Mundarija: Kirish. I bob. “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyatining faoliyati


Download 247.23 Kb.
bet15/16
Sana01.11.2023
Hajmi247.23 Kb.
#1737720
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
islomjonov Muzaffar (1)

6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
38. Ushbu Nizom bo‘yicha zimmaga olingan majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun tomonlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Mazkur Nizomdan kelib chiqadigan barcha nizolar o‘zaro kelishuv yo‘li bilan, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining bo‘lg‘usi hosilini sug‘urtalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining bo‘lg‘usi hosilini sug‘urtalash va sug‘urta hodisasi yuz berganda ularga sug‘urta tovonlarini to‘lash
SXEMASI

Bosqich

Mas’ullar




Chora-tadbirlar




Muddat

1-bosqich




Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyekti, sug‘urta tashkiloti, tijorat banki




Sug‘urtalovchiga sug‘urta mukofotini to‘laydi




Sug‘urta shartnomasi tuzilgandan so‘ng 30 ish kuni ichida































2-bosqich




Sug‘urta tashkiloti




Sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta polisini taqdim etadi




Sug‘urta mukofoti to‘langandan so‘ng 3 ish kuni ichida































3-bosqich




Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyekti, sug‘urta tashkiloti




Sug‘urta hodisasini keltirib chiqaruvchi holatlar to‘g‘risida sug‘urtalovchiga xabarnoma beradi




Sug‘urta hodisa aniqlangan kundan so‘ng 10 ish kuni ichida































4-bosqich




Sug‘urta tashkiloti, Ishchi guruhlar




Ekinga yetkazilgan zararni joyida o‘rganib chiqadi va dalolatnoma tuzadi




Xabarnoma berilgan so‘ng 10 kun ichida































5-bosqich




Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyekti, sug‘urta tashkiloti




Hosildan ko‘rilgan zararni qoplash bo‘yicha sug‘urtalovchiga yozma ariza bilan murojaat qiladi




Sug‘urta davri yakuni bo‘yicha































6-bosqich




Sug‘urta tashkiloti




Sug‘urta qildiruvchining taqdim etgan hujjatlari asosida tegishli qaror (sug‘urta tovoni to‘lash yoki to‘lashni rad etish) qabul qiladi




Ariza taqdim etilgan kundan boshlab 15 kun muddatda































7-bosqich




Sug‘urta tashkiloti, paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyekti




Sug‘urta qildiruvchiga aniqlangan tovonni to‘lab beradi (jami tushgan sug‘urta mukofotining 80 foizigacha miqdorda)




5 ish kuni ichida































8-bosqich




Sug‘urta tashkiloti




Sug‘urtalovchi tomonidan aniqlangan jami sug‘urta tovonlarining 80 foizdan oshgan qismini qoplash maqsadida budjet subsidiyasi ajratilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli hisob-kitobni taqdim etadi




Zaruratga ko‘ra































9-bosqich




Moliya vazirligi




Ma’lumotni o‘rganib chiqib, sug‘urtalovchiga sug‘urta tovonlarini to‘lash uchun budjet subsidiyasini ajratish to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi




15 kun muddatda































10-bosqich




Moliya vazirligi




Aniqlangan sug‘urta tovonlarining 80 foizdan oshgan qismini qoplash uchun sug‘urtalovchiga budjet subsidiyasini ajratadi




10 kun muddatda































11-bosqich




Sug‘urta tashkiloti, paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyekti




Budjet subsidiyasi hisobidan sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovonini to‘lab beradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot taqdim etadi




5 kun muddatda










XULOSA
Ishlab chiqarish-texnologik amaliyotI davomida “O’zagrosug’urta” AJ sug’urta sohasida qishloq xo’jaligida paxta va boshoqli donli ekinlarning hosilini sug’urtalash bo’yicha o’rni naqadar muhimligi haqida bilib oldim va O’zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi bilan tanishdim.Ushbu amaliyot davomida nafaqat O’zbekistondan boshqa rivojlangan davlatlarning sug’urta tizimlari bilan tanishdim.Shu boshqa tizimlar asosida o’zimizda olib borilayotgan islohotlar bilan tanishdik.Iqtisodiy islohotlar sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqdaki, buni e’tiborga olgan holda sug‘urta va lizing hamda boshqa moliyaviy xizmatlar hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobidan kengaytirish, shuningdek, kapitalni jalb qilish hamda moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi”1da qishloq xo‘jaligida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish va sug‘urtalashning yangi mexanizmlarini amalga oshirish hamada mehnat migrantlarini moliyaviy va ijtimoiy qo‘llabquvvatlash, ularning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash amaliyotini kengaytirish masalasiga e’tibor qaratilgan.
Mamlakatimizda bosqichma - bosqich bozor munosabatlari shakllanishi va rivojlanishi,iqtisodiyot subyektlarining yuksak darajadagi iqtisodiy mustaqilligi, erkinligi darajasi ortib borayotgan jarayonda doimo risklar mavjud bo‘lishi kuzatiladi. Ular manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan va doimiy takrorlanib turadigan risklarni qayta taqsimlash, ya’ni
o‘ziga xos bo‘lgan maxsus xizmat bilan sug‘urta shug‘ullanadi.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli Qarori sug’urta faoliyatida muhim yangilik bo’ldi. Ilk bor sug’urtalovchilarning ustav kapitaliga eng kam miqdorlar belgilandi. Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini litsenziyalash to’g’risida nizom, sug’urta faoliyati klassifikatori tasdiqlandi. Ushbu qaror sug’urta bozorini yanada rivojlantirish, raqobatni kuchaytirish, sug’urta faoliyatining zamonaviy va yangi turlarini yaratish, sug’urtalaovchilarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug’urtani nazorat qilish shakllarini takomillashtirish bo’yicha muhim hujjat bo’ldi.
Mamlakatimizda sug‘urta bozorini rivojlantirish masalalari o‘rganish natijasida quyidagi xulosalar shakllandi:
Birinchidan, bugungi kunda mamlakatimiz milliy sug‘urta bozori nisbatan tez rivojlanayotgan bo‘lsada, bugungi kun jahon talablariga to‘liq javob bera olmaydi.
Ikkinchidan, sug‘urta xizmatidan foydalanayotgan va foydalanishi mumkin bo‘lgan aholining aksariyat qismi, sug‘urta haqida to‘liq ma’lumotga ega emas. Holbuki, bu sug‘urta turiga talabning ortishi sug‘urtalanuvchi va sug‘urtalanuvchiga moliyaviy holatini yaxshilashda
o‘zining salmoqli xissasini qo‘shadi.Yuridik shaxslar sug‘urta qildirishi uchun, birinchi navbatda, ularga ishonch kerak. Jismoniy shaxslarga esa to‘g‘ri ma’lumot. Ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq bo‘lishi ularni sug‘urtadan to‘g‘ri va maqsadli foydalanishga jalb qiladi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun sug‘urta bozoriga malakali mutaxasislar talab etiladi. Sug‘urta kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan aksariyat hodimlar sug‘urta ishining mutaxassisi emas. Bir bo‘lim xodimi ikkinchi bo‘lim xodimining faoliyati, amalga oshirayotgan ishlari haqida ma’lumotga ega emas. Agentlar faoliyatida ham xuddi shunday muammo mavjud. Natijada sug‘urtalanmoqchi bo‘lgan shaxsga sug‘urta xizmatlari to‘g‘ri va to‘liq yetkazilmaganligi natijasida aholi to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasdan sug‘urtaga bo‘lgan talabning pasayishi va faoliyatga nisbatan ishonmaslik holatlari yuzaga kelmoqda. Sug‘urta faoliyatini rivojlanishi uchun sug‘urta xizmatlarini keng ko‘lamda reklama qilish samarali natija beradi talab etiladi. Eng ommabop bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar: telegram,instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda sug‘urta xizmatlari va uning afzalliklari haqida ma’lumot berib turish.Rivojlangan mamlakatlarning agrosug’urta sohasida yutuqlarini o’rganib ularni amaliyotga joriy etish va ulr bilan tajriba almashish maqsadga muvofiq bo’lar edi.


Download 247.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling