday muammolar bilan tanishtiradi hamda ularning yechimini topishga orgatadi.Xalqimiz taraqqiyot yolida matonat korsatib mehnat qilmoqda. Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda, ayniqsa, siz yoshlar faollik korsatishingiz va kelgusidagi faoliyatingiz barakali bolishi zarur. Zero, mehnat unumdorligi bozor munosabatl ariga otishda eng muhim va eng asosiy omil hisoblanadi. Ozbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini organish bu vazifaning muhimligini tushunishga, demakkim, oz fuqarolik burchingizni bajarishingizga, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etishingizga yordam beradi.
1. Darslik muqovasining ikkinchi betida berilgan iqtisodiy va ijtimoiy tushuncha hamda atamalardan kamida ikkitasini izohlashga urinib koring. 2. 8-sinf o`quv atlasida sugoriladigan yer, aholisi 100 mingdan ortiq shahar va gaz quvurlari qanday shartli belgilarda korsatilganini daftaringizga yozing. Uyga vazifa berish va o‘quvchilarni baholash. Shundan so‘ng o‘qituvchi uy vazifasini e’lon qiladi: Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish mavzu yuzasidan berilgan savol va topshiriqlarni bajarish. O‘quvchilarni baholash va darsni yakunlash: o‘quvchilar darsdagi ishtiroki va yig‘gan kartochkalariga qarab o‘qituvchi tomonidan baholanadi. So‘ngra o‘qituvchi o‘quvchilarda mavzu yuzasidan savollari bor-yo‘qligini so‘raydi va dars yakunlanganini e’lon qiladi. 2- dars ishlanmasi Fan: Geografiya (O‘zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasi) Sana:29. 04.2020 Sinf: 8 “A” Mavzu: O‘zbekiston geografik o‘rni Darsning maqsadi: ta’limiy: – O`quvchilarga Ozbekiston iqtisodiy hamda tabiiy geografik o‘rnlarining bir biridan farq qiluvchi jihatlari bilan tanishish- FK-1; rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning qo‘shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga o‘rgatish – TK-1; ularning nutqini o‘stirish – TK-2; Dars uslubi: Ko‘rgazmali-amaliy; Qollanilgan kompetensiya: Geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi: Dars usuli: Noan’anaviy (Aqliy hujum, B.B.B metodi) Dars tipi: Yangi bilimlar beruvchi Dars shakli: Individual va mustaqil ishlash darsi Dars didaktikasi: a) jihozi: darslik, o‘qituvchi kitobi, 8-sinflar uchun tayyorlangan taqdimotlar , o‘quv atlasi va yozuvsiz xaritaralar, O‘zbekiston iqtisodiy ijtimoiy xaritasi; b) texnik vositalari: kompyuter, televideoproyektor, monitor. Darsning blok-sxemasi:
DARSNING BORISHI: Tashkiliy qism(salomlashish, davomatni aniqlash, sinf tozaligini va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish). O‘qituvchi darsga kirib kelib, o‘quvchilar bilan salomlashadi Shundan so‘ng o‘qituvchi davomatni aniqlaydi, sinf tozaligini va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
Mehnat unumdorligi nima? (ishlab chiqarishning mashinalar, malakali ishchilar, elektr energiya, tabiiy boyliklar bilan ta'minlanganiga, korxona va aholi punktlarining kishilarga qulay hamda tabiiy muhit toptalmaydigan joyda barpo etilganiga, mehnatkashlarning yashash sharoitlari, dam olishi hamda ularga madaniy-maishiy xizmat korsatilishiga ham bogliq) Shunday bilimlar ham borki, ular kishilar faoliyati, hayot tarzi va ishlab chiqarishning hududiy farqlanishi kabi insoniyat, jamiyat hayoti bilan bevosita bogliqdir. Ana shu bilimlarni organadigan fan qaysi? (iqtisodiy va ijtimoiy geografi ya deb yuritiladi) Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga xos bu jihat nima? (kundalik voqea va hodisalardan muntazam xabardor bolib turishni taqozo etadi) mehnat unumdorligi nima? (bozor munosabatl ariga otishda eng muhim va eng asosiy omil hisoblanadi) Agar xomashyo, yoqilgi, energiya manbalari va ishchilar ozaro yonmayon joylashsa nima hosil bo‘ladi ? (ishlab chiqarishda yuqori samaradorlik ta'minlanadi) Yangi mavzu bayoni. Dastlab, 8-sinflar uchun tayyorlangan "Buxoro viloyati” mavzusidagi slaydlar yordamida monitor orqali namoyish etiladi. Shundan so‘ng o‘qituvchi darslik, devoriy xarita va o‘quv atlasidan foydalangan holda mavzuni tushuntirib beradi. Muayyan mamlakat, hudud, viloyat, shahar, tuman, mahalla va hatto hovlining oziga xosliklaridan biri ularning Yer yuzidagi betakror ornidir. Bular geografik orin deb ataladi. Geografik orin mohiyatan tabiiy geografik orin, iqtisodiy geografik orin va siyosiy geografik orin tarzida guruhlanadi. Tabiiy geografik orin, asosan, okean, dengiz, daryo, tog, chol, ormon, adir singari yirik tabiiy obyektlarga nisbatan joylashgan orniga kora belgilansa, iqtisodiy geografik orin jahonning erkin iqtisodiy mintaqalari, jahon savdo yollari, yirik savdo-sanoat markazlari va tabiiy boyliklardan foydalanish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Siyosiy geografik orin esa muayyan davrda alohida davlatning harbiy mojarolar roy berayotgan yoki roy berishi mumkin bolgan hudud va davlatlarga nisbatan qanchalik aloqadorligiga kora baholanadi.
Ma'lumki, miloddan avvalgi II asrdan to milodiy XVI asrgacha Sharqni (Hindiston, Xitoy) Garb (Yevropa mamlakatlari) bilan boglab turgan asosiy savdo yoli - «Buyuk Ipak yoli» Orta Osiyo orqali otgan. Natijada Orta Osiyo bozorlarida mol ayirboshlash avj olib, u hunarmandchilik va dehqonchilikning taraqqiyoti, shaharlar, fan, madaniyat ravnaqiga jiddiy turtki bolgan. Keyinchalik Sharq bilan Garb ortasidagi savdo yollari quruqlikdan dengiz-okeanlarga kochgach, Orta Osiyo iqtisodiy geografik ornidagi qulaylik barham topgan. XIX asr oxirlarida Orta Osiyoda temiryol qurildi. Natijada Samarqand, Toshkent kabi yirik shaharlar temiryol orqali Rossiyaning markaziy rayonlari bilan boglanib, Ozbekiston hududining iqtisodiy geografik orni yana qulaylik kasb eta boshladi. Ammo shoro davrida iqtisodiy geografik orin qulayliklaridan asosan sobiq Ittifoq manfaatdor edi. Mustaqillik tufayli Ozbekiston xorijiy davlatlar bilan erkin aloqa ornatish huquqini qolga kiritdi. Tarixan qisqa vaqtda uni azaliy janubiy qoshnilari Afgoniston, Pokiston, Eron hamda garbdan Turkiya, sharqdan Xitoy va boshqa davlatlar bilan boglovchi quruqlik va havo yollari ochilib, Ozbekiston iqtisodiy geografik ornini yaxshilab oldi. Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahklamlash “B.B.B” metodi asosida o‘tkaziladi.
Uyga vazifa berish va o‘quvchilarni baholash. Shundan so‘ng o‘qituvchi uy vazifasini e’lon qiladi: Uyga vazifa: O‘zbekiston tabiiy geografik o‘rni haqida darslik va qo’shimcha adabiyotlar bilan o’z bilim va ko’nikmalarini oshirish hamda sinf atlasidan viloyatning iqtisodiyotikartasidan o’lkaning xo‘jaligifagi yetakchi tarmoqlarni o’rganib tahlil qilish. O‘quvchilarni baholash va darsni yakunlash: o‘quvchilar darsdagi ishtiroki va yig‘gan kartochkalariga qarab o‘qituvchi tomonidan baholanadi. So‘ngra o‘qituvchi o‘quvchilarda mavzu yuzasidan savollari bor-yo‘qligini so‘raydi va dars yakunlanganini e’lon qiladi. 3- dars ishlanmasi Fan: Geografiya (O‘zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasi) Sana:29. 04.2020 Sinf: 8 “A” Mavzu: O‘ZBЕKISTОNNING MА’MURIY-HUDUDIY TUZILISHI Darsning maqsadi: ta’limiy: – O`quvchilarga Ozbekistonning ma‘muriy-hududiy tuzilmalari haqida tanishish- FK-1; rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning qo‘shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga o‘rgatish – TK-1; ularning nutqini o‘stirish – TK-2; Dars uslubi: Ko‘rgazmali-amaliy; Qollanilgan kompetensiya: Geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi: Dars usuli: Noan’anaviy (Veen diogrammasi, Amaliyoyda ko‘ramiz metodi) Dars tipi: Yangi bilimlar beruvchi Dars shakli: Individual va mustaqil ishlash darsi Dars didaktikasi: a) jihozi: darslik, o‘qituvchi kitobi, 8-sinflar uchun tayyorlangan taqdimotlar , o‘quv atlasi va yozuvsiz xaritaralar, O‘zbekiston iqtisodiy ijtimoiy xaritasi; b) texnik vositalari: kompyuter, televideoproyektor, monitor. Darsning blok-sxemasi:
DARSNING BORISHI: Tashkiliy qism(salomlashish, davomatni aniqlash, sinf tozaligini va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish). O‘qituvchi darsga kirib kelib, o‘quvchilar bilan salomlashadi Shundan so‘ng o‘qituvchi davomatni aniqlaydi, sinf tozaligini va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
Venn diagrammasi tahlili: A. Iqtisodiy geografik o‘rn B. Tabiiy geografik o‘rin A∩B geografik o‘rinlarining bir biri bilan bog‘liq jihatlari Yangi mavzu bayoni. Dastlab, 8-sinflar uchun tayyorlangan "O‘zbekiston ma‘muriy-hududiy tuzilishi” mavzusidagi slaydlar yordamida monitor orqali namoyish etiladi. Shundan so‘ng o‘qituvchi darslik, devoriy xarita va o‘quv atlasidan foydalangan holda mavzuni tushuntirib beradi. Ozbekistonning mamuriy-hududiy tuzilishi, hudud sarhadlarining qi- yofasi uni boshqarish va yuksaltirishda muhim rol oynaydi. Ozbekiston Respublikasining hududi 448,9 ming kv.km bolib, dunyoning eng rivojlangan davlatlari hisoblangan Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya kabi davlatlar hududidan katta. Poytaxti Toshkent shahri. Ozbekiston mamuriy-hududiy tuzilishi 3 pogonadan tashkil topgan. Birinchi pogonada Qoraqalpogiston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahri joylashgan. Oz navbatida Qoraqalpogiston Respublikasi hamda viloyatlar ularga boysunuvchi tuman va shaharlardan tashkil topgan. Toshkent shahri esa shahar ichidagi tumanlardan iborat. Viloyat va tumanlarni tuzish va tugatish, ular chegaralarini ozgartirish Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqalpogiston Respublikasining chegarasi faqat uning roziligi bilan Joqorgi Kenges qaroriga asosan Oliy Majlis tomonidan ozgartirilishi mumkin. Qoraqalpogiston Respublikasidagi tumanlarni tuzish va tugatish Qoraqalpogiston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Joqorgi Kenges tomonidan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi (Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining. Qishloqlar, ovullarni tuzish va tugatish, chegarasini ozgartirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat kengashlari tomonidan, Qoraqalpogiston Respublikasida esa - Joqorgi Kenges tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakatimizdagi shaharlar ham boysunuviga kora 3 toifaga: 1. Ozbekiston Respublikasi boysunuvidagi; 2. Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlar boysunuvidagi; 3. Tuman boysunuvidagi shaharlarga bolinadi. Mamlakatimiz poytaxti - Toshkent shahri Ozbekiston Respublikasi boysunuvidagi yagona shahar hisoblanadi. Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlar boysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida 30 ming aholisi bolgan, muhim mamuriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin. Xiva va Shahrisabz shaharlari viloyat boysunuviga otkazilgan eng yangi shaharlar hisoblanadi (2017-yil). Bu choralar Ozbekiston hududida joylashgan ushbu qadimgi shaharlarga sayyohlar oqimini sezilarli oshirish imkonini beradi. Tuman boysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida 7 ming aholisi bolgan, sanoat korxonalari va rivojlangan infrastrukturasi mavjud aholi punktlari kiritilishi mumkin. Shaharchalar turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temiryol stansiyalari va boshqa muhim obyektlar yaqinida joylashgan hamda qoida tariqasida kamida 2 ming aholisi bolgan aholi punktlari kiritilishi mumkin Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahklamlash “Amaliyotda ko‘ramiz” metodi asosida o‘tkaziladi. Bunda dars yuzasidan quyidagi mashg‘ulotlar o‘quvchilarga taqdim etiladi. Bu topshiriqda o‘quvchilarga darslikning orqa qismidagi 1 ilovadan foydalangan holda O‘zbekistonning barcha viloyatlarri aholi zichligi topish aytiladi. Uyga vazifa berish va o‘quvchilarni baholash. Shundan so‘ng o‘qituvchi uy vazifasini e’lon qiladi: Uyga vazifa: O‘zbekiston ma‘muriy-hududiy tuzulishi haqida darslik va qo’shimcha adabiyotlar bilan o’z bilim va ko’nikmalarini oshirish hamda sinf atlasidan viloyatning iqtisodiyotikartasidan o’lkaning xo‘jaligifagi yetakchi tarmoqlarni o’rganib tahlil qilish. O‘quvchilarni baholash va darsni yakunlash: o‘quvchilar darsdagi ishtiroki va yig‘gan kartochkalariga qarab o‘qituvchi tomonidan baholanadi. So‘ngra o‘qituvchi o‘quvchilarda mavzu yuzasidan savollari bor-yo‘qligini so‘raydi va dars yakunlanganini e’lon qiladi. Download 82.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling