Sana: Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari Sinf


Download 0.75 Mb.
bet33/69
Sana24.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1293238
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69
Bog'liq
9-SINF Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari 2017 @sadikov uz

I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
II. О`tilgan mavzuni savol-javob asosida mustaxkamlash.

  1. O`zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va uni rivojlantirishning huquqiy asoslari qaysi hujjatlarda belgilab qo`yilgan?

  2. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tilimiz rivojiga qanday ta`sir etmoqda?

  3. Tilimizni qadrlash, uning imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun nima qilishimiz kerak?

  4. O`zbek tilining imkoniyatlari qaysi mumtoz asarlarda yaqqol namoyon bo`lgani to`g`risida gapiring.

  5. Til bilishning xosiyati haqida misollar asosida hikoya qiling.



III. Yangi mavzuning bayoni.


MILLIY VA UMUMBASHARIY QADRIYATLAR UYG`UNLIGI
Aziz o`quvchi, milliy g`oyamiz nega aynan «milliy» degan so`z bilan boshlanishi haqida o`ylab ko`rganmisiz? Yurtimiz hududida yashayotgan, millati, tili va dinidan qat`i nazar, barcha insonlarni yagona Vatan farzandlari sifatida birlashtirish, ularning ezgu orzu-intilish va manfaatlarini ifoda etish milliy g`oyamizning asosiy ma`no-mazmunini tashkil etgani uchun ham u «milliy» degan so`z bilan boshlanadi. Chunki «milliy» degan so`z faqat bir millatga cmas, balki bir hudud, bir mamlakatga mansublikni ham bildiradi. Shuning uchun ham ana shu yagona xalqning milliy qadriyatlari, umumbashariy qadriyatlar bilan uyg`unlashgan holda, bizning g`oyamizni yanada boyitib boradi.


Buni bilib oling!
Dunyoda o`ziga xos qadriyatlari bo`lmagan xalq yo`q. Milliy qadriyatlar ular mansub bo`lgan xalqning tarixi, yashash tarzi, tili, urf-odatlari, ma`naviyati hamda mada-niyati bilan uzviy bog`liq holda namoyon bo`ladi.
Bizning milliy g`oyamiz milliy an`ana va qadriyatlarimizni o`zida aks ettiradi, rivojlanib, takomillashib boradigan tizim sifa-lida, hayot taqozosiga ko`ra, ularni boyitish va rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu jarayonda u jamiyatimizning pirovard maqsadla-rini inobatga oladi va quyidagi milliy xususiyatlami nazarda tutadi:

  • xalqimiz hayotida qadim-qadimdan jamoa bo`lib yashash ruhining ustunligi;

  • jamoa timsoli bo`lgan oila, mahalla, el-yurt tushunchalarining muqaddasligi;

  • ota-ona, mahalla-ko`y, umuman, jamoatga yuksak hurmat-e`tibor;

  • millatning o`lmas ruhi bo`lgan ona tiliga muhabbat;

  • kattaga hurmat va kichikka izzat;

  • mehr-muhabbat, go`zallik va nafosat, hayot abadiyligining ramzi - ayol zotiga ehtirom;

  • sabr-bardosh va mehnatsevarlik;

  • halollik, mehr-oqibat va hokazo.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling