Sana: Tasdiqlayman: Mavzu: Hujayra tiriklikning asosi Darsning maqsadi


Download 1.6 Mb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi1.6 Mb.
#1024965
1   2   3   4
Bog'liq
HUJAYRA TIRIKLIKNING ASOSI dars ishlanma

Dars shiori: “Bizga yordir saodat, biznikidir kelajak”.
Dars turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilarning bilim, malaka, ko’nikmalarini rivojlantiruvchi.
Dars uslubi: musoboqa, guruhlar bilan ishlash
Tayanch so’z va tushunchalar: Hujayra, Membriana, Sitoplazma, Yadro, Plastidalar, Vakuola,
O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o’quvchilarga mikroskop rasmi tushurilgan tarqatmalar tarqatiladi, bunda o’quvchilar mikroskopning qisimlari nomini yozishi kerak.
Yangi mavzu bayoni: Hujayra tiriklikning eng kichik birligi hisoblanadi. Har qanday tirik organizm hujayralardan tashkil topgan. Hujayralar vazifasi va shakliga ko‘ra bir-biridan farqlanadi (12- rasm). Kislorod tashishda ishtirok etuvchi eritrotsitlar ikki tomoni botiq shaklda, leykotsitlar esa soxta oyoqlar hosil qilib organizmni mikroblardan himoya qiladi. O‘simliklarda barg og‘izchalarining hujayrasi loviyasimon tuzilishga ega.

Ular suv bug‘latish va gazlar almashinuvida ishtirok etadi. Refleks hosil qiluvchi nerv hujayra- larining uzun va kalta o‘simtalari mavjud. Nerv o‘simtalari nerv impulslarini hujayradan hujayraga o‘tkazib beradi. Hujayraning tarkibiy qismlari. Hujayralar ikki guruhga bo‘linadi:
1. Prokariotlar - yadrosi shakllanmagan organizmlar bo‘lib, ularga bakteriyalar va ko‘k-yashil suvo‘tlar kiradi.
2. Eukariotlar - yadrosi yaxshi shakllangan organizmlar hisoblanadi, ularga zamburug‘lar, o‘simliklar va hayvonlar misol bo‘ladi.
Har qanday eukariot hujayra uchta asosiy tarkibiy qismdan iborat:
1) sitoplazmatik membrana - hujayrani tashqi tomondan o‘rab himoya qiladi. Hujayra uchun kerakli bo‘lgan moddalarni tanlab o‘tkazadi.
2) sitoplazma - hujayraning ichki suyuqligi. Uning tarkibida turli vazifalarni bajaruvchi organoidlar mavjud. Sitoplazmadagi har bir organoid o‘z vazifasiga ega. Ular bu vazifani qat’iy qo- nuniyat asosida bajaradi. Biror organoidning ishlamasligi to‘qima va organlar ishining buzilishiga va organizmning kasallanishiga olib keladi.
3) yadro - hujayraning eng muhim qismi bo‘lib, irsiy axborotni saqlaydi, nasldan naslga o‘tishini ta’minlaydi va moddalar alma- shinuvini boshqaradi.


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling