Sana: Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari Sinf
II. О`tilgan mavzuni savol-javob asosida mustaxkamlash
Download 0.75 Mb.
|
9-SINF Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari 2017 @sadikov uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Yangi mavzuning bayoni. MAFKURAVIY IMMUNITET
II. О`tilgan mavzuni savol-javob asosida mustaxkamlash.
Sport bo`yicha Osiyo va jahon chempionlaridan, Zulfiya nomidagi va «Nihol» davlat mukofotlari sohiblaridan kimlarni bilasiz? G`oyaviy bo`shliq deb nimaga aytiladi? Qanday insonning qalbi va ongida hech qachon bo`shliq bo`lmaydi? Prezidentimiz Islom Karimovning yurtimiz yoshlariga murojaat qilib aytgan da`vatkor so`zlari haqida gapirib bering. III. Yangi mavzuning bayoni. MAFKURAVIY IMMUNITET Aziz o`quvchi, bugungi kunda dunyoda inson qalbi va ongini egallash uchun qattiq kurash borayotgani va unda turli mafkuraviy markazlar tomonidan har xil ta`sir vositalari ishga solinayotgani haqida siz bilan suhbatlashdik. Bunday ta`sirlar turli xil jozibali shior va g`oyalar bilan niqoblangani uchun bir qarashda ularning qanchalik xavfli ekanini sezish oson emas. Masalan, oddiy o`yinchoq, multfilm yoki komputer o`yinlari vositasida bolalar shafqatsizlikka, insonga mehr emas, nafrat bilan qarashga o`rgatilishi mumkin. Ma`lumki, qalb va ong inson hayotining ma`no-mazmunini belgilaydi, sezgilar, fikr va axborotlar orqali uning butun vujudini boshqarib turadi. Qalb - his-tuyg`u va kechinmalar makoni. Inson-ning his-tuyg`ulari o`ta nozik bo`lgani uchun qalb o`zgaruvchandir. Ana shu o`zgaruvchan qalbni adashishlardan saqlash uchun unga tayanch bo`ladigan kuch - mustahkam ishonch kerak. Ishonch mehr-muhabbatga, e`tiqodga asos bo`ladi. Bu dunyoda eng kuchli muhabbat - ota-onaga, oilaga, Vatanga bo`lgan muhabbatdir. Eng mustahkam e`tiqod - ona yurtga bo`lgan e`tiqoddir. Bunday muhabbat va e`tiqodga to`la qalbni yengish, salbiy tomonga o`zgar-tirish qiyin bo`ladi. Ong-u tafakkur insonning fikrlash, o`ylash, tahlil etish va xulo-salar chiqarish qobiliyatini bildiradi. Insonning dunyoqarashi qalb va ongdagi fikr va sezgilar asosida shakllanadi. Dunyoqarashi sog`lom va yuksak odamni soxta g`oyalarga ishontirib ham, aldab ham bo`hnaydi. Avvalo, o`z oilasi, Vatani va xalqining baxtini o`ylab, butun insoniyatga ezgulik tilab yashashga asoslangan dunyoqarash eng kuchli dunyoqarashdir. Yoshlarning qalbi va tafakkurida shakllanish jarayoni kecha-yotgani uchun ularda hali ana shunday e`tiqod va dunyoqarash mustahkamlanib ulgurmagan bo`ladi. Shu bois yot va begona g`oyalar asosan yoshlarning qalbi va ongiga hujum boshlaydi. Bunday tajovuzlarga yo`l qo`ymaslikning eng qulay yo`li ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishdir. «Mafkuraviy immunitet» tusliunchasini birinchi bor Prezidentimiz Islom Karimov ishlatgan va unga quyidagicha ta`rif bergan: «Ma`lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida (arbiyalash uchun, ta`bir joiz boisa, avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki yoshlarimiz milliy o`zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo`lib yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da`vati» ham, axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g`oyalar ham ularga o`z ta`sirini o`tkaza olmaydi». Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling