Sana: Sinf: 1 Fan nomi: Atrofimizdagi olam Mavzu: Men va atrofimizdagi olam. Qushlar


Download 0.54 Mb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1594714
1   2   3   4
Bog'liq
1-sinf ochiq dars ishlanma

I. Darsni tashkil etish.
O’quvchilar bilan salomlashish. Ingliz tilida salomlashish va ob-havo haqida ma’lumot olish. 
O’qituvchi:
Ma’rifat gulshanin gulu lolasi,
Jannatmakon yurtning o’tli bolasi.
Shukronalar aytib boshlayman darsni,
Salom, bog’larimning totli mevasi.
O’quvchilar:-Assalomu alaykum !
O’qituvchi:
Navbatchiga savolim,
Kimlar kelmadi qizim?
Sababli yo sababsiz,
Balki buni bilarsiz?
Ayting oy kun sanani,
Jalb etaylik hammani.
Nishonladik oyda
Qaysi muhim sanani?
Navbatchi:
Jamdur barcha o’quvchi,
Bugungi darsga tayyor.
O’qituvchi:
Balli tashakkur sizga,
Egallang o’z joyingiz
Siz tabiat darsining
Bilasiz chiroyini.
Qani, o’g’il – qizlarim,
Nimalarni o’rgandik?
Yana avvalgi darsda
Qanday mavzu o’tgandik?
O’quvchilar birgalikda:
-Obi-havo, quyoshni,
Oymomo va yulduzni,
Ona tuproq bag’rida
O’sgan har bir giyohni.
Muattar isli gulni,
Qaldirg’och va bulbulni.
Darranda-yu, parranda
Hashorat va hayvonni
O’rgandik ushbu fanda

O’quvchilarni uch guruhga bo’lib olamiz


Bedana
Kabutar
Oqqush


II. Uy ishini so`rash . Bayon qilish. Savol-javob asosida so`raladi.
O’tilgan darsda qanday mavzu o’tilgan edi?
Yovvoyi hayvonlar mavzusi
Uyga vazifa nima berilgan edi?
Yovvoyi hayvonlar haqida ma’lumot to’plash va rasmini chizib kelish berilgan edi.


10 ta dalil metodi orqali mavzu mustahkamlanadi. Bunda o’quvchilar o’zlari yoqtirgan hayvonni nega yoqtirishlari haqida ma’lumot aytib o’tadilar. Masalan,
Men hayvonlar ichida itni yoqtiraman. Sababi:
1/itimizning bo’yni oq, yoqimtoy;
2/bizni va uyimizni qo’riqboni;
3/men bilan har kuni o’ynaydi;
4/yangi narsalar va ishlar o’rgataman;
5/uyimizda qotib qolgan nonlarni isrof qilmay itimizga beramiz.
6/sadoqatli do’st;
7/itimizning bolalari ham bor, ular mittigina;
8/u o'z uyini toza saqlaydi;
9/o’z bolalariga qanday mehribon bo’lsa, menga ham shunday mehribon, hech ortimdan qolmaydi.
10/begonalarni akkillab qo’rqitib qo’yadi.
Barakalla  yovvoyi hayvonlar haqida ancha ma’lumotga ega bo’libsiz.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling