Sana: Sinf: 1 Dars: Matematika Mavzu: 20 soni tarkibi Darsning maqsadi: a ta’limiy
Download 67.23 Kb.
|
20 soni
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’tgan mavzuni so’rash 8 daqiqa 3
- Mustahkamlash 10 daqiqa 5 Baholash
- 2.O’tgan mavzuni takrorlash
- Uyga vazifani tekshirish.
- 3.Yangi mavzu bayoni 18 daqiqa
- 4.Yangi mavzuni mustahkamlash 10 daqiqa
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism : 4 daqiqa Salomlashish,o’quvchilarni darsga hozirlash. Hozir darsimiz nima? -Darsimiz matematika -Matematika darsi bizga nimalarni o’rgatadi? -sanashni,matematik amallarni Navbatchimiz axborot bersinlar-chi? Dars davomida yaxshi qatnashganlar ,mana bunday qish fasliga doir rag’bat kartochkalari bilan rag’batlantirilib boriladi. A’lo, namunali, yaxshi nomlari bilan. namunali yaxshi a’lo Tabiat, ob-havo haqida qisqacha suhbat o’tkazish. -Vatan deganda nimani tushunasiz? -O’quvchilar Vatanni tasvirlab berishadi. O’qituvchi- Darsga hamma tayyormi? O’quvchilar- Boshlayvering ustozjon O’quvchilarning o’quv -qurollari tekshiriladi.
O’quvchilar-o’tgan mavzu takrori Bugunning poydevori Qani bolajonlar biz o’tgan matematika darsida qaysi mavzuni ko’rib o’tgan edik? -biz o’tgan matematika darsida 18,19 sonlarini ko’rib o’tgan edik. Uyga vazifa 101-betdagi 5-misol . 10+ =18 19- =18 Demak bo’sh kataklarga 18- =10 10+ =19 kerakli sonlarni qo’yib 18+ =19 19- =10 chiqing.
,,Quvnoq vagonlar’’o’yini. Bunda o’tgan mavzu bo’yicha misollar vagonlarda tartibsiz ravishda joylashtirilgan bo’ladi. Vagonlardagi misollarni yechib, o’sib borish tartibida joylashtirib chiqing.Misollarni yechish orqali o’tgan mavzuni mustahkamlaymiz. Sinf taxtasiga masalaning qisqa sharti yozilgan bo’ladi. Masalani yechish orqali yangi mavzuga yo’naltiriladi. Bor edi-15ta bola Yechish: 15+5=20(ta) Kelib qo’shildi-5ta bola Javob:20ta bola Hammasi-?ta bola Demak, bugungi mavzu 20 sonini hosil qilish. Ikki xonali sonlar haqida tushuntirish.
,,Ortiqchasini top ‘’o’yini Bu o’yin orqali o’quvchilar ham o’tgan mavzuni ham yangi mavzu haqida bilimga ega bo’ladilar. 20 soni ikkita o’nlikdan iborat. O’nta birlik 1 ta o’nlik bo’lishi ekrandagi sanoq cho’plari orqali tushuntiriladi. 2ta o’nlik 20ta birlik ekanligi ko’rsatiladi. 1-misolga qaraymiz. 10 ta sariq nok,10 ta yashil nok 10+10=20 20-10=10 2-masala.Daftar bilan ishlash Bor edi -20 ta televizor Sotildi -10 ta televizor Qoldi -? ta televizor Yechish: 20-10=10(ta) 3- misolimiz og’zaki 19 ta qizil doiracha,1ta ko’k doiracha 19+1= 20 20-1=19 4-masala.Doska bilan ishlash. 1-poyezdda -19ta vagon 2-poyezdda- ?1ta vagon ortiq Yechish:19+1=20(ta) Javob:2-poyezdda 20ta vagon 5-misolimiz o’ylab top? 6-taqqoslang 20 > 19 19= 19 19 < 20 20 = 20
-Bugungi mavzuni mustahkamlashda guruh bo’lib ishlaymiz. Bunda o’quvchilar oldilaridagi kartochkalrni ochib,toq birliklar alohida,toq o n’liklar,juft birliklar, juft o’nliklar ,amallar, shakllarga bo’linadilar.Har bir guruhga yangi mavzuga doir vazifalar beriladi.6ta guruhimiz 5tadan o’quvchi. 1-guruhga Misollar yozilgan kartochkalar tarqatiladi 2+14 , 15+6 , 16+4 , 14+6, 18+2
20+0= A)21 B)20 D)0 2. 19dan keyin keladigan son A)18 B)20 D)17 3. 2o’nlik necha birlik A)10ta birlik B)20ta birlik D)1ta o’nlik,5ta birlik 3-guruhga O’sib borish tartibida joylashtirish 14,10,18,9,12,19,17 4-guruhga 13,14,15,18,16 sonlarning tarkibi 13= 10+3 14=10+4 15=10+5 18=10+8 16=10+6 5-guruhga 20 sonini hosil qiladigan misol tuzish 15+5 16+4 17+3 19+1 18+2 Guruh ishlari o’qituvchi tomonidan tekshirilib rag’batlantiriladi. 5.Baholash. 3 daqiqa Darsda yaxshi qatnashgan o’quvchilar baholanadi. Faol ishtirok etmagan o’quvchilar kelasi darsda yaxshi qatnashishga harakat qilishlari uqtiriladi. -Bolajonlar bugungi darsda nimalarni o’rgandingiz? -20 sonining tarkibi - 20 soni necha o’nlikdan iborat ekan? -2ta o’nlikdan -2 ta o’nlik necha birlik? -20ta birlik
Uyga vazifa 102-betdagi 7-misol . Misollar 20 ichida qo’shish va ayirish. Prezidentimiz I.A.Karimovning ,,Sog’lom bola ,sog’lom xalq, so’g’lom millatgina buyuk ishlarga qodir ‘’degan so'zlari bilan sizlarga salomatlik tilagan holda bugungi darsimizni yakunlaymiz. Download 67.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling