Sana: 6-mavzu: Ona tili – qalb ko‘zgusi


Qiziqish, mayl va qobiliyatlarning kasb tanlashga ta’siri


Download 1.54 Mb.
bet12/33
Sana04.01.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1076866
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Bog'liq
11-sinf soati 2022-23

Qiziqish, mayl va qobiliyatlarning kasb tanlashga ta’siri.
Qiziqishlar, mayllar va qobiliyatlarning kasb tanlashga ko‘rsatadigan ta’sirini sxema tarzida tasavvur qilish mumkin. Shunday kilib, har bir kishi aniq faoliyat sohasida o‘z qiziqishlari, mayllari va qobiliyatlarini shakllantirib hamda rivojlantirib, tanlanadigan kasbga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib bormog‘i kerak.
KASB TANLASHDA QOBILIYATNING AHAMIYATI
Qobiliyatlar kiziqish va mayllar bilan mahkam bog‘liq bo‘ladi hamda odamning kasbga layoqatini ko‘rsatuvchi belgilarning ajralmas kismi hisoblanadi.
Xo‘sh, qobiliyatning o‘zi nima? Odamning biror faoliyat sohasida muvaffaqiyat qozonishiga yordam beradigan har qanday individual psixologik xususiyatni qobiliyat deb hisoblash mumkin. Qobiliyatni faqat bilim va malakalardan iborat deb hisoblab bo‘lmaydi. Masalan, agar odam hidlarning bir-biridan farkini yaxshi bilsa va ularni esda saqlab qola olsa, u holda bunday fazilat ximik uchun, degustator uchun, oshpaz va boshqa shunga o‘xshash kasbdagi kishilar uchun juda zarur bo‘lgan qobiliyat hisoblanadi. Basharti, kishining xotirasida juda ko‘p raqamlar, harflar, so‘zlar yoki tashqi alomatlar yaxshi (mustahkam) saqlanib qoladigan bo‘lsa, u kishi mana shu o‘z xotirasidagi ma’lumotlarni kerak paytda ishlata olsa, u holda bu ham juda zarur fazilat, matematikka, dasturchiga, konstruktorga va boshqa shunga o‘xshash kasbdagi kishilar uchun zarur bo‘lgan qobiliyat hisoblanadi.
Har qanday faoliyat muayyan qobiliyatlar jamini ishlatishni taqozo etadi. Masalan, veterinariya feldsheri yoki shifokor kuzatuvchan yoki tashabbuskor kishi bo‘lishi, chuqur aqlidrokka ega bulgan chaqkon-epchil odam bulmog‘i, o‘z ishiga g‘oyat halol munosabatda bo‘lishi kerak.


Sana:_________________________
16-Mavzu:Yangi yil muborak
Kun shiori: “Yangi yilda orzularim olam jahon”
Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, yangi yilda ezgu niyatlarni orzu qilishni singdirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling