SANA___________________ Tasdiqlayman O’ISHBDO’.USMONOV.H
_______________________________
Informatika-9. 4 – dars.
Mavzu: Algoritm tushunchasi
Maqsad:
1) Ta’limiy: O`quvchilrga algoritm, algoritm ijrochisi, ijrochini ko`rsatmari tizimi haqida tushuncha berish;
2) Tarbiyaviy: O`quvchilr buyukallomalarimizga hurmat ruhida tarbiyalash;
3) Rivojlantiruvchi: Masalalar yechish orqali o`quvchilarning algoritmlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
DTS: algoritm, algoritm ijrochisi, ijrochini ko`rsatmari tizimi haqida tushunchaga ega bo`lish.
Kompetensiya:
TK3 - doimiy ravishda o’z-o’zini intelektual va kreativ rivojlantirish, hayot davomida mustaqil kognitivlik ko’nikmalarini mustaqil ravishda rivojlantirib boradi;
FK1 - axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish ko’nikmasiga ega bo’ladi
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
d) sinfni darsga tayyorlash;
II. Takrorlash.
Obyekt, uning tavsifi va tavsif qiymati haqida misollar asosida so‘zlab bering.
Model deb nimaga aytiladi?
Matematik model deb nimaga aytiladi? Matematik modellar qanday sohalarda qo‘llaniladi?
Matematik modelning boshqa modellardan farqini tushuntiring.
Modellar necha turga bo‘linadi?
III. Yangi mavzuni o`rganish
Inson hayoti davomida katta-yu-kichik vazifalar yoki masalalarni hal etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Odatda, u o‘z maqsadiga erishishi uchun bajarishi lozim bo‘lgan amal yoki ishlarini hayotiy tajribasi yoki o‘zlashtirgan bilimiga asoslanib ma’lum bir tartibga keltiradi. Bunga hilma-xil misollar keltirish mumkin.
1–misol. Choy damlash maqsad qilib qo‘yilgan bo‘lsin. U holda choy damlayotgan kishi biz uchun odatiy hol bo‘lib qolgan quyidagi ishlarni bajarishi lozim bo‘ladi:
choynak qopqog‘i ochilsin;
choynak qaynoq suv bilan chayilsin;
choynakka bir choy qoshiq miqdorida quruq choy solinsin;
choynak to‘lguncha qaynagan suv quyilsin;
choynak qopqog‘i yopilsin;
choynak sochiq bilan yopilib besh daqiqa dam yedirilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |