2016-2017 o’quv yili
Sana:______________________
39.Mavzu: Xo’p hayda.
Maqsad: she'r mazmuni bilan tanishtirish va marosim, ish qo’shiqlari haqidagi bilim, ko'nikma va malakalarni rivojlantirish, she'r o'qish sifatlarini takomillashtirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars usuli: suhbat, tushuntirish.
Dars jihozi: mavzuga mos rasmlar
Darsning borishi
Tashkiliy qism.
a) salomlashish;
b)davomatni aniqlash;
d) darsning maqsadini aytish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa so’ralib,savol- javob tashkil qilinadi.
O’quvchilar bilimi baholanadi.
O'quvchilardan she’r so'raladi.
Savol- javob o’tkaziladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
X O'P HAYDA
Xo'p hayda-yo, xo'p hayda,
Qalqon qulog'im hayda,
Temir tuyog'im hayda,
Xirmonni qilgin mayda.
Ostingda bosgan donni,
Tuyog'ing qilsin mayda.
Sen po'stidan judo qil,
Somoni senga foyda.
Chuv, hey jonivorim, hayda,
Xirmonni qilgin mayda.
Ishni tamom qilmasang,
Joningga tinim qayda...
Chuv, hey, jonivorim, hayda,
Xirmonni qilgin mayda.
Donni yig'ib olmasak,
Bizlarga tinim qayda.
IV. Mustahkamlash.
1. «Xo'p hayda» qo'shig'i qaysi paytda aytilgan?
2. Xirmon egasi otini qanday so'zlar bilan erkalatadi?
1. Ota-bobolarimiz nima sababli tabiatdagi o'zgarishlarga bog'liq qo'shiqlar yaratganlar?
2. «Xo'p hayda» qo'shig'i hozir nima uchun ijro qilinmaydi?
3. O'zingiz yod olgan xalq qo'shiqlaridan ayting va mazmunini izohlang.
VI. Darsni yakunlash. O’quvchilar bilimini baholash
VI. Uyga vazifa: she’rni yod olish.
O’TIBDO’ imzosi_____________________
Do'stlaringiz bilan baham: |