Mundarija: Kirish. I bob. “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyatining faoliyati


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV


Download 247.23 Kb.
bet10/16
Sana01.11.2023
Hajmi247.23 Kb.
#1737720
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
islomjonov Muzaffar (1)

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-iyun,
505-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-iyundagi 505-son qaroriga
ILOVA
Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining bo‘lg‘usi hosilini sug‘urtalash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining bo‘lg‘usi hosilini sug‘urtalash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtiruvchi barcha tadbirkorlik subyektlariga, jumladan, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilar va klasterlarga nisbatan tatbiq etiladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza — sug‘urta qildiruvchining sug‘urta shartnomasini tuzish istagi bildirilgan yozma murojaati;
ishchi guruhlar — Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-fevraldagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirish bo‘yicha xarajatlarni kreditlash va topshirilgan mahsulot uchun yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida tuman hokimining o‘rinbosari rahbarligida tashkil etiladigan ishchi guruh;
monitoring — paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish uchun yer maydonlarining ekishga tayyorgarligi, ekinlar ekilishi, rivojlanishi va hosil yig‘ib olinishi davrida olib boriladigan kuzatish jarayoni;
monitoring dalolatnomasi — ishchi guruhlar tomonidan tuziladigan davriy yozma hujjat;
sug‘urtalovchi — tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs;
sug‘urta davri — sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan davrda sodir bo‘lgan sug‘urta hodisalari bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladigan davr;
sug‘urta mukofoti — sug‘urta qildiruvchi sug‘urta shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda sug‘urtalovchiga to‘lashi shart bo‘lgan sug‘urta haqi;
sug‘urta polisi — sug‘urta shartnomasi tuzilganligini tasdiqlovchi va sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta mukofotini yoki uning birinchi qismini to‘lagandan keyin beriladigan hujjat;

Download 247.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling