Mundarija: Kirish. I bob. “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyatining faoliyati


-bob. Sug‘urta shartnomasini tuzish tartibi


Download 247.23 Kb.
bet12/16
Sana01.11.2023
Hajmi247.23 Kb.
#1737720
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
islomjonov Muzaffar (1)

2-bob. Sug‘urta shartnomasini tuzish tartibi
5. Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining bo‘lg‘usi hosilini sug‘urtalash va sug‘urta hodisasi yuz berganda ularga sug‘urta tovonlarini to‘lash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Har yili tuman hokimliklari, tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari hamda sug‘urtalovchi tomonidan paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirishni moliyalashtirish uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlar hajmini tasdiqlashda ushbu ekinlarni yetishtirish uchun rejalashtirilgan ekin maydoni, hosildorlik, kafolatlangan xarid narxlari asosida hisoblangan yalpi hosil qiymatidan kelib chiqib, jami ekinlar hosilini sug‘urtalash uchun zarur bo‘lgan sug‘urta mukofotlari hajmi belgilanadi.
7. Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlari ekin maydoni, hosildorlik rejasi to‘g‘risida ma’lumotlarni ilova qilgan holda bo‘lg‘usi ekindan kam hosil olishi natijasida ko‘radigan moliyaviy zararini sug‘urtalash to‘g‘risida sug‘urtalovchining hududiy bo‘linmalariga ariza beradi.
8. Sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan ariza va ma’lumotlar asosida sug‘urta qiymati, sug‘urta puli va sug‘urta mukofoti miqdorini hisoblaydi.
Ushbu ma’lumotlar asosida sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida ikki nusxada sug‘urta shartnomasi tuziladi.
9. Tijorat banki tomonidan paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektiga paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish uchun imtiyozli kredit ajratishda uning bo‘lg‘usi hosilni sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta shartnomasi mavjudligi talab qilinadi va ushbu shartnoma bo‘yicha rasmiylashtirilgan polis imtiyozli kreditning ta’minoti sifatida qabul qilinadi.
Bunda imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan, birinchi navbatda, paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining bo‘lg‘usi hosilini sug‘urtalash uchun sug‘urta mukofoti to‘langandan so‘ng imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan hosil yetishtirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat etiladi.
10. Sug‘urta shartnomasi tuzilgandan so‘ng 30 ish kuni ichida sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urtalovchining hisobraqamiga sug‘urta mukofotlari (sug‘urta qildiruvchining o‘z mablag‘i, tijorat banklarining kreditlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan) o‘tkazib beriladi. Sug‘urtalovchining majburiyatlari sug‘urta mukofoti to‘langandan so‘ng kuchga kiradi. Shartnomada ko‘rsatilgan muddatda sug‘urta mukofoti to‘lanmasa, sug‘urtalovchining majburiyatlari kuchga kirmaydi.
11. Sug‘urtalovchi sug‘urta mukofotlarini to‘liq to‘lagandan so‘ng sug‘urta qildiruvchiga 3 ish kuni ichida sug‘urta polisini rasmiylashtirib beradi. Sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urta mukofoti qisman to‘langan taqdirda, sug‘urta polisi to‘langan sug‘urta mukofotiga mutanosib ravishda rasmiylashtirilib beriladi.
12. Ekinlar ekilganidan so‘ng 30 kun ichida sug‘urtalovchi va tijorat banki (sug‘urta qildiruvchi imtiyozli kredit olgan holda) tomonidan joyiga chiqqan holda ekin maydonlari monitoringi o‘tkaziladi.
13. Monitoring natijasida ekin maydonlarida ekinlar ekilmaganligi yoki boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekilganligi aniqlangan taqdirda, monitoring dalolatnomasi tuziladi va sug‘urta shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinadi. Bunda ekinlar qisman ekilgan taqdirda, sug‘urta javobgarligi haqiqatda ekilgan maydonga nisbatan olib boriladi.
Monitoring natijasida ekinlar sug‘urta shartnomasida belgilangan sug‘urta tavakkalchiliklari natijasida unib chiqmaganligi aniqlangan taqdirda sug‘urta javobgarligi ushbu ekin maydoni uchun ekish xarajatlariga ajratilgan mablag‘lardan oshmagan miqdorda olib boriladi.

Download 247.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling