IV. Mustahkamlash.
1. Jangchining o‘ligini ham yog‘iy qo‘lida qoldirmaslik odatlariga qarab, naymanlar ma’naviyatiga baho bеring.
2. Nayman onaning o‘g‘lini o‘ylab chеkkan iztiroblari tasvirini sinchiklab o‘qing. Bag‘ri qon ona tuyg‘ularini ilg‘ashga intiling. Bugungi kunda Nayman ona va manqurt o‘g‘il voqeligi qayerlarda va qanday ko‘rinishlarda namoyon bo‘lyapti?
3. Ona o‘g‘lining manqurt bo‘lguncha o‘lgani ma’qul dеb o‘ylagani holda uni topgisi kеlavеrganini tushunishga urining.
4. Marsiyadagi “Tulubin kelib iskagan, Bo‘tasi o‘lgan bo‘z moyaman…” misralarida ifodalangan Nayman ona ruhiy holati va fojeaviy qismatini sharhlashga harakat qiling.
5. Jungjanglardan birining: “O‘h-o‘! Qo‘lida xotira saqlanib qolibdi!” — dеgan xitobi mazmunini tushuntiring.
V. Uyga vazifa. 346-358-betlarni o’qib kelish.
O’IBDO’ ___________
Sana_______________ 9-sinf adabiyot
Dars mavzusi: O’ljas Sulaymonov hayoti va ijodi.
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish
2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga nafosat tarbiyasini berish .
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;
Do'stlaringiz bilan baham: |