Sana: Fan: Konstitusiyaviy huquq asoslari Sinf
Dars turi: Amaliy, og`zaki Dars jihozi
Download 27.99 Kb.
|
9 sinf konstitutsiyaviy huquq dars i
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi : I. Tashkiliy qism . a) salomlashish. b) davomatni aniqlash. II. Yangi mavzuning bayoni.
- E’tibor bering!
Dars turi: Amaliy, og`zaki
Dars jihozi: 1.9 sinf “Konstitusiyaviy huquq asoslari” darsligi 2.O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch 3. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari 4. Doska , bo’r, daftar , ruchka Dars jarayonining mazmuni : 1. Konstitutsiya va konstitutsiyaviy huquq. 2Konstitutsiyaviy huquq - huquqning yetakchi tarmog`i Dars jarayoni 1.Tashkiliy qism 4 minut 2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut 3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut 4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut 5.O’quvchilarni baholash 3 minut 6. Uyga vazifa 2 minut Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. a) salomlashish. b) davomatni aniqlash. II. Yangi mavzuning bayoni. Siz, endilikda konstitutsiya har qanday mamlakatning asosiy qonuni ekanligini yaxshi bilasiz. Shu munosabat bilan sizda: «Konstitutsiya» va «konstitutsiyaviy huquq» tushunchalari qanday farqlanadi? – degan savol tug‘ilishi tabiiy.Har qaysi davlat huquq tizimida ko‘pgina qonunlar mavjud. Ammo ular orasida eng asosiysi deb e’tirof etiladigan birdan-bir qonun konstitutsiyadir. Lotincha “constitutio” so‘zining tarjimasi, “nizom, qoidalari” degan ma’nolarni anglatadi. Xo‘sh konstitutsiya nimani belgilab beradi? Konstitutsiya jamiyat va davlat tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini tuzish hamda faoliyatining asosiy prinsplarini, ularning vakolatlarini, fuqarolarning asosiy huquqlari va burchlarini, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni belgilab beradi. Qolgan barcha qonunlar, kodekslar, qaror va farmonlar konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul qilinadi. Bu esa davlatning har bir normativ hujjati konstitutsiyaga mos kelishi shart ekanligini anglatadi. Konstitutsiyaviy huquq nima va u konstitutsiyaga qay tarzda bog‘liq? Konstitutsiya bilan konstitutsiyaviy huquq o‘rtasidagi farq esa, konstitutsiya, garchi asosiysi bo‘lsa-da, ko‘plab qonunlardan biri ekanligida, konstitutsiyaviy huquq esa huquqning ko‘plab huquqiy manbalar, shu jumladan, konstitutsiyadan tarkib topuvchi butun boshli bir tarmog‘i ekanligida namoyon bo‘ladi. E’tibor bering! Huquq tarmog‘i sifatida konstitutsiyaviy huquq mamalakatdagi jamiyat tuzilishini, davlat hokimyati va boshqaruv tuzilishini, davlat organlari vakolatlarini, ayni davlat hududida yashab turgan fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini belgilovchi yuridik normalardan iborat. Siz, endilikda huquq to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ldingiz hamda u o‘zida umummajburiy normalar tizimini mujassamlashtirishini ham bilasiz. Bu normalar kishilar o‘rtasidagi nihoyatda turfa xil munosabatlarni tartibga solib turadi. Xullas, bir xil normalar oilaviy turmush sohasida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solsa, boshqalari mehnat yoki mulkiy munosabatlarga ta’sir o‘tkazadi. Xo‘sh, huquqiy tarmog‘i sifatida konstitutsiyaviy huquq o‘zida nimalarni mujassamlashtiradi? Download 27.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling