Sana tasdiqlayman O’ishbdo’. Usmonov. H informatika 1 – dars. Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari


Yuqori darajali dasturlash tilla­ri


Download 188.83 Kb.
bet36/36
Sana07.05.2023
Hajmi188.83 Kb.
#1440731
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
9 sinf informatika fanidan konspekt

Yuqori darajali dasturlash tilla­ridagi ko‘rsatmalar inson tiliga yaqin bo‘lgan so‘zlar majmuidan iborat. Ular yordamida amallarni bajarish quyi darajadagi tillardan ko‘ra yengil bo‘lib, dasturchidan deyarli adreslar va qurilmalar bilan bevosita bog‘liq axborotlarni bilish talab etilmaydi. Bu tilda tuzilgan dasturlarni kompyuterlar bajara olishi uchun translyatorlar deb nomlanuvchi maxsus dasturlar raqamli ko‘rinishga o‘tkazib beradi.
Keyingi yillarda juda ko‘p yuqori darajadagi dastur­lash tillari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular qatoriga Paskal, Ada, KARAT, C++, Delphi, Visual Basic Application kabi tillarni qo‘shish mumkin. Hozirgi kunda ishlab chiqilayotgan dasturlash tillari biror yo‘nalishdagi masalalarni hal qilishga mo‘ljallangan bo’lib, ularni obyektga yo’naltirilgan dasturlash tillari deb atashadi.
Quyidagi jadvalda dasturlash tili rivojlanishi tarixidan qisqacha ma’lumot berilgan.



Dasturlash tili

Ishlab chiqilgan yil




Dasturlash tili

Ishlab chiqilgan yili


Plankalkyul

1946




PL/1,Beysik

1964

Qisqa kod

1949




Algol W

1965

Assembler «Edsak» , AO

1950




Logo

1967

Avtokod «Madlen»

1953




Algol 68

1968

Tezkor kodlash

1955




APL

1969

A-2, Flou-metik

1956




Paskal

1970

IPL-1, Mat-metik

1957




Fort

1971

Fortran

1958




Prolog, Si

1972

Algol 58

1959




Ada

1972

APT, LISP, Kobol, Algol-60

1960




Smoltok

1980

Bugungacha ishlab chiqarilgan dasturlash tillaridan keng tarqalgani Paskal (Pascal) dasturlash tilidir. Paskal dasturlash tili 1969-yil Nikalas Virt tomonidan ishlab chiqildi. Paskal tili dasturlashni o‘rgatish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lsa-da yuqori malakali dasturchilar orasida keng tarqaldi. Albatta samarali dasturlash tillari o‘zgarishsiz qolmaydi. Shu sababli ham turli rusumdagi kompyuterlar uchun Paskal tilining ularga moslashtirilgan naqllari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular Paskal tilining boshlang‘ich naqlidan farq qilishi mumkin.


IV. Musahkamlsh uchun savol va topshiriqlar.

  1. Dastur deb nimaga aytiladi ?

  2. Dasturlash tili deganda nimani tushunasiz?

  3. Quyi va yuqori darajali tillar qanday xususiyatlari bilan o‘zaro farqlanadi?

  4. Dasturlash tillari elektron hisoblash mashinalarining turlariga bog‘liq bo‘ladimi? Javobingizni asoslang.

  5. Yuqori darajadagi dasturlash tillaridan bir nechtasini ishlab chiqilgan yili bilan aytib bering.

V. Uyga vazifa
II bob,12-mazuni o`rganish.29-31-betlar
Download 188.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling