Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Milliy va umummadaniy kompetensiya


Download 444.72 Kb.
bet116/118
Sana13.07.2023
Hajmi444.72 Kb.
#1660166
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118
Bog'liq
Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi Ruhiy kamolot vositasi-hozir.org

Milliy va umummadaniy kompetensiya:
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
Darsning usuli: an’anaviy, bahs-munozara
Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.
Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III. Yangi mavzu bayoni
O‘LjAS SULAYMONOV
(1936- yilda tug‘ilgan)
Taniqli qozoq adibi O‘ljas Sulaymonov 1936- yilning 18-mayida Qozog‘istonning Olmaota shahrida tug‘ildi. Otasi Umar harbiy xizmatchi edi. 1937- yilda qatag‘on qurboni bo‘ldi. O‘ljas o‘rischa maktabda o‘rta ma’lumot oldi. So‘ng Qozog‘iston davlat universitetining geolo giya fakultetini bitirdi. Yoshligidan adabiyotga mehr-muhabbat qo‘ygan O‘. Sulaymonov universitetni bitirgan yili Moskvadagi Maksim Gorkiy nomidagi Jahon adabiyoti institutiga kiradi.O‘ljas Sulaymonov badiiy ijodga doir turli vazifalarda ishladi. 1962—1971- yillarda “Qozog‘iston haqiqati” gazetasi muxbiri, „Qozoqfilm“ studiyasida muharrir, „Prostor“ jurnali o‘lim mudiri, 1971- yildan 1981- yilgacha Qozog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyush masi boshqaruvi kotibi lavozimida ishladi. 1981—1984- yillarda Qozog‘iston kinematogra�ya davlat qo‘mitasi raisi, 1984- yildan 1992- yilgacha Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi vazifalarida ishlagan. 1995—2001- yillarda Qozog‘istonning Italiya, Yunoniston va Maltadagi elchisi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. O‘ljas Sulaymonov o‘ris tilida ijod qiladi. Lekin qozoq xalqiga xos milliy xususiyatlar, urf-odatlar, millatning hayotidagi shonli va og‘riqli nuqtalarni yaxshi biladi va ishonarli aks ettiradi. Shu bois un ing asarlari qozoq xalqining milliy ruhini teran ifodalashi bilan diqqatga sazovordir. Shoirning birinchi asari — „Arg‘umoqlar“ 1961- yilda dunyo yuzini ko‘rdi. Shundan keyin uning „Quyoshli tunlar“,„Ajoyib tun“, „Sharofatli vaqtlar“, „Maymun yili“, „Loy kitob“, „Olovning ko‘chishi“, „Yumaloq yulduz“ va „Az i Ya“ kabi ko‘plab she’riy, nasriy, ilmiy kitoblari chop etildi. O‘ljas Sulaymonovning badiiy asarlarida qozoqlarning o‘ziga xos turmush tarzi, o‘y-fikrlari, his-tuyg‘ulari aks ettirilsa, ilmiy sarlarida turkiy xalqlarning dunyo madaniyati taraqqiyotidagi ulkan o‘rni tarixiy dalillar asosida yorqin ko‘rsatib berilgan. O‘. Sulaymonov „Az i Ya“ asarida, yevropaparastlar aytganlariday, turkiylar yovvoyi va madaniyatsiz qavm emas, balki dunyoning eng qadimiy madaniyatli millatlaridan ekanligini asosladi.O‘. Sulaymonov „Qoyilmisan insonga, zamin“ deb ataluvchi dostoni bilan dunyoga mashhur bo‘ldi. Inson imkoniyatlari va irodasiga bitilgan madhiya bo‘lgan mazkur asarda koinotni zabt etib, dunyo tarixida yangi bosqichni boshlab bergan inson haqidagi mushohadalar g‘oyat ta’sirchan ifodalanadi. Shoir she’riyatidagi qahramonlar — g‘ururli, o‘z qadrini biladigan, ayni vaqtda, o‘zganing ham qadriga yetadigan shaxslar. Ular fe’li keng, tanti, falsafiy mushohadalarga moyil, chapani va jo‘mard kishilar sifatida tasvirlangan. Ularda turkiy qavmlarning tarixiy o‘tmishi ta’sirli lavhalarda o‘z aksini topgan.
ARG‘UMOq
(Azim Suyun tarjimasi)
Yilqisi bilan mashhur,
Qadim qipchoq yerida
Oqib boradi uyur,
Kuygan o‘tlar selida.
Tomirimda qaynar qon,
Tulporidan saylab ber.
Yeldiray misli bo‘ron

Ostin-ustin bo‘lsin yer.


Yellar alanga olsin
Arg‘umoqning qonida.
Qiyoq, alaflar qolsin

Tuyoqlar to‘zonida.


Yashash, kurash nimadir,
Bilib qo‘ysin arg‘umoq.
Jasorat bizga taqdir,
Guldurab ketsin so‘qmoq!


Download 444.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling