Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Milliy va umummadaniy kompetensiya


Download 444.72 Kb.
bet66/118
Sana13.07.2023
Hajmi444.72 Kb.
#1660166
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   118
Bog'liq
Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi Ruhiy kamolot vositasi-hozir.org

Milliy va umummadaniy kompetensiya:
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
Darsning usuli: an’anaviy, bahs-munozara
Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.
Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III. Yangi mavzu bayoni
“NAVOIY”

(romandan parcha)


Navoiy Husayn Boyqaro qarorgohiga qaytib, Hirotda tinchlik-osoyishtalik barpo qilganini bildirgach, podshoh oshig‘ich ravishda poytaxtga otlandi. Lekin birinchi mag‘lubiyatdan keyin yana ko‘p quvvat to‘plab, hatto Astrobodni ishg‘ol etgan Mirzo Yodgor endi ko‘zlarini Hirotga tikkan edi. Uning odamlaridan bir qismi Hirot tevaragida yashirin harakat qila boshlagan edi. Husayn Boyqaro tashvishda
edi. Navoiy mumkin qadar ildam Hirotga yetishni, unda yangi kuchlar yig‘ib, dushmanning butun kirdikorlarini behuda qilishni maslahat bergach, Husayn Boyqaro lashkari bilan poytaxtga oshiqdi.
Voqealar barq1 sur’ati bilan davom etdi. Husayn Boyqaro tun-kun yo‘l bosdi. Poytaxtga ikki-uch rabotlik masofa qolganda to‘xtadi. U, odat bo‘yicha, Hirot ulug‘larining istiqbolga chiqishlarini, tantana bilan shaharga kirishni orzu qilar edi. Lekin poytaxt go‘yo uning kelishidan butunlay xabarsizdek ko‘rindi. Hirot kar va sovuq. Husayn Boyqaroning rangi o‘chdi. Lashkar orasida duv-duv gap kеtdi. Voqeani o‘rganmoq uchun yuborilgan odamlar shumshayib qaytishdi; ular poytaxtga yo‘l berk ekanini, qal’aning beklari Mirzo Yodgor tarafiga o‘tganliklarini bildirishdi. Lashkarda hayajon va sarosima yana kuchaydi.
Navoiy podshohning chodiriga kirdi. Rangsiz, g‘amgin, bo‘shashgan podshohga dalda berishga tirishdi.
— Bu qanday xiyonat! — boshini dard bilan chayqab dеdi
Husayn Boyqaro. — Bevafo nonko‘r maxluqlar mening yuzimga qal’ani yopdilar!
— Xiyonatkorlar o‘z chuqurlariga o‘zlari yiqilurlar, — dеdi Navoiy ishonch bilan. — Jasoratni qo‘ldan bermaslik kerak. To‘g‘ri, ish g‘oyat mushkullashdi. Lekin umid, g‘ayrat va iymon bilan qadam
qo‘yilsa, maqsad yo‘lidagi har qanday mushkulotni bartaraf qilmoq mumkin. Endi lashkarga yaxshi qaramoq kerak.
— Bundan so‘nggi harakatlarimizni nechik tasavvur qilursiz? — so‘radi Husayn Boyqaro o‘ychan boqib.
— Hozir bu yerdan chekilmoq lozim, — javob berdi Navoiy ikkilanmasdan. — Poytaxtda sadoqatli odamlar ko‘p. Ularning ko‘magi bilan butun ahvolni o‘rganursiz. Qulay fursat kelganda, qat’iy bir
harakat bilan bu falokatlarni daf etmoq mumkin...
Husayn Boyqaro ko‘zlarini bir oz yumib, xomush o‘yga botdi. Dastro‘moli bilan peshonasini artdi — bu dahshatli haqiqatning sovuq teri edi. Keyin xo‘rsinib o‘rnidan turdi-da, titroq ovoz bilan beklariga ildam otlanishga buyruq berdi. Butun lashkar bilan kechalab, kunduzlab yo‘l bosib, Sartoq o‘langi degan mavzega borib tushdi.
Bu asnoda Balx atrofida Sulton Mahmud Mirzo harakatining kеngayib borganligi haqida xabarlar keldi. Husayn Boyqaro endi o‘z mulkida ikki ofat — ikki yong‘in o‘rtasida qoldi. Endi u o‘z tojiga chovut solgan ikki ofatning qo‘llarini kesib tashlamog‘i kerak! Lekin unda kuch, g‘alabaga ishonch yo‘q. U endi dushman bilan ochiq maydonda uchrashishdan qo‘rqadi. Bir yerda qaror topishdan xavflanib, uyasiz qushday, sargardon kezmoqqa majbur. Sartoq o‘langidan Soqilmon dashtiga o‘tdi. Bu yerda bir guruh sipohlardan ayrilib, to‘qqiz rabotlik yo‘lni ildam bosib, Naratog‘ga keldi. Lekin, sal o‘tmasdan, bu qal’aga ham e’timodi qolmadi. Nihoyat, Maymana qasabasiga o‘zini urdi.
Maymananing Chahor bog‘ida Husayn Boyqaro dilgir yashaydi. Shohona ziyofatlar, dabdabali, suronli bazmlar qayoqda? Bog‘ning bir chetida naqshlari eskirgan, kattagina chorxari uyda ko‘pincha yolg‘iz o‘tiradi, g‘azallar ham yozmaydi. Butun boshli saltanatdan ayrilgan hukmdor allaqanday go‘zalning qalam qoshlari, ohu ko‘zlari haqida oh chekadimi?! Toju taxt dag‘dag‘asi uning qoniga ona suti bilan kirgan. Uning kuchini, dardini bu kunlarda Husayn Boyqaro, hamma vaqt dagidan ko‘ra, chuqurroq, o‘tkirroq sezadi.
Sargardon podshohning orqasidan sudrala-sudrala intizomi buzilgan va kurash tushib, bir-birlari bilan yoqalashib, ermak qidirgan navkarlarning shovqinlari uzoqdan, bog‘ning narigi burchagidan eshi-
tilar edi. Husayn Boyqaro ichidan xo‘rsinib, kimnidir sabrsizlik bilan kutar edi. Eshik og‘osi kirdi.
— Keldilar. Kirishlariga ijozat berursizmi? — so‘radi u bukilib.
Husayn Boyqaro boshini qimirlatib, tasdiqladi. Navoiy kirib,
odatdagi ta’zimni bajo qilgach, podshoh shoshib-pishib o‘rin ko‘rsat-
di-da, so‘zlay boshladi:
— Xotirga bir fikr kelgan edi. Eng avval bu xilvatda sizning ra’yingizni ko‘ngil orzu qildi. Bilamenki, bu dardisar voqealar sizni ko‘proq tashvishga solmoqdadir.
— Iltifotingizdan ko‘p mamnunmen. Hazratlaridan xushxabar eshitgali keldim, — dеdi Navoiy.

Download 444.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling