Sana bo’yicha savollarga javoblar
Download 26.85 Kb.
|
iakt savol
31.10.2020. sana bo’yicha savollarga javoblar 1) IT- Infratuzilma so’zi lotincha so’z bo’lib, “infra” –“ostida” degan ma’noni bildiradi. Ishlab chiqarish va tovar muomalasi, inson hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan meʼyoriy sharoitni taʼminlashga xizmat qiladigan turli yordamchi xizmat koʻrsatuvchi sohalar majmui hisoblanuvchi nomoddiy ishlab chiqaruvchi sektori. 2) Infratuzilma . Ishlab chiqarish va tovar muomalasi, inson hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan meʼyoriy sharoitni taʼminlashga xizmat qiladigan turli yordamchi xizmat koʻrsatuvchi sohalar majmui hisoblanadi. 3) Axborot komplekslarida texnik talimot deb - axborot tizimlarini ishlashi uchun mo’ljallangan texnik vositalar va bu vositalar va texnologik jarayonlarning mos hujjatlarining majmuasiga deyiladi. 4)Tuzilish – bu ma'lum bir tizimga birlashtirilgan bir necha qismlardan iborat narsa va ushbu tarkibiy qismlarni bir-biriga qanday joylashishini ham ko'rsatishi mumkin.
5) Axborot komplekslarida dasturiy ta’minot – bu hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalar yig’indisi tushuniladi. 6) Cloud computing (ingliz tilidan – bulutli hisoblash) bu konfiguratsiya qilinadigan hisoblash resurslarining ba’zi talab qilinadigan umumiy fondga qulay foydalanish imkonini beruvchi model. Minimal operatsion xarajatlar yoki provayderga qo’ng’iroqlar bilan zudlik bilan ta’minlanishi va ozod qilinishi mumkin bo’lgan xizmat. 7) 3 turga; Tizimli dаsturiy tа ’minоt , Аmаliy dаsturlаr tа’minоti ,Dаsturlаsh vositalari. 8)Apparat ta’minoti ─ bu kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha qurilmalaridir. 9)Interfeyslar foydalanuvchi va dasturiy turdagi interfeyslarga bo’linadi. . 10)Tizimli dasturiy ta’minot kompyuterda axborotlar niqaytaishlash jarayonlarini tashkil qilib beradi va amaliy dasturlarni ishlashi uchun me’yordagi ish muhitini ta’minlaydi. 11)Dasturlash tillari, operatsion tizim, interfeyslar kiradi. 12) Dasturlash tizimlari yangi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, sinash va joriy etishni o’z ichiga oladi. Ko'pincha bunday tizimlar butun bir majmuani e’tiborga olgan holda – dasturlash tillari deb atadi. Dasturlashtili – bu kompyuterda bajarilishga mo'ljallangan dasturlarni ishlab chiqish uchun yaratilgan sun'iy til. Buyruq (ko'rsatma) – bu qanday harakat (operatsiya) bajarilishi kerakligi ni belgilaydigan ko'rsatkich. Kompyuter dasturi - ma'lum bir algoritmni kompyuterda amalga oshirilishini ta'minlaydigan buyruqlar (ko'rsatmalar) ketma ketligi hisoblanadi. 13) CASE-texnologiyalar – odatda jamoaviy safarbarlikni talab etuvchi murakkab axborot tizimlarini o’ratishda qo’llanilib, turli mutaxassislar: tizimli tahlilchilar, loyihachilar va dasturchilar ishtirok etadi. CASE- texnologiyalar axborot tizimlarini loyihalashtirish, xususiy dasturlar va ishlov berishlardan alohida olib borishga imkon beradi. 14) Jadval ko’rinishidagi ma’lumotlarni tahlil qilish, hisob- kitob ishlarini olib borish uchun maxsus amaliy dasturlar Super Calcva Excel yaratilgan bo’lib, electron jadvallar yoxud jadval protssesori deb yuritiladi. 15)Elektron jadvallar – jadval shaklida berilgan ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan dasturiy vositalardir. 17) List raqami! Katak raqami +List raqami! Katak raqamlarini boshqa listning biror katagiga kiritish orqali. 18)EXCEL dagi grafik va diagrammalar unda bajarilgan hisob-kitob ishlarini natijalarini tushunarli, chiroyli va foydalanuvchi uchun qulay ko`rinishda tasvirlash imkonini bеradi. Buning uchun Вставка bo’limidan diagramma menyusidan mos diagrammani hisobot bilan bog’laymiz. Topshiriqlar 1. Axborot komplekslarining texnik ta’minoti bu kompyuterlarning "Hardware" (inglizchadan olinganda "hard" - qattiq, "ware" - qism ya’ni "qattiq qism" degan maʼnoni anglatadi) qismi boʻlib u o’z ichiga axborotlarni uzatish hamda almashishni ta'minlovchi aloqa kommunikatsiya asbob-uskunalari, axborotni kiritish va qayta ishlash uchun mo’ljallangan kompyuter texnikasi, axborotni qayta ishlovchi mutaxassislarni ishini avtomatlashtirishga mo'ljallangan tashkiliy texnik vositalarini oladi. Ya’ni axborot texnologiyalarining texnik taʼminoti tarkibiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 1)Maʼlumotlarni yigʻish va qayd qilish vositalari. 2)Maʼlumotlarni uzatish va qabul qilish vositalari. Datchiklardan maʼlumotlarni qabul qilish vositalari. 4)Analog-raqamli va raqam-analogli oʻzgartirgichlar. 5)Kommutatorlar va multipleksorlar. 6)Tarmoq adapterlari. 7)Selektor va marshrutizatorlar. 8)Ish stansiyalari va abonent punktlari. 9)Serverlar. 10)Maʼlumotlarni saqlash vositalari (xotira qurilmalari). 11)Mini va makro EHM hamda mikroprotsessorlar. 12)Boshqaruvchi kompyuterlar. 13)Pechatlovchi qurilmalar va uskunalar. 14)Skanerlar. 15)Plotterlar. 16)Kuzatuvchi video qurilmalar. 17)Turli xil audio qurilmalar. 18)Turli xil aloqa vositalari. 19)Nusxa oluvchi qurilmalar. 20)Turli xildagi maʼlumot tashuvchilar. 21)Maʼlumotlarni kiritish va chiqarish vositalari. 22)Elektrogeneratorlar (tashqi tok manbai uzulib qolganda). 23)Maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlovchi qurilmalar. 24)Himoya qurilmalari.
2. Biznes jarayonlarining uzluksizligini, xavflarni baholashni, o'z vaqtida aniqlash va muammolarni bartaraf etishni ta'minlash; biznesni oson miqyosda kengaytirish uchun yagona echimlarni qo'llash; xavfsizlikning yuqori darajasiga va asosiy ma'lumotlarning himoyasiga rioya qilish; ishda tezda o'zgarishlar qilish qobiliyati; boshqaruv tizimining shaffofligi va qulayligi; aktivlarni yaratish va saqlash xarajatlarini kamaytirish 3. Birinchi bosqich (1991-1995 yillar)-infratuzilmaning yangi subyektlarini shakllantirish va mavjudlarini rivojlantirishning tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqilib , uslubiy va konseptual tadbirlar tadbirkorlarning ehtiyojlarini qondirish, tadbirkorlik asoslari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, o‘qitish va qayta kasbiy tayyorlash, savdo-tijorat tuzilmalarini xususiylashtirish, birja, xizmatlar bozorini va tashqi iqtisodiy faoliyat tuzilmalari shakllandi. Ikkinchi bosqich (1996-2000 yillar)-infratuzilma subyektlari majmuasining shakllanishi va ular faoliyati rivojlantirilib, bu bosqichda iqtisodiyotda pul-kredit mexanizmlari takomillashtirildi, iqtisodiyotning barcha sohalarini moliyalashtirish va kreditlashtirishga ixtisoslashtirilgan yangi turdagi tijorat banklari va turli moliyaviy jamg‘armalar tashkil etildi. Bu bosqichda moliyaviy institutlar tomonidan mikrokreditlar berilishi kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, ushbu yillarda bozor infratuzilmasining tarkibiy subyektlari – «Toshkent» fond birjasi, tovar xomashyo, mehnat, valyuta, ko‘chmas mulk, ko‘p tarmoqli agrosanoat birjalari va ularning filiallari tashkil etildi. Uchinchi bosqich (2000 yil va hozirgi davrgacha)-bu bosqich bevosita iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirishning boshlanishi bilan bog‘liqdir. Ushbu bosqichda iqtisodiyotga xizmat qiladigan institutlardan tashkil topgan mustahkam tizim yaratildi. Bunda moliya va banklar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, bozor infratuzilmasi faoliyatni erkinlashtirish, boshqa infratuzilma subyektlari o‘rtasida bozorga mos haqiqiy raqobat muhiti yaratilib, ularning faoliyati takomillashtirildi. 07.11.2020 sanadagi savollarga javoblar
Foydalanuvchi kompyuter bilan muloqat qilish uchun kompyuter “tili” ni bilishi ham talab qilinadi. Kompyuter tushunadiga “til” dasturlash tili deb ataladi. Biror masalani kompyuterda yechish uchun, avvalo, uning algoritmi tuzilishi va bu algoritmni kompyuter tushunadigan ko`rsatmalar va qonun-qoidalar asosida yozilisi kerak bo`ladi. Bu yozuv dastur bajarishi mumkin bo`lgan ko`rsatmalarning izchil tartibidan iborat ekan. Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dasturnituzadigan kishi dasturchi deb ataladi. Dasturlar har bir sohada katta ahamiyatga ega. Dastur yaratib, uni kompyuterga o’rnatilsa insonlarning bajaridan ishlari osonlashadi. Iqtisod sohasining rivojlanishida, ishchilar uchun keng imkoniyatlar yaratishda, ish o’rinlari ko’payishida, ishlab chiqarish sohasining tezlasjib, samarali bo’lishiga, aholiga xizmat ko’rsatish va iste’mol uchun terkazib berish, buyurtma kabi sohalarda dasturlarning o’rni beqiyosdir. Dasturlar orqali shu sanab o’tganlarim yanada tez va samarali bo’lib, iqtisodiyot rivojlanib boraveradi. Iqtisodiy dasturlarga iqtisodni rivojlantirish yo’lidagi dasturlar kiradi. Ularga misol qilib 2017-2021 yillarda “gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi” , 2017 - 2021 yillarda “ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish” Dasturi , 2017-2021 “Harakatlar strategiyasi dasturi, qurilishni, to’qimachilikni rivojlantirish dasturlari, bugalteriya sohasiga oid dasturlar, xizmat ko’rsatishga oid dasturlar iqtisodiy dasturar hisoblanadi. Kompyuterda dasturlash bu – kompyuter mikroprotsessori uchun turli buyruqlar berish, qachon, qayerda nimani o'zgartirish va nimalarni kiritish yoki chiqarish haqida buyruqlar berishdir. Kompyuter dasturlariga C++, Java, Java script, Pyton, Paskal, Delphi, Basic kabi dasturlsh tillari kiradi. Operatsion tizim (OS) -bu kompyuter bilan foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatuvchi, kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalari testdan o’tkazuvchi va qurilmalar ishini boshqaruvchi dasturlar to’plamidir. Bu dasturlar kompyuter ishga tushilishi bilan kompyuter xotirasiga yuklanadi. Operatsion tizim foydalanuvchiga kompyuter qurilmalari bilan qulay muloqot usulini ta‘minlaydi. Operatsion tizimlar dasturlar guruhi juda katta ahamiyatga ega. Bu dasturlar kompyuter ishini boshqaradi, har xil dasturlarni kompyuter xotirasiga yuklaydi va bajaradi, fayllar, kataloglar va disklar ustidan har xil amallarni bajaradi. Hamma dasturlar shu operatsion tizimli dasturning imkoniyatlaridan foydalanadi va shuning uchun hamma dasturlar faqat shu dastur orqali ishga tushadi. Eng taniqli operatsion tizimlar: MS-DOS va Windows (Microsoft korporatsiya) dunyodagi kompyuterlarning 75-80%, Makintosh (Apple firmasi) dunyodagi kompyuterlarning 5-10%, Linux va Unix dunyodagi kompyuterlarning 10-15% tashkil etadi. Topshiriqlar: Windows xakerlar hujumiga ko’p uchrab turadi. Windows bepul emas. Uni litsenziyasiz diskda ishlatish ta’qiqlangan. Vaqt o’tishi bilan litsenziyani yangilash zarur. Windowsning o’zbek tilidagi versiyasi yo’q. Windows esa yopiq kodli. Uning kodlari hech qayerga chiqarilmaydi. Dastur kompilyatsiya qilingan holda chiqariladi. Amaliy electron pochta ochish: Gmail.Com saytiga o’tib “Создать аккаунт” degan tugmaga bosamiz. Bosganimizda “Для себя” tugmasini tanlaymiz; Ismingiz bilan familiyangizni kiriting; Yangi pochtangizga yangi ism kiriting; Yangi parol o’ylab, uni yana bir bor kiriting va “Далее” tugmasini bosing; Telefon raqamingizni kiriting; Tug’ilgan kuningizni va jinsingizni tanlang va “Далее” tugmasini bosing; Chiqib kelgan oynachani pastga tushirib “Принимаю” degan tugmaga bosamiz; Pochta yaratildi, endi ishlatishni boshlash mumkin! Download 26.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling