Sana: Sinf: 1 Fan nomi: Musiqa Mavzu: Musiqali o’yinlar
Download 316.76 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamoa bo‘lib kuylash
- Rivojlantiruvchi
- O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
- Milliy va umummadaniy kompetensiya
- Dars turi
- Nazorat
- Darsning borishi: I.Tashkiliy qism.
- B) Darsimiz shiori
- Davomatni aniqlash O’qituvchi
- II. O’tgan mavzuni mustahkamlash
- Javob. O’quvchilar: oq terak 2-savol.qaysi she’rni yod oldik Javob. O’quvchilar: Quyonim V.Baholash.
Sana:___________ Sinf: 1 _______ Fan nomi: Musiqa Mavzu: Musiqali o’yinlar Musiqa tinglash: “Oq terak” musiqasini tinglab, Oq terak musiqa sadosi ostida harakatlar bajarish. Jamoa bo‘lib kuylash: “Quyonim” O`zbek xalq bolalar o`yini Musiqa savodi: milliy o’inlar haqida tushuncha Darsing maqsadi: O’quvchilarni musiqa darsiga qiziqdirish. Ta’limiy: Oq terak kuyini tinglab, qo’l harakatlarini bajarish haqida tushuncha berish. Tarbiyaviy: O‟quvchilarda milliy musiqasiga bo’lgan qiziqishlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. Musiqa asarlarining manaviy-estetik mazmunini his qilish qobiliyatlarini shakllantirish. Rivojlantiruvchi: Kuylash, eshitish, tinglash malakalarini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Kommunikativ kompetensiya: musiqa madaniyati faniga oid atamalarni muloqot jarayonida qo„llay olish; Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: musiqa madaniyati faniga oid televizor, radioda berilgan eshittirishlarni ko„rish, o’rganilgan ish usullarini bajarish, jurnal va gazetalarda berilgan ma‟lumotlarni o„rganib borish, media vositalardan foydalanib, didaktik topshiriqlarni bajarish, axborot manbalaridan (televizor, radio, audio-video yozuv, telefon) foydalana olish; O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: musiqa madaniyati fanini o’rganish; Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: o’zining o’quvchilik burchi va vazifalarini bilish, unga rioya qilish, sinfda va oilada o’z o’rniga ega bo’lish; Milliy va umummadaniy kompetensiya: orasta kiyinish va doimo shunga amal qilish, do„stlariga, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo’lish, orasta kiyinish, yurish-turishda kattalardan o’rnak olish, o’z uyi, maktabi, turar mahallasini qadrlash; kundalik rejalarini tuza olish; Dars turi: Noan’anaviy Dars jihozlari: Musiqa madaniayati kitobi, ko‟rgazmalar, musiqa anjomlari. Metod va texnalogiya: Hikoya, suhbat, “Aqliy hujum”. Shakl: Suhbat-munozara, kichik guruhlar va jamoada ishlash. Vosita: Tarqatma materiallar, audio SD disk yozuvlari, fortepiano cholg`u asbobi, rag`barlantiruvchi kartochkalar. Nazorat: Og`zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish. O‟z-o‟zini nazorat qilish. Baholash: Rag’batlantirish, 5 ballik tizimda baholash. Dars jarayoni 1.Tashkiliy qism 4 minut 2. O‟tgan mavzuni so‟rash (mustahkamlash) 12 minut 3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut 4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut 5.O‟quvchilarni baholash 3 minut 6. Uyga vazifa 2 minut Darsning borishi: I.Tashkiliy qism. Salomlashish. O’qituvchi: -Salom shirintoylarim, yulduzlarim oylarim, Latofatga boylarim, ham sho‟x quvnoqlarim. Tinglab mening so‟zlarim,olgan siz saboqlarim, O‟ylab puxta javob bering, hozir qay dars aytib bering. O„quvchi: Hozir musiqa darsi B) Darsimiz shiori: -Bilim ol, hunar tanla! -Bilim olib, hunarli bo`lishimiz uchun eng kerakli boyligimiz bu -Sog`ligimiz. O’qituvchi: Sizlar qanday bolalarsiz? Hamma:Bizlar– buyuk yurt osmonida go‟zal kamalak, Barkamol avlod bo‟lmoq –eng ezgu tilak. Davomatni aniqlash O’qituvchi:
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash Olma she‟rini so‟rash III.Yangi mavzu bayoni: Musiqa tinglash. Musiqa savodi. Jamoa bo’lib kuylash. IV. Mustahkamlash: 1-savol.O’qituvchi: Bolajonlar bugun qanday musiqa o’yinlarini o’rgandik? Javob. O’quvchilar: oq terak 2-savol.qaysi she’rni yod oldik? Javob. O’quvchilar: Quyonim V.Baholash. Yaxshi kuylagan o’quvchilar rag’batlantiriladi. Uyga vazifa:Quyonim she’rini yod olish. Download 316.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling