Sana: 39. Mavzu: Xo’p hayda. Maqsad: she'r mazmuni bilan tanishtirish va marosim, ish qo’shiqlari haqidagi bilim, ko'nikma va malakalarni rivojlantirish, she'r o'qish sifatlarini takomillashtirish. Dars turi


Download 295.53 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi295.53 Kb.
#1636567
Bog'liq
Dosimbetova G. O\'qish. Xo\'p hayda dars ishlanma


2016-2017 o’quv yili



Sana:______________________
39.Mavzu: Xo’p hayda.
Maqsad: she'r mazmuni bilan tanishtirish va marosim, ish qo’shiqlari haqidagi bilim, ko'nikma va malakalarni rivojlantirish, she'r o'qish sifatlarini takomillashtirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars usuli: suhbat, tushuntirish.
Dars jihozi: mavzuga mos rasmlar
Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism.

a) salomlashish;
b)davomatni aniqlash;
d) darsning maqsadini aytish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa so’ralib,savol- javob tashkil qilinadi.
O’quvchilar bilimi baholanadi.
O'quvchilardan she’r so'raladi.
Savol- javob o’tkaziladi.
III. Yangi mavzu bayoni.


X O'P HAYDA
Xo'p hayda-yo, xo'p hayda,
Qalqon qulog'im hayda,
Temir tuyog'im hayda,
Xirmonni qilgin mayda.
Ostingda bosgan donni,
Tuyog'ing qilsin mayda.
Sen po'stidan judo qil,
Somoni senga foyda.
Chuv, hey jonivorim, hayda,
Xirmonni qilgin mayda.
Ishni tamom qilmasang,
Joningga tinim qayda...
Chuv, hey, jonivorim, hayda,
Xirmonni qilgin mayda.
Donni yig'ib olmasak,
Bizlarga tinim qayda.
IV. Mustahkamlash.
1. «Xo'p hayda» qo'shig'i qaysi paytda aytilgan?
2. Xirmon egasi otini qanday so'zlar bilan erkalatadi?
1. Ota-bobolarimiz nima sababli tabiatdagi o'zgarishlarga bog'liq qo'shiqlar yaratganlar?
2. «Xo'p hayda» qo'shig'i hozir nima uchun ijro qilinmaydi?
3. O'zingiz yod olgan xalq qo'shiqlaridan ayting va mazmunini izohlang.
VI. Darsni yakunlash. O’quvchilar bilimini baholash
VI. Uyga vazifa: she’rni yod olish.



O’TIBDO’ imzosi_____________________

Download 295.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling