Sana Sinf: 10 “D” Mavzu: organik olamdagi moslanishlar – evolutsiya natijasi darsning maqsadi: a ta`limiy


Download 0.6 Mb.
bet3/6
Sana20.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1103611
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Organik olamdagi moslanishlar

Himoya rangi. Ko‘pchilik hollarda hayvonlarning tashqi rangi o‘zi ya- shayotgan muhit rangiga mos bo‘lgani uchun ko‘zga kam tashlanadi (99-rasm). Odatda cho‘lda yashaydigan toshbaqa, kaltakesak, ilonlar qum rangida, shimoliy o‘lka hayvonlari - ayiq, kuropatka, tulkilar oq rangda, kvaksha, be- shiktervatar, ninachilar yashil barglar orasida yashagani, karam kapalagi qurti uning barglari bilan oziqlangani sababli yashil rangda bo‘ladi.



Hayvonlarda himoya rangi
1-yashil chigirtka; 2- odimchi qurt; 3 – kvaksha baqasi
Maskirovka. Ayrim hollarda hayvonning tana shakli va rangi atrofidagi barg, novda, kurtak, o‘simliklarga o‘xshash bo‘ladi. Chunonchi, chupchik degan hasharot rangi va shakli ingichka novdani, ninabaliq suvo‘tlarini, dengiz paxmoq otchasi deb ataluvchi baliq suv o‘simliklarini eslatadi (100-rasm). Ayrim ikki pallali molluskalar shakli suv o‘simliklarining kurtak- lariga o‘xshash bo‘ladi. Malayada tarqalgan kallima kapalagining qanotlari shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘ladi.

Hayvonlarda maskirovka
1-beshiktervatar; 2- chupchik – hasharot; 3-ko`lbuqa qushi
Kushandalari tomonidan ko‘p qiriladigan himoyasiz hayvonlarning «ogoh­lantiruvchi rangli» kam qiriladigan organizmlarga taqlid qilishi mimikriya hodisasi deb ataladi. Ba’zi bir pashshalarning va ayrim kapalak turlarining rang jihatdan arilarga, suvaraklarning tugmachaqo‘ng‘izlarga o‘xshashligi, zaharsiz ilonlarning zaharli ilonlar rangida bo‘lishlari mimikriya hodisasiga misoldir (101- rasm). Shuni qayd qilish lozimki, himoya va ogohlantiruvchi ranglar hayvon xatti-harakati bilan bog‘langan holda yanada samarali natija beradi.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling