Uy vazifasini so`rash:Uy vazifasi tekshiriladi,tahlil qilinadi va baholanadi.
Mavzuni mustahkamlash:
“Rasmni o`qish” mashg`uloti. Guruhlarga “Cholg`u asboblari”mavzusida rasmlar beriladi.
Maqsad: Mashq kuzatuvchanlikni, ijodiy fikrlashni hamda o`quvchilar nutqini rivojlantiradi va aloqa bog`lash, muloqot yuritish ko`nikmalarini shakllantiradi.
Uch guruhga “Cholg`u asboblari”mavzusida uch xil rasm tayyorlab qo`yiladi. Har bir guruhdan bittadan o`quvchi chiqib xohlagan rasmlarini tanlab oladilar.
O`tkazish usuli: Rasmni flipchart qog`ozining o`rtasiga yopishtirib qo`yiladi. Har bir guruhga rangli markerlar beriladi.
Guruh uchun vazifa:
1.Rasmni gaplashmasdan, muhokama qilmasdan diqqat bilan kuzating. Kuzatishlaringiz natijasini rasm atrofiga flip qog`ozning o`zngiz tomoniga yozing. Individual ish uchun 2 – 3 daqiqa vaqt ajratiladi.
2.Yozganlaringizni guruh a’zolariga galma – galdan o`qib bering va muhokama qiling. Rasmda qanday musiqa asbobi aks etganini o`ylab ko`ring. Bu vazifani bajarish uchun guruh larga 5-7 daqiqa vaqt ajratiladi.
3.Yozganingiz va muhokama qilganingiz asosida, muammolarni ko`targan holda kichik matn tuzing.
4.Orttirma nisbatdagi fe’lning majhul nisbatda qo`llanishiga har bir guruh ikkitadan misol keltiring.
Mashq va topshiriqlar bajarish:1-2-mashqlarni,1-2-3-topshiriqlarni shartiga ko`ra bajarish.
O`quvchilar bilimini baholash:Guruhlarda bajargan ishlariga ko`ra baholash.
Uyga vazifa: Mavzu yuzasidan savol-topshiriqlar.
sana
sinf
NI-7.Matn yaratish.1-soat.
Xatolar ustida ishlash-2-soat.
sana
sinf
Mavzu: Insondan xotira qoladi.( Ko`chirma gaplar,ularda tinish belgilarining qo`llanishi). 1-dars
Darsning ta’limiy maqsadi:
O`quvchilarga ko`chirma gaplar,ularda tinish belgilarini ishlatilishi haqida tushuncha berish.
Ularda nutqiy bilim va ko`nikma hosil qilish.
O`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o`stirish, darsda ularni o`z fikrini erkin bayon qilishga o`rgatish.
Mustahkam fikrlashga o`rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |