Sana: Sinf: 9 Mavzu: Qirqim turlari Maqsad: Ta’limiy


Download 65.14 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi65.14 Kb.
#1563459
1   2   3
Bog'liq
3chizmachilik dars ishlanma 9sinf.dilmura

Yangi mavzu bayoni: Qirqim turlari
(O`qituvchi yangi mavzuni tushuntirish davomida, Microsoft Office dasturlar to`plamining Power Point dasturida tayyorlangan slayd, audio va video vositalaridan foydalangan holda mavzu bayon etiladi. Quyida dars davomida namoyish etiladigan slayddagi rasmlardan namunalar namoyish etiladi.)
Qirqimlar buyumlarning ichki tuilishini aniqlash maqsadida qo`llaniladi. Qirqimlar kesimlardan bajarilishi bilan farq qiladi. Kesimda faqatgina kesuvchi tekislik kesib o`tgan joy tasvirlanadi, qirqimda esa kesuvchi tekislik kesib o`tgan joy va uning orqasidagi tasviri qo`shib bajarriladi. Buyumni xayolan tekislik bilan kesganda kesuvchi tekislik kesib o`tgan joy va uning orqasidag tasviri qirqim deb ataladi. Qirqimlar ikki turga bo`linadi:

  1. Oddiy qirqimlar. Bitta kesuvchi tekislik bilan kesib bajarilgan qirqimlar oddiy qirqimlar deb ataladi.

  2. Murakkab qirqimlar. Ikki va undan ortiq kesuvchi tekislik bilan kesib bajarilgan qirqimlar murakkab qirqimlar deb ataladi.




Shtrixlash qonun qoidalari.
Ko`rinishlarda qirqim hosil qilish uchun kesuvchi tekislik orqali kesilgan joylar fikran avval bosh, so`ngra boshqa ko`rinishlarda aniqlanadi. Qirqimga tushgan yuzalar kesim kabi 45 gradus qiyalikda shtrixlanadi. Qirqimga tushgan yupqa devorlar va g`ildirak kegaylar shtrixlanmasdan chiziladi. Qalinligi 2mm dan kam bo`lgan yuzalar bo`yab qo`yilishiga ruxsat etiladi. Qirqimlarni belgilash kesim chizig`i, yo`nalishni ko`rsatuvchi strelkalar va lotin alifbosining bosh harflari yordamida qoyiladi. Bunda kesim chiziq va strelkaning uzunligi chizmaning katta kichikligiga qarab 8mm dan 20 mm gacha kattalikda olinadi.
Chizma talqin.
Quyidagi chizmalarni diqqat bilan kuzating va qirqim turlarini aniqlang. Oddiy qirqimlarga (+) ishorasini va murakkab qirqimlarga (-) ishorasini qo`ying va og`zaki izohlab bering.



Download 65.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling