Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Anov yal-yal yonayotgan o‘tga yozaman


Download 444.72 Kb.
bet81/118
Sana13.07.2023
Hajmi444.72 Kb.
#1660166
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   118
Bog'liq
Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi Ruhiy kamolot vositasi-hozir.org

Anov yal-yal yonayotgan o‘tga yozaman.

Omon Matjon
Zamonaviy o‘zbek she’riyatining yirik vakili Omon Matjon 1943- yilning 14-fevralida Xorazm viloyati Gurlan tumanining Bog‘olon qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Matjon Jumaniyoz o‘g‘li qishloq pochta bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan. Katta bobolari Jumaniyoz yirik savdogar boy bo‘lgan. Oktyabr to‘ntarishigacha Rossiyaga savdo ishlari bilan bir necha marta borib kelgan. XX asrning 20- yillarida boshlangan quloql ashtirish siyosatining oqibatini o‘ylab, bor mol-mulkini hukumat-ga topshirgan. Omonning onasi Xotira opa go‘zal va oqila ayol bo‘lib, bo‘lajak shoir hali go‘dak ekanida dunyodan o‘tgan.
Omon Matjon o‘z bolalik xotiralaridan birida quyidagicha eslaydi: “Otam pochtada ishlaganlaridan uyda non bo‘lmasa-da, gazeta-jurnal bo‘lar edi. Esimda, 1953- yilning 5-martida maktabda ertalab, hovlida majlis bo‘lib, maktab o‘quv bo‘limi mudiri Stalinning o‘lganini yig‘ilganlarga ma’lum qildi. Bolalar, muallimlar dod-faryod solib qoldilar, tuproqqa yiqilganlar bo‘ldi. Men yig‘lab uyga keldim. “Ota, Stalin otamiz o‘libdi!..” U kishi mollarga xashak solib yurgan edi-lar: “Nishatiyin , mening otam ham o‘lgan!”, — dedilar beparvo!”
Tabiatan iste’dodli, ta’sirchan va g‘oyat ko‘p o‘qiydigan Omon Matjon uchinchi sin봏arda o‘qib yurgan paytlarida she’rlar, ertaklar yozgan. Ilk she’ri 1958- yilning 15-martida Omon so‘zga mehr qo‘ygani sabab adabiyotni tanlamoqchi bo‘ladi. Ammo otasining istagiga bo‘ysunib, Aloqa institutiga hujjat topshiradi. Imtihonlardan o‘tolmagach, radio-telefon tuzatish kursida o‘qib, montyorl ik qiladi. Keyingi yili Samarqand universitetining filologiya fakultetiga o‘qishga kiradi. O‘qish o‘rtasida harbiy xizmatga boradi. Harbiy qismning katta kutubxonasidagi deyarli barcha asarlarni o‘qib chiqadi. Askarlikdagi uch yil bo‘sh ketma sin deb, har kuni kamida bittadan she’r yozadi. Xizmatdaligida yozgan she’rlaridan bir turkumini o‘zidan bir yil oldin uyiga ketgan do‘stidan berib yuboradi. “Sharq yul-duzi” jurnalining 1965- yil 5- sonida askar ning she’rlari bosilib chiqadi.
Shundan buyon shoirning “Ochiq derazalar” (1970), “Karvon qo‘ng‘irog‘i” (1973), “Quyosh soati” (1974), “Yonayotgan daraxt” (1977), “Yarador chaqmoq” (1979), “Haqqush qichqirig‘i” (1979), “Seni yaxshi ko‘raman” (1981), “Daraxtlar va giyohlar” (1984), “Gaplashadigan vaqtlar” (1986), “Ming bir yog‘du” (1989), “O‘rtamizda birgina olma” (1990), “Qush yo‘li” (1993), “Imon yog‘dusi” (1994), “Saylanma” (1997), “Ardaxiva” (2001) singari o‘ttizga yaqin kitobi dunyo yuzini ko‘rgan.
O. Matjonning ish faoliyati ham havas qilgulik. Shoir oliy maktabni bitirgach Toshkentga kelib, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda muharrir, bo‘lim mudiri, so‘ng “Yoshlik” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, O‘zbekiston davlat Matbuot qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, “Cho‘lpon” nashriyoti direktori lavozimlarida mehnat qilgan. Omon Matjon 1993- yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoniga sazovor bo‘ldi.
Omon Matjon — zamonaviy o‘zbek she’riyatining yetakchi vakillaridan biri. She’riyatning turli janrlarida muvaffaqiyat bilan ijod qilayotgan shoir tuyg‘ularining samimiyligi, tilining shiradorligi, ifodasining ta’sirchanligi bilan boshqa ijodkorlardan ajralib turadi. Omon Matjonning tuyg‘ular olamiga ta’sir qilgan insoniy fazilatlar ko‘pincha Xorazm vohasida yashayotgan kishilarga mansubdir. Uning barcha asarlarida chin insoniy sezimlar, yetuk insonlarning orzu-intilishlari tiniq ranglarda tasvir etiladi.
Yangibozor tuman gazetasida bosilib chiqqan. O‘n olti yoshida o‘rta maktabni tugatgan



Download 444.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling