Sana: Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari Sinf


III. Yangi mavzuning bayoni


Download 0.75 Mb.
bet62/69
Sana24.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1293238
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   69
Bog'liq
9-SINF Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari 2017 @sadikov uz

III. Yangi mavzuning bayoni.
MA'NAVIY VA MODDIY HAYOT UYG'UNLJGI
Kishilar orasida shunday bir gap yuradiki, harqalay, siz ham uni eshitgan bo'lsangiz kerak: «Kimdir ovqat yeyish uchun yashaydi, kimdir yashash uchun ovqat yeydi». Yuzaki qaraganda sodda, mazmuni sayozdek tuyuladigan bu gapning zamirida katta va chuqur ma'no yashiringan. Darhaqiqat, hayotda shunday odamlar borki, ularning butun fikri-zikri moddiy boylik orttirish, uning ortidan quvish, mana shu boylik bilan maqtanish, bir so'z bilan aytganda, nafs talablarini qondirishga qaratilgan bo'ladi. Taniqli adiblarimizdan biri ta'kidlaganidek, bunday kishilar, masalan, hayvonot bog'ida ming bir rang-u jiloga ega patlarini yoygan tovusga qarab, uning maftunkor go'zalligiga e'tibor bermaydi-da, «shu jonivorning ham go'shtini yesa bo'larmikin?» degan savolni beradi.
Boshqa bir kishi esa, dunyoning ne'matlariga - u oziq-ovqat yoki kiyim-bosh bo'ladimi, uy-joy yoxud ot-ulov, mashina bo'ladimi - ularga hayot kechirishning bir vositasi, omili sifatida qaraydi. Ya'ni moddiy dunyo bunday kishilar hayotining ajralmas bir qismi hisoblansa-da, ular o'z hayotining asosiy maqsad-muddaosi etib aslo moddiy boylikni belgilamaydi. Ularning o'y-fikri yuksak ma'naviy xislatlarga avvalo o'zi ega bo'lish, imkoniyat topildi deguncha bu tushuncha va qadriyatlarni turmushga joriy etish, bir so'z bilan aytganda, odamzodni ozod va baxtli qilish bilan bog'liq ezgu niyatlarga to'liq bo'ladi. Bu gaplar, hurmatli o'quvchi, aslo havoyi, kitobiy gaplar bo'lmay, chinakam insoniy hayotning muhim va mas'uliyatli talablaridir.
Insoniyat hayotining asosida nima birlamchi mavqega ega - modda (materiya) - moddiy dunyomi yoki ong va ruhiy dunyomi degan muammo, odamzod paydo bo'libdiki, qizg'in bahs-munozaralarga sabab bo'ladi. Ularning qay biriga ustuvorlik, birlamchilik berganiga qarab, olim-faylasuflar ikki katta guruhni tashkil qilganlar - materialistlar va idealistlar.
Buni bilib oling!
Materializm (lotincha «materialis» - moddiy) - tabiat, jamiyat va odamning mavjudligi, yashash va rivojlanishini tushuntirishda modda (materiya) va uning xossalarini ustuvor deb bilishga asoslangan falsafiy qarashlar majmuyi. Materializm materiya birlamchi, ong ikkilamchi, ya'ni uning in'ikosi, mahsuli deb tushuntiradi.
Sho'ro davri fani va siyosatida bu nuqtayi nazar mutlaq haqiqat darajasiga ko'tarilishi natijasida kishilar aqli, tafakkuri va ma'naviy omillarning jamiyat taraqqiyotidagi o'rni va ahamiyati kamsitildi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling