Mundarija: Kirish. I bob. “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyatining faoliyati
Download 247.23 Kb.
|
islomjonov Muzaffar (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II bob. “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyati sug’urta markazlari faoliyati 2.1 “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyati sug’urta markazlari to’g’risidagi nizom
JAMIYAT MISSIYASIQulay va ehtiyojlarni qondira oladigan sug‘urta mahsulotlarini taqdim etish orqali fuqarolarning farovonligini ta’minlash; O‘zbekistonning qishloq hududlarida sifatli sug‘urta himoyasini ta’minlash va agrosanoat sohasining rivojlanishiga ko‘maklashish; Davlat va xususiy sektorni ishonchli sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash, korporativ va individual mijozlarni keng qamrovli sug‘urta xizmatlari bilan ta’minlashda va mulkiy manfaatlarini himoya qilishda yuqori saviyada xizmat ko‘rsatish orqali mamlakatimizda sug‘urta madaniyatini rivojlantirish; Sifatli sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish orqali har bir mijozni xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash; Hozirgi kunda jamiyat respublikaning barcha qishloq hududlarida faoliyat olib boruvchi sug‘urta infratuzilmasiga ega bo`lib, O‘zbekiston Respublikasi Sug‘urta bozoridagi ulushi 14,6% tashkil etadi. 2020 yil yakuniga ko‘ra jamiyat aktivlari 293,9 mlrd so‘m, sug‘urta zahiralari 162,6 mlrd so‘m, sug‘urta mukofotlari tushumi 178,2 mlrd so‘m va to‘langan sug‘urta tovonlari hajmi 91,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. Jamiyat doimiy ravishda mijozlar talablarini o‘rganib, taklif etilayotgan sug‘urta turlari sodda va qulay bo‘lishiga katta e’tibor qaratadi. Mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarib borishi natijasida jamiyatga bo‘lgan ishonch mustahkamlanib, uning mijozlari soni yildan-yilga ortib bormoqda. Jamiyat mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun doimiy ravishda o‘z xodimlarini malakasini oshirib borishga katta e’tibor beradi. II bob. “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyati sug’urta markazlari faoliyati 2.1 “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyati sug’urta markazlari to’g’risidagi nizom “O’ZАGROSUG’URTА” aksiyadorlik jamiyati sug’urta markazlari to’g’risidagi nizom І. Umumiy qoidalar. 1. “O’zagrosugurta” aksiyadorlik jamiyatining (keyingi o’rinlarda “Jamiyat” deb ataladi),Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyat Filiallri (keyingi o’rinlarda “Filial” deb ataladi) tasarrufidagi sug’urta markazlari (keyingi o’rinlarda “Markaz” deb ataladi) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1997-yil 6-martdagi 125-sonli “O’zagrosug’urta” davlat-aksiyadorlik sug’urta kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to’g’risida”gi qarori va “O’zagrosug’urta” aksiya-dorlik jamiyati Kuzatuv Kengashining 2020-yil 18-martdagi 4-sonli bayonnomasiga binoan Jamiyatining O’zbekiston Respublikasi sug’urta bozorida raqobat mavqeini mustahkamlash, daromadini oshirish va hududlarda Jamiyat nomidan faoliyat yuritish maqsadida tashkil etilgan. 2. Markaz o’z faoliyati davomida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, kodekslari, qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining sug’urta faoliyatiga taalluqli bo’lgan meʼyoriy xujjatlari, Jamiyat Ustavi, Аktsіyadorlar umumiy yig’ilishi, Kuzatuv Kengashi va Boshqaruvining qarorlari, Jamiyatning ichki nizomlari, tartiblari, qoidalari, Jamiyat va Filialning buyruq va farmoyishlariga hamda ushbi Nizomga rioya qiladi. 3. Markaz Jamiyat Boshgaruvining tegishli bayonnoma qaroriga asosan tashkil etilgan vaqtdan boshlab Jamiyat nomidan sug’urta faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga ega. Markaz Jamiyat Filiali tasarrufidagi alohida tarkibiy bo’lim hisoblanadi. 4. Markazni tashkil qilishning asosiy Meʼzoni sifatida Jamiyatning daromadlarini ko’paytirish, sug’urta bozoridagi qamrov darajasini oshirish, sug’urta portfelining zararlilik darajasini pasaytirish hisoblanadi. 5. Markaz yuridik shaxs maqomiga ega emas. Uning barcha majburiyatlari bo’yicha Jamiyat javobgar. U sug’urta faoliyatini yuritishda Jamiyat nomidan ish olib boradi. 6. Jamiyat va Filial Markazga o’z faoliyatini to’liq yuritishni taʼminlash uchun sharoitlar yaratadi va zarur mol-mulkni biriktiradi. Markaz esa ushbu mol- mulkni mazkur Nizomga muvofiq unga berilgan dasturlar doirasida tasarruf etadi. 7. Markaz o’zining to’lis nomi davlat tilida yozilgan hamda Jamiyatning logotipi tasviri tushirilgan dumaloq muxrga, rasmiy blankasi va tamg’a (shtamp)larga ega. Download 247.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling