Sana: Fan: O`zbekiston tarixi Sinfi: 10 Mavzu


Download 0.53 Mb.
bet63/110
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#230257
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   110
Bog'liq
10sinf O'z.tarixi konspekt [uzsmart.uz]

1940-yil 9-yanvarda O‘zbekiston SSR Fanlar komiteti SSSR Fanlar akademiyasining O‘zbekiston SSR filiali (O‘zFAN)ga aylantirildi. 1934-yil 10-17-yanvarda Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kommunistik partiyasining VI syezdida VKP(b) XVII syezdi tomonidan qo‘yilgan vazifalarga asoslanib, ikkinchi besh yillik davrida (1933-1937-yillar) respublikaning sotsialistik madaniyatini rivojlantirishdagi asosiy yo‘llami belgilab chiqdi. Shu maqsadda O‘zbekiston SSR Sovetlarining 1935-yil 10 - 17-yanvarda Toshkentda bo‘lib o‘tgan V qurultoyi O‘zSSR Xalq Komissarlari Sovetiga 8 yoshdan to 15 yoshgacha bo‘lgan hamma bolalarni majburiy yetti yillik ta’lim ga tortish hamda respublika shahar va qishloqlarida yangi maktab binolari qurish dasturini ishlab chiqishni taklif qildi.

Xalq maorifi ehtiyojlari uchun juda ko‘p mablag‘lar ajratildi - birinchi besh yillik davrida 395,5 mln rubl mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, ikkinchi besh yillik uchun 1,16 mlrd rubl mablag‘ sarflandi. Bu yirik mablag‘lar ikkinchi besh yillik davrida 35 000 o‘quvchi sig‘adigan 539 ta yangi maktab solishga imkon berdi. Shu bilan birga kichkina maktablar bir-biriga qo‘shilib, yiriklashtirildi va to‘la kompleks darajasiga yetkazildi.

Ikkinchi besh yillik davrida hamma umumiy ta’lim maktablaridagi o‘quvchilarning soni tez sur’atlar bilan o‘sib, 931 800 nafarga yetdi, ularning 725 mingga yaqini qishloq maktablarida o‘qirdi. Respublika maktablarida o‘qish 18 tilda olib borilgan. O‘zbek tilida o‘qitiladigan maktablarning soni o‘n yil ichida 10 marta oshgan. 1929-yil may oyida Samarqandda o‘tgan O‘zbekiston adiblari, imlochilari va yetakchi ziyolilari konferensiyasida o‘zbek yozuvini arab grafikasidan lotin grafikasiga o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi. Qaror 10-avgustda O‘zbekis- ton SSR Maorif xalq komissarligi hay’ati tomonidan tasdiqlangach, 1-dekabr- da O‘zbekistonda arab alifbosidan lotin yozuviga o‘tildi.

Biroq tez orada yozuvni lotinlashtirish uchun ishlatilgan katta mablag‘lar bekor ketib, kirillitsaga o‘tkazish to‘g‘risida yangi qaror qabul qilindi. 1940-yil 8-mayda bo‘lgan O‘zbekiston SSR Oliy Soveti III sessiyasida matematik olim Toshmuhammad Qori-Niyozovning ma’ruzasi bo‘yicha lotin yozuvidan kirill (rus grafikasi) asosidagi o‘zbek yozuviga o‘tish to‘g‘risida qaror qabul qilin- di. O‘zbekistondan tashqari O‘rta Osiyo respublikalari va Ozarbayjon ham rus grafikasiga o‘tkazildi.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling