Mundarija: Kirish. I bob. “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyatining faoliyati


Download 247.23 Kb.
bet1/16
Sana01.11.2023
Hajmi247.23 Kb.
#1737720
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
islomjonov Muzaffar (1)


MUNDARIJA:


Kirish.

I bob. “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyatining faoliyati
1.1.“Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyatining tashkil topishi
1.2.“Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyatining tuzilishi, maqsadi va vazifalari.
II bob. “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyati sug’urta markazlari faoliyati
2.1 “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyati sug’urta markazlari faoliyati va ular to’g’risidagi nizom
2.2 “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyati “Chilonzor” tumani sug’urta markazi paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining bo‘lg‘usi hosilini sug‘urtalash bo’limi faoliyati va vazifalari


Xulosa va takliflar

Foydalanilgan adabiyotlar

Ilovalar


KIRISH
Bugun dunyodagi shiddatli globallashuv sharoitida, xalqaro maydonda turli manfaatlar to‘qnashuvi kuchayib borayotgan, jahon iqtisodiy-moliyaviy inqirozi davom etayotgan keskin bir vaziyatda xususiy sektorni kengaytirish, tadbirkorlikni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, umuman biznes uchun qulay muhit yaratish va uning kafolatlarini mustahkamlash - muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan belgilab berilgan iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bugungi kunga kelib o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Mamlakatda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish hamda aholi hayot darajasi va farovonligining barqaror o‘sishiga imkon beruvchi faol tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etishga, fan va innovatsion faoliyat jadal rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda1.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi ustuvor yo‘nalishi mavzuga oid quyidagi ma’lumotlar keltirilgan. “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” nomli uchinchi ustuvor yo‘nalishning quyidagi punktlariga to‘xtalib o‘tishni joiz deb bildim2:
Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish;
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmadagi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan aktiv investitsiya siyosatini olib borish;
Iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulotlar va xizmatlar ko‘rsatish bozorlarida monopoliyani bosqichma bosqich kamaytirish;
Xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlar roli va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tuzilmasini eng avvalo xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish;
Yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy sohaga, boshqarish tizimiga informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etishdan iborat.
Aksiyadorlar jamiyati — daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga binoan uyushgan sherikchilik jamiyati. Aksiyadorlar jamiyati boshqa sherikchilik korxonasidan farqliroq, muomalaga nominal qiymati koʻrsatilgan aksiyalar chiqarish va uni sotish yoʻli bilan tarqatish bunday jamiyatning moliyaviy negizini tashkil etadi. Aksiya egalari dividend shaklida daromad oladilar. Aksiyadorlar jamiyatining ochiq va yopiq jamiyat shaklidagi koʻrinishlari bor:
1. Yopiq aksiyadorlar jamiyati — aksiya egalari maʼlum guruh, masalan, taʼsischilarning oʻzi bilan cheklanadi. Aksiyalar faqat ularning oʻrtasida tarqatiladi.
2. Ochiq aksiyadorlar jamiyati — jamiyat aksiyalari erkin sotiladi va sotib olinadi, aksiyadorlar soni cheklanmagan, xohlagan va aksiya olishga puli bor yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan, ajnabiy shaxslar uning aʼzosi boʻla oladi.
Aksiyadorlar jamiyati pulni bir yerga toʻplab biznesga qoʻyish uchun tuziladi. Uning tashkilotchilari taʼsischilar deb yuritiladi. Taʼsischi firmalar, banklar, davlat va ayrim fuqarolar boʻlishi mumkin. Aksiyadorlar jamiyatining afzalligi shundaki, u mayda pulni toʻplab yirik pulga aylantirish, yaʼni kapital boʻla oladigan pulga aylantirishdan, mayda puldorlarning pulini ham biznesga qoʻyishdan iborat. Aksiyadorlar jamiyatini boshqarishning oliy organi — aksiyadorlar majlisi, soʻngra — direktorlar kengashi va quyi boʻgʻini — boʻlinmalar boshqarmasidan iborat. Aksiyadorlar majlisi aksiyadorlar jamiyati yillik hisobotini, nizomdagi oʻzgarishlarni, daromadning taqsimlanishini, foyda-zarar hisob-kitobini, taftish natijalari, rahbarlarni saylash masalasini koʻrib chiqadi va tegishli qarorlar qabul qiladi. Dastlab aksiyadorlar jamiyati 17-asrda paydo boʻlgan, hozir keng tarqalib, ommaviy tus olgan. Oʻzbekistonda aksiyadorlar jamiyati bozor islohotlari davomida mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida paydo boʻldi, davlat korxonalarini aksiyadorlar jamiyati aylantirish mulkiy oʻzgarishlarning yoʻnalishlaridan biriga aylanadi. Islohotlarning birinchi bosqichida yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati tashkil topdi. Uning 2-bosqichida ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati shakllana boshladi. Oʻzbekistonda 1995-yilda 2255 ta, 1996-yilda 5500 ta aksiyadorlar jamiyati ishladi. Oʻzbekistonda aksiyadorlar jamiyati nodavlat sektoriga kiradi. Aksiyadorlar jamiyati mustaqil, lekin ular davlat belgilagan qonun-qoidalar asosida ish koʻradi. Ularning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining „Aksiyador jamiyatlar va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida“ (1996.25.4) qonuniga binoan olib boriladi.
Sugʻurta — tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yogʻin va boshqalar), har xil baxtsiz hodisalar roʻy berishi natijasida koʻrilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari toʻlash uchun maqsadli pul jamgʻarmalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bogʻliq iqtisodiy munosabatlar tizimi. Sugʻurta koʻp asrlik tarixga ega. Sugʻurta muassasalari dastlab oʻrta asrlarda, dengiz orqali olib boriladigan savdodagi xavfxatarlar bilan bogʻliq holda paydo boʻldi. Keyinchalik boshqa sohalarga gʻam yoyildi. Ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida sugʻurta fuqarolarning manfaatlarini ishonchli himoya etuvchi vosita boʻlgan.Sugʻurta jamgʻarmasi milliy iqtisodiyot zaxira jamgʻarmasining muhim va oʻziga xos boʻgʻini hisoblanadi, milliy iqtisodiyotni turli tasodiflardan moliyaviy himoya qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda sugʻurta ishi nihoyatda taraqqiy etgan boʻlib, bu mamlakatlar yalpi ichki mahsulotida sugʻurta badal (mukofot)lari hajmi oʻrtacha 8—12 % ni tashkil etadi.Sugʻurta qilinadigan obʼyektga qarab mulkiy sugʻurta (mas, yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy manfaatlari, binolar, ekinlar, uy hayvonlari, molmulk, transport vositalarini sugʻurtalash), shaxsiy sugʻurta (inson, sogʻligʻi, hayoti, mehnat qobiliyatini sugʻurtalash), uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlik sugʻurtasi (transport egalarining fuqarolik javobgarligini, kredit oluvchilarning bank oldidagi kreditni oʻz vaqtida qaytarish javobgarligini sugʻurtalash va boshqalar)ga boʻlinadi. Sugʻurta tartibi va shartlari, turlari, obʼyektlari mamlakatdagi qonunchilik bilan belgilanadi. Mustaqillikka erishguniga qadar 1918—91 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida sugʻurta faoliyatini sobiq Ittifoq miqyosida yagona boʻlgan davlat sugʻurta idorasi („Gosstrax“) va uning ittifokdosh respublikalardagi boshqarmalari amalga oshirgan. 1991-yildan OʻzRda oʻtkazilgan chuqur iqtisodiy islohotlar jarayonida bozor iqtisodiyotiga oʻtishning dastlabki bosqichlarida davlat organlari qayta tashkil etildi, ularga raqobatda boʻla oladigan turli mulkchilik shaklida sugʻurta kompaniyalari va agentliklari vujudga keldi. Sugʻurta xizmati bozori, sugʻurta faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, huquqiyqonunchilik asoslari yaratildi. 1993-yilda 6 mayda Oʻzbekiston Respublikasining „Sugʻurta toʻgʻrisida“ qonuni qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 25 fevraldagi farmoniga koʻra Moliya vazirligi huzurida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Davlat sugʻurta bosh boshqarmasi „Oʻzagrosugʻurta“ sugʻurta kompaniyasi shaklida qayta tashkil etildi, „Kafolat“ sugʻurta kompaniyasiasi, „Madad“ sugʻurta agentligi, „Oʻzbekinvest“ eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi va boshqa oʻz faoliyatini boshladi.



Download 247.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling