IV. Uyga vazifa
4-mashq
SANA___________________ Tasdiqlayman O’ISHBDO’.USMONOV.H
_______________________________
Informatika-9. 12 – dars.
Mavzu: Dastur va dasturlash tillari
Maqsad:
1) Ta’limiy: o`quvchilarga dasturlash tillari haqida ma’lumot berish;
2) Tarbiyaviy: O`quvchilarga vatanparvarlik tarbiyasi berish;
3) Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning ilmiy-texnik dunyoqarashlarini rivojlantirish.
DTS: Dasturlash tililari haqida ma;lumotga ega bo`lish.
Kompetensiya:
TK3 - doimiy ravishda o’z-o’zini intelektual va kreativ rivojlantirish, hayot davomida mustaqil kognitivlik ko’nikmalarini mustaqil ravishda rivojlantirib boradi;
FK1 - axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish ko’nikmasiga ega bo’ladi
I. Tashkiliy qism:
a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
d) sinfni darsga tayyorlash
II. Takrorlash
Qanday algoritmlar chiziqli algoritm deb ataladi?
Qanday algoritmlar tarmoqlanuvchi algoritm deb ataladi?
Qanday algoritmlar takrorlanuvchi algoritm deb ataladi?
III. Yangi mavzuni o`rganish
Ma’lumki, kompyuter texnikasidan samarali foydalanish ikki qismning – texnik va dasturiy ta’minotning uzviyligini talab etadi. Bu uzviylik kompyuter texnik ta’minotining jadal sur’atlar bilan takomillashib borishiga mos dasturiy ta’minotni ham keskin sur’atlar bilan rivojlanishiga sabab bo‘ladi, va aksincha. Buning sababi ma’lum, mos dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter «qimmatbaho o‘yinchoq» bo‘lib qolaveradi.
Avvalgi darslarda masalalarni kompyuterda hal qilishda kerak bo‘ladigan obyekt, model va algoritm tushunchalari haqida ma’lumot oldingiz. Ma’lumki, kompyuterda biror masalani hal qilish uchun avval uning modeli va algoritmi tuziladi, so‘ng mazkur algoritm ma’lum bir qonun-qoidalar asosida kompyuter tushunadigan tilda ko‘rsatma va buyruqlar shaklida yoziladi. Hosil bo‘lgan kompyuter tushunadigan tildagi matn dastur matni, algoritm esa dastur deb ataladi.
Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dastur tuzadigan kishi dasturchi deyiladi. Kompyuter tushunadigan til esa dasturlash tili deb ataladi.
Dasturlash tillarini shartli ravishda quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
Quyi darajadagi dasturlash tillari;
O`rta darajadagi dasturlash tillari;
Yuqori darajadagi dasturlash tillari.
Do'stlaringiz bilan baham: |