Sana: Fan: O`zbekiston tarixi Sinfi: 10 Mavzu


Download 0.53 Mb.
bet67/110
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#230257
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   110
Bog'liq
10sinf O'z.tarixi konspekt [uzsmart.uz]

Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.”Axborot vaqti”siyosiy va dunyodagi bo`lib turgan voqealar bilan tanishtirish

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: Quyidagi jadvalni to‘ldiring.


Xalq

maorifi

Oliy ta’lim

Alifbo islohoti

Adabiyot

San’at
















Faol o`quvchilar baholanadi.

III.Yangi mavzu bayoni: Sovet rejimi oz hokimiyatini mustahkamlab olgach, uning xususiyatlari tobora oshkora namo- yon bola boshladi. Bu holat xususan milliy respublika- lardagi rahbar xodimlarga munosabatda yaqqol namoyon bo‘ldi. Qaror topgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi va uning rahbar o‘zagi hisoblangan Butunittifoq kommunist- lar (bolsheviklar) partiyasi - VKP(b) bu paytga kelib “sot- sializm asoslari”ni qurishga jiddiy kirishdi hamda jami- yatning barcha sohalarida hukmronlik mavqeyini egalladi.

XX asr 20-yillarining ikkinchi yarmi va 30-yillar boshida O‘zbekiston SSRda o‘n sakkizlar guruhi (Abdurahim Hojiboyev, Inomjon Xidiraliyev, Muxtorjon 2012-yilda chop Saidjonov va b.), inogOmovchilik (O‘zSSR Maorif xalq komissari Rahim Inog‘omov va b.), qosimovchilik (O‘zSSR Oliy sudi raisi Sa’dulla Qosimov va b.), badriddinovchilik (O‘zSSR Oliy sudining prokurori Shamsutdin Badriddinov va b.), “milliy ittihodchilar” va “milliy istiqlolchilar” (Munavvarqori Abdurashidxonov boshchiligidagi 87 nafar kishi), “narkompros” ishi (O‘zSSR Maorif xalq komissari Mannon Ramziy, uning o‘rinbosari Botu va b.), “botir gapchilar” (Qo‘qonda Ashurali Zohiriy boshchiligidagi 19 nafar kishi) va boshqa siyosiy ishlar to‘qilishi natijasida o‘zbek xalqining ko‘plab yetuk farzandlari qatag‘on qilindi. Bu davrda kommunistik partiya saflarini “tozalash” kompaniyasi natijasida O‘zbekiston Kompartiyasi a’zolarining 25,6 foizi firqadan chiqarildi. O‘zbekiston SSR Oliy sudining raisi Sa’dulla Qosimov 1929-yil mart oyida lavozimidan bo‘shatilib, qamoqqa olindi. S.Qosimov va uning 6 nafar safdoshi ustidan SSSR Oliy sudi sayyor sessiyasi 1930-yil Samarqand shahrida sud jarayonini o‘tkazdi. Markazdan kelgan jazo organlari (sud raisi: Vasilyev- Yujin va prokuror R.Katanyan) ishga ataylab siyosiy tus berishdi. S.Qosimov va uning tarafdorlari “bosmachilar”ni qo‘llab-quvvatlashda, “aksilinqilobchi millatchi tashkilotlar” a’zolari bilan aloqa bog‘laganlikda, islom dinini himoya qilishda ayblanib, ularga “qosimovchilik” yorlig‘i bosildi. 1929-yil 5-noyabrda Toshkentda ma’rifatparvar Munavvarqori Abdurashidxonov boshchiligida- gi 38 nafar kishi qamoqqa olindi. Oradan ko‘p o‘tmay qamoqqa olinganlar soni 87 kishiga yetdi. Ularga “Milliy Ittihod” va “Milliy Istiqlol” tashkilot- larining a’zolari degan ayb qo‘yildi. Tergov jarayoni keyinchalik, Moskvaga ko‘chirildi. Bu holat sovet rejimining jadidlar “millatchiligi”ni fosh qilishga jon-jahdi bilan kirishganligidan dalolat beradi. 1931-yil 25-aprelda Moskvada bo‘lib o‘tgan sud majlisida Munavvarqori boshchiligidagi millatning 15 nafar fidoyisi bo‘lgan “Milliy Istiqlol” a’zolari otib o‘ldirishga, qolgan 72 nafar kishi esa uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi. O‘zbek xalqining 15 nafar farzandi Moskva atrofida otib tashlandi. Qa- moqdan ham deyarli hech kim Toshkentga qaytib kelmadi.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling