Sana: Sinf: 3 Fan nomi: Matematika Mavzu: Qo‘shishning guruhlash qonuni


Download 1.01 Mb.
bet5/49
Sana27.08.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1670497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
matematika togarak 3-sinf 2 www.sadikov.uz

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Davomatni tekshirish
Darsning maqsadini aytish.
II.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga vazifa tekshirib chiqiladi. Og’zaki savol –javob o’tkazaman.
III.Yangi mavzu bayoni:
85-topshiriqda ko‘rsatilgan tasmalardan foydalangan holda sonning ikkidan bir qismi - yarim, uchdan bir qismi, to‘rtdan bir qismi - chorak haqida tushunchalar beriladi. Sonning qismlariga ta’rif beriladi.
86-topshiriqda 1-rasmda butun tort, 2-rasmda tortning ikkidan bir qismi - yarmi, 3-rasmda tortning uchdan bir qismi,
4-rasmda tortning to‘rtdan bir qismi - choragi tasvirlangan.
IV. Mustahkamlash.
87-topshiriqda 1) 6, 14, 20 sonlarining ikkidan bir qismi mos ravishda 3, 7, 10 ga teng;
2) 6, 9, 15 sonlarining uchdan bir qismi mos ravishda 2, 3, 5 ga teng;
3) 8, 16, 24 sonlarining to‘rtdan bir qismi mos ravishda 2, 4, 6 ga teng.
Bu topshiriqni o‘quvchilar mustaqil bajaradilar. Shu bilan birga o‘quvchilar navbatma-navbat doskada ham misollarni yechishlari mumkin.
88-topshiriqdagi masalalarning yechilishi tushuntiriladi. Bunda qism bo‘yicha sonning o‘zini topish tushuntiriladi.
89-topshiriqdagi boshqotirma turli yechimga ega.
Ulardan biri: 60 - 50 + 40 + 30 - 20 + 10 = 70.
V. Uyga vazifa:
90-topshiriq va 91-masala uyga berilib, ularni bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar beriladi.
90-topshiriq bo‘yicha 24 sonining ikkidan bir qismi - 12, uchdan bir qismi - 8, to‘rtdan bir qismi - 6.
91-masalaning yechilishi:
1) hamma sabzi - 9 • 4 = 36 (kg);
2) ikkidan bir qismi - 36 : 2 = 18 (kg);
3) uchdan bir qismi - 36 : 3 = 12 (kg).
VI. Dars yakuni. O’quvchilar bilimini baholash va rag’batlantirish
Darsdagi faolligiga qarab o‘quvchilar baholanadi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling