IV darsni mustahkamlash.
Sizningcha, ichkilikbozlik, giyohvandlik va kashandalikka qarshi qanday kurashish mumkin?
Bu ofatlar olib kelgan fojialar to'g'risida hikoya qiluvchi badiiy yoxud ilmiy kitoblardan misollar keltiring.
Giyohvand moddalarning noqonuniy yetishtirilishi, tayyorlanishi va tashilishi xalqaro miqyosda qanday muammolarni keltirib chiqarayotgani to'g'risida eshitganmisiz? Bu boradagi qarashlaringizni sinfdoshlaringizga aytib bering.
Turli manbalardan donishmandlarning ichkilikbozlik, giyohvandlik va kashandalik haqidagi bir necha qimmatli fikrlarini to'plang va sinfdoshlaringiz bilan ularning muhokamasini uyushtiring.
V. Baholash
VI. Uyga vazifa berish.
O`tilgan mavzuni konspektlab, o`qib kelish.
Sana: ___________________ 201___ yil.
Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari
Sinf: __9ABVG__
Mavzu: Nazorat ishi
NAZORAT ISHI
Topshiriq: «Barkamol avlod - el-yurt tayanchi» mavzusida referat tayyorlang.
Referatni tayyorlash jarayonida quyidagi masalalarga alohida e'tibor bering:
Prezidentimizning barkamol avlod haqidagi fikrlari;
hozirgi kunda odamlar, ayniqsa yoshlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan salbiy xatti-harakatlar;
yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish yo'llari va usullari;
Vatanga muhabbat va sadoqat bilan yashash;
milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg'unligi;
taraqqiyotning o'zbek modelida «Islohot - islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak» degan qoida asosida inson manfaatlarining barcha islohot va o'zgarishlarning bosh maqsadi etib belgilangani;
o'zbek modeli asosida rivojlanib borayotgan mamlakatimiz qo'lga kiritayotgan ulkan yutuqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |