Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi
Download 444.72 Kb.
|
Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi Ruhiy kamolot vositasi-hozir.org
I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash: v) she’riy daqiqa. II. O’tgan mavzuni so’rash. a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida) b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati) III. Yangi mavzu bayoni Olimjon: — Siz, Qo‘chqor aka, olimlarni ja yerga uravermang. Biz ham bir nimalar qilib yurgandirmiz. Mana, men yetti yil umrimni ana shu robotga bag‘ishladim. Yetti yil-a! Nihoyat, Qo‘chqor aka, birinchi tajriba nusxasi tayyor bo‘ldi. Laboratoriya sinovidan yaxshi o‘tdi, endi tabiiy sharoitda, ya’ni dalada sinab ko‘ramiz. (Yashikning atro赘da ham hayajon, ham faxr bilan aylanadi. Olimjon yashikning qopqog‘ini oshadi, u yerda qo‘g‘irchoqqa o‘xshab ketadigan, nihoyatda go‘zal qiz qotib turardi. Badaniga silliq yaltiroq mato tortilgan.) qo‘chqor: — (Hayratdan og‘zi ochilib) Vo-o… Nima bu? Olimjon: — Qalay?... qo‘chqor: — (Yaqinroq borib tikiladi, ushlab ko‘radi.) Alomat, alomat!.. Olimjon: — Yashang, Qo‘chqor aka! Qarang, bunga nom topolmay yuruvdim! Demak, „Alomat — I“! E, bormisiz, Qo‘chqor aka! qo‘chqor: — Nega „bir“? Olimjon: — Keyin „ikki“, „uch“, „to‘rt“lari ham bo‘ladi-da! Butun respublika uchun, bilasizmi bunaqasidan qancha-qanchasi kerak? qo‘chqor: — Ha-a… Xuddi tirikday-a, tavba!.. Gapiradi, dedingmi, Olimtoy? Olimjon: — Hozir… (Diplomatidan gugurt qutisidek keladigan bir qancha yupqa plastinkalarni oladi.) Mana, manavilar — mikrosxemalar. Hammasi har xil maqsadda ishlatiladi. (Robotning yelkasidagi qopqoqni ochib.) Mana bu yeriga kerakli mikrosxema o‘rnatamiz, keyin munday qilib qopqoqni yopib qo‘yamiz. Ana tayyor. Endi manavi tugmachasini bosamiz. E, xudo, sharmanda qilma! (Bosadi. Alomat avval ko‘zlarini pirpiratib qo‘yadi, so‘ng bir necha qadam oldinga yurib, to‘xtaydi.) Alomat: — (Soxta tabassum bilan.) Allo, allo! Voy, o‘rtoqjon, o‘zingmisan? Ovozingni eshitadigan kun ham bor ekan-ku! Biram sog‘indim, biram sog‘indim, o‘lib qolay deyapman!.. Ha, kecha-chi o‘sha sen aytgan zormandani Muqaddasning qulog‘ida ko‘rdim. Quloq o‘lgur supraday bo‘lgandan keyin hamma narsa ham yarashavermas ekan-da, o‘rgilay! Olimjon: — (O‘chirib.) E, bu sekretar-mashinistkalarniki-ku… (Boshqa mikrosxema olib.) Bu nima ekan? Ko‘ramiz… (Qo‘yib, tugma chasini bosadi.) Alomat: — (Jiddiy.)… shunday xulosa kelib chiqadiki, xalq xo‘jaligi organlari va planlashtirish tashkilotlari davlat planlarini ishlab chiqishda respublikamizdagi suv resurslarini hisobga olishlari zarur. Olimjon: — (O‘chirib.) Buyammas… Shu, yozib qo‘yish kerak ekan-da. (Boshqa mikrosxema o‘rnatadi.) Alomat: — (Avval biroz qitirlab turib, keyin jarangdor, lekin g‘ashga tegadigan darajada baland ovoz bilan kuylaydi.) „Yana o‘ynaylik, yana kuylaylik, iqbolimiz porloq ekan, davron suraylik, yana o‘ynay…“ (Olimjon uni o‘chiradi. Qo‘chqorning hayratdanmi, qo‘rquvdanmi, og‘zi ochilib qolgan edi.) qo‘chqor: — Olimtoy, buyam, haligi… magnitofonday gap ekan-da, qanaqa kasseta qo‘ysang, o‘shanaqasidan aytsa-a? Olimjon: — Ha, prinsip deyarli bir xil. qo‘chqor: — Nima-sip? Olimjon: — Prinsip. qo‘chqor: — Ha-a… Sheralidan yo‘qmi? Olimjon: — Yo‘q. Radiodan tajriba uchun duch kelgan ashulaning ikki satrini yozib qo‘yuvdik-da. (Yana sxema o‘rnatadi.) Alomat: — (Kutilmaganda.) Ha, og‘zingdan qoning kelsin sening! Sochingni bittalab yulib, boshingni koptok qilib qo‘yaymi? Qirilibgina ket sen! „G‘ing“ deb ko‘r-chi, nima qilar ekanman! qo‘chqor: — (Esxonasi chiqib) Yo‘-yo‘, „g‘ing“mas… Unaqamas, haligi. Alomat: — E, qo‘ng‘izga o‘xshab g‘ing‘illamay o‘l! Olimjon: — Gap qaytarmang, Qo‘chqor aka, gap qaytarmang! Alomat: — (Olimjonga) Voy, sho‘rtumshuq-ey, sen nega burningni tiqasan?! Download 444.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling