Aim.Uz
Sana:
Sinf: 2
Fan: Matematika
Mavzu: Og`zaki qo`shish va ayirish usullari.
Darsning texnologik xaritasi
O`quv jarayonining mazmuni
|
O`quvchilarda matematika faniga qiziqish uyg`otiladi, o`quvchilar mavzu bo`yicha o`zlashtirilishi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar hamda mavzuning mazmun mohiyatini o`zlashtiradilar. Mavzuga oid topshiriqlarni yakka va guruh holatida o`rganib, o`zlashtirishga erishadilar. O`quvchilarning yangi mavzuni qay darajada o`zlashtirganligi nazorat qilinadi, ularning bilimi baholanadi.
|
Darsning maqsadi
|
Ta`limiy: Mavzu asosida o`quvchilarga og`zaki qo`shish va ayirishga doir bilim, ko`nikma va malaka hosil qilish.
Tarbiyaviy: O`zaro hamkorlik, hurmat, faollik, tartiblilik va madaniyatlilikka o`rgatish, shuningdek, mustaqillik solnomasi bilan to`liq tanishish.
Rivojlantiruvchi: Integratsiyalashgan dars o`tish orqali fanlararo o`quvchilarning umumiy bilimdonlik darajasini aniqlash, rivojlantirish, hayot bilan bog`lash va komil inson bo`lishga yetaklash.
|
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Shakl: interfaol mashg`ulot: savol-javob, kichik guruhlarga bo’linib, jamoa bo`lib ishlash
Metod: aqliy hujum, og`zaki bayon, test bilan ishlash, klaster
Vosita: qo`shimcha adabiyotlar, tarqatma testlar, mavzuga oid ko`rgazmalar, marker
|
Do'stlaringiz bilan baham: |