Sana: Tasdiqlayman: Mavzu: Hujayra tiriklikning asosi Darsning maqsadi


O‘simlik va hayvon hujayralarining o ‘xshashligi va farqlari


Download 1.6 Mb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi1.6 Mb.
#1024965
1   2   3   4
Bog'liq
HUJAYRA TIRIKLIKNING ASOSI dars ishlanma

O‘simlik va hayvon hujayralarining o ‘xshashligi va farqlari. O‘simlik va hayvon hujayralari membrana, sitoplazma va yadroga egaligi bilan bir-biriga o‘xshaydi. Ular quyidagi belgilariga ko‘ra o‘zaro farq qiladi. 1. Faqat o‘simlik hujayralari uchun xos belgilar:
• sitoplazmatik membrana ustida sellyuloza qobiqning mavjudligi;
• plastidaga ega bo‘lishi;
• shira to‘plovchi vakuolaning bo‘lishi va kattalashib borishi.
Sellyuloza qobiq o‘simlikka mustahkamlik beradi va tayanch vazifasini bajaradi. Plastidalar faqat o‘simlik hujayrasiga xos organoid bo‘lib, ularning uch xil turi mavjud: xloroplast (yashil) yosh poya va barglarda uchraydi; xromoplast (rangli) - pigmentlar miqdoriga ko‘ra sariq, qizil, ko‘k bo‘lishi mumkin, gul va mevada uchraydi; leykoplast (rangsiz yoki oq rangda) - ildiz va urug‘da bo‘ladi. Plastidalar bir-biriga aylanishi mumkin. Masalan, pomidor dastlab yashil rangda (xloroplast), asta-sekin oqaradi (leykoplast), keyin sarg‘ayib qizaradi (xromoplast). O‘simlik hujayralariga xos belgilardan yana biri hujayra shirasiga ega vakuolaning bo‘lishidir. Vakuola hayvon hujayrasida hazm qiluvchi vakuola, qisqaruvchi vakuola ko‘ rin ish id a bo‘ lishi mumkin, lekin o‘simlikdagi vakuola singari kattalasha olmaydi (13-rasm). O‘simlikning yosh hujayrasi- ga nisbatan qari hujayrasida vakuola yirik bo‘ladi. Uning tarkibida 70-95% suv va unda erigan mineral tuzlar, organik kislotalar, uglevodlar uchraydi. Vakuolaning tarkibiga ko‘ra mevaning ta’mi har xil bo‘ladi. Agar organik kislotalar ko‘p bo‘lsa, meva nordon, uglevod ko‘p bo‘lsa, meva shirin bo‘ladi.

2. Faqat hayvon hujayralari uchun xos belgilar:
• hujayra qobig‘i yupqa bo‘ladi;
qisqaruvchi, hazm qiluvchi vakuolasi mavjud.
Hayvon hujayralarida o‘simlik hujayralari kabi qo‘shimcha sell - yuloza qobiq bo‘lmaydi. Ular maxsus o‘simtalar yordamida birikib to‘qima hosil qiladi. Hayvonlardagi vakuolalar mayda bo‘ladi. Qis- qaruvchi vakuolalar hujayradan ortiqcha suyuqlikni chiqarib yubo- radi, hazm qiluvchi vakuolalar esa hujayraga kirgan oziq modda- larni parchalab, hazm qiladi. Bir xil vazifani bajaruvchi hujayralar yig‘indisi to'qima deyiladi. To‘qimalar birlashib organlarni, organlar esa organizmni hosil qiladi. Masalan, zarang daraxti yaxlit organizm, unda ildiz, poya, barg singari organlar mavjud. Barg qoplovchi, o‘tkazuvchi, mexanik va asosiy to‘qimalardan iborat. Asosiy to‘qimaga ustunsimon va bu- lutsimon hujayralar kiradi (14-rasm).



Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling