Mundarija: Kirish. I bob. “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyatining faoliyati
-bob. Sug‘urta hodisasi va sug‘urta tovonini to‘lash tartibi
Download 247.23 Kb.
|
islomjonov Muzaffar (1)
5-bob. Sug‘urta hodisasi va sug‘urta tovonini to‘lash tartibi
21. Sug‘urta shartnomasi amal qilgan davrda sug‘urta hodisasini keltirib chiqaruvchi hodisalar oqibatida ekinlar zararlanishi yoki nobud bo‘lishi natijasida hosilni olish imkoniyati kamaysa yoki yo‘qolsa, sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga 10 ish kuni ichida bo‘lib o‘tgan hodisa to‘g‘risida xabarnoma beradi. Shuningdek, monitoring o‘tkazgan sug‘urtalovchining mas’ul mutaxassislari ham ushbu hodisalar to‘g‘risida sug‘urta qildiruvchiga ma’lumot berishlari lozim. 22. Xabarnomaga asosan sug‘urtalovchi va ishchi guruhlar tomonidan ekinga yetkazilgan zarar 10 kun ichida joyida o‘rganib chiqiladi va dalolatnoma tuziladi. 23. Sug‘urta qildiruvchi yig‘ishtirib olgan hosildorlik qiymati sug‘urtaga qabul qilingan hosildorlik qiymatidan kam bo‘lganda, quyidagi hujjatlarni sug‘urtalovchiga taqdim etadi: sug‘urta polisining nusxasi; bo‘lib o‘tgan hodisalar natijasida ekin zararlanganligi yoki nobud bo‘lganligini tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan tasdiqlab tuzilgan dalolatnoma (agar mavjud bo‘lsa); hodisa (hodisa tavsifi va yetkazilgan zarar sabablariga ko‘ra) ushbu Nizomning 24-bandida ko‘rsatilgan tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma. 24. Hodisa tavsifi va yetkazilgan zarar sabablariga ko‘ra hodisani tasdiqlovchi ma’lumotnoma quyidagilar hisoblanadi: agar zarar bo‘ron, do‘l, kuchli yomg‘ir (jala), qurg‘oqchilik va garmsel, tuproqning o‘ta namligi, kuchli qor yog‘ishi, qorasovuq, suv sathining past bo‘lishi, suv sathining baland bo‘lishi (suv toshqini) yashin urishi natijasida ro‘y bersa — gidrometeorologiya xizmati markazining (hududiy bo‘linmasi) ma’lumotnomasi; agar zarar yong‘in natijasida ro‘y bersa — tuman ichki ishlar bo‘limining yong‘inga qarshi kurash bo‘limi ma’lumotnomasi; agar zarar zararkunandalar yoki ekinlarga kasalliklar tushishi natijasida ro‘y bersa — ekin maydonlariga haqiqatdan ham zararkunandalar tomonidan zarar yetkazilganligini va ularga qarshi kurashilganligini tasdiqlash bo‘yicha vakolatli tashkilot ma’lumotnomasi hamda ushbu tashkilot bilan tuzilgan shartnoma nusxasi; agar zarar mineral o‘g‘itlarning o‘z vaqtida va to‘liq yetkazib berilmaganligi natijasida ro‘y bersa — paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektiga belgilangan va haqiqatda olingan mineral o‘g‘it miqdori bo‘yicha vakolatli tashkilot ma’lumotnomasi hamda ushbu tashkilot bilan tuzilgan shartnoma nusxasi; yetishtirilgan ekin to‘liq yig‘ishtirib olinganligini tasdiqlovchi tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi ma’lumotnomasi; yetishtirilgan ekin tayyorlov tashkilotiga topshirilganligini tasdiqlovchi tayyorlovchi (qabul qiluvchi) tashkilot hamda tuman statistika bo‘limi ma’lumotnomalari. Ushbu bandda ko‘rsatilgan hujjatlardan boshqa qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 25. Sug‘urta qildiruvchining sug‘urtaga qabul qilingan bir gektar ekin maydoni uchun hosildorlik qiymati bilan joriy yilda bir gektar ekin maydonidan haqiqatda olingan hosildorlik qiymati (sug‘urta mukofotini hisoblashda tasdiqlangan o‘rtacha xarid narx asos qilib olinadi) orasidagi farqi ekindan ko‘rilgan zarar deb hisoblanadi. 26. Sug‘urta tovoni miqdori ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan jadval asosida, sug‘urta qildiruvchining jami ekin maydonidan olingan yalpi hosili (tayyorlov korxonasi ma’lumotnomalari asosida) va tushgan sug‘urta mukofoti miqdori hisobga olingan holda, sug‘urta puli (sug‘urta javobgarligi) doirasida hisoblanadi. 27. Sug‘urta qildiruvchi tomonidan ekinni ekish, parvarishlash va hosilni yig‘ishtirib olish davrida agrotexnika talablariga rioya qilmaganligi aniqlanganda, sug‘urta tovoni quyidagi miqdorlarda kamaytiriladi: o‘g‘it belgilangan me’yordan kam berilgan bo‘lsa 5 (besh) foiz; begona o‘tlar bosib ketgan bo‘lsa 5 (besh) foiz; o‘z vaqtida sug‘orilmagan (suv berilmagan) bo‘lsa 5 (besh) foiz. Sug‘urta tovoni chamalangan (aprobatsiyadan o‘tkazilgan) hosil olinmagan bo‘lsa 5 (besh) foiz miqdorlarda kamaytirilishi mumkin. 28. Sug‘urta qildiruvchi tomonidan ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan hujjatlar hamda yozma ariza sug‘urta davri yakuni bo‘yicha sug‘urtalovchining to‘lov komissiyasiga taqdim etiladi. Taqdim etilgan hujjatlar sug‘urtalovchining to‘lov komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqilib, sug‘urta tovonini to‘lash yoki to‘lashni rad etish to‘g‘risida 15 kun muddatda qaror qabul qilinadi. 29. Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash yoki to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori sug‘urta qildiruvchiga u sug‘urta tovoni to‘lash to‘g‘risida ariza taqdim etgan vaqtdan boshlab ushbu Nizomning 28-bandida ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmay xabar qilinishi kerak va tovon to‘lash rad etilganda, qarorda rad etishning asoslantirilgan sabablari ko‘rsatilishi lozim. 30. Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risidagi qarori qabul qilinganda sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida sug‘urta hodisasi tan olinganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi. 31. Dalolatnoma asosida belgilangan sug‘urta tovoni 5 ish kuni ichida sug‘urta qildiruvchining 23210 hisobraqamiga o‘tkazib beriladi va o‘tkazilgan sug‘urta tovonlari, birinchi navbatda, ajratilgan imtiyozli kredit va unga hisoblangan foizlarni qoplashga yo‘naltiriladi. Keyingi tahrirga qarang. 32. Sug‘urta davri yakuni bo‘yicha sug‘urta hodisasi yuzasidan sug‘urta qildiruvchilar tomonidan taqdim qilingan hujjatlar sug‘urtalovchining to‘lov komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqilib, sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risida qabul qilingan qaror asosida ekin hosili uchun jami aniqlangan sug‘urtatovonlari hajmi yig‘ilgan sug‘urta mukofotlarining 80 foizigacha bo‘lgan qismi doirasida sug‘urtalovchi o‘z mablag‘lari hisobidan qoplaydi. 33. Hisob-kitoblarga asosan aniqlangan sug‘urta tovonlari hajmi yig‘ilgan sug‘urta mukofotlarining 80 foizidan oshgan qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan sug‘urtalovchiga budjet subsidiyasi ajratiladi. Bunda budjet subsidiyasi sug‘urtalovchi tomonidan belgilangan tartibda aniqlangan sug‘urta tovonlarining umumiy summasi (sug‘urtalovchining xarajatlarini inobatga olgan holda) sug‘urta mukofotlari hisobidan to‘liq qoplanmagan xollarda ajratiladi. 34. Budjet subsidiyasi mablag‘larini olish uchun sug‘urtalovchi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq jadval asosida hisob-kitoblarni taqdim qiladi. 35. Sug‘urtalovchi tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 15 kun muddatda o‘rganib chiqilib, sug‘urtalovchiga aniqlangan sug‘urta tovonlarini to‘lash uchun budjet subsidiyasi mablag‘larini ajratish to‘g‘risida xulosa tayyorlanadi. 36. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tayyorlangan xulosa asosida 10 kun muddat ichida sug‘urtalovchiga aniqlangan sug‘urta tovonlarini to‘lash uchun budjet subsidiyasini ajratadi. 37. Ajratilgan budjet subsidiyasi hisobidan sug‘urtalovchi tomonidan 5 kun muddat ichida sug‘urta tovoni aniqlangan sug‘urta qildiruvchilarga to‘liq to‘lab beriladi hamda bu haqda sug‘urtalovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot taqdim etiladi. Download 247.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling