6. R.Rajabov, H.Sultonov, Ch.Rajabova hammuallifligida “Tasviriy san’at tarixi” (T:”Nizomiy TDPU” N:- 2008) kitobi san’at fakulteti va kasb- hunar kolleji talabalari uchun mo’ljallangan ilmiy- uslubiy qo`llanma hisoblanadi.
7. R.X.Murtozaev, B.J.Eshonov, B.Joldasev, M.U.Tojiyev, M.M.Haydarov, N.Polvonov, Q.Rajabov, A.Odilov. “O‘zbekitson tarixi”. (T:”O‘qituvchi” N:- 2000.) kitobi O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim Vazirligi tomonidan bakalavriat ta`lim yo`nalishi talabalari uchun o`quv qo`llanma sifatida tavsiya etilgan.
8. S. O. Mirzayev “Tasviriy San’at tarixi” fanidan ma’ruzalar matni (T:”ADU” N:2017) kitobi san’at fakulteti talabalari uchun mo’ljallangan ilmiy- uslubiy qo`llanma hisoblanadi.
9. O.N.Shomurodov “Tasviriy San’at tarixi” (T:”Durdona” N:-2021) kitobi O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim Vazirligi tomonidan bakalavriat ta`lim yo`nalishi talabalari uchun o`quv qo`llanma sifatida tavsiya etilgan.
I BOB. Sovet tuzumida O’zbekiston tasviriy san’ati
I.1. O’zbekiston tasviriy san’atining Sovet davridagi rivojlanishi haqida
Sovet hokimiyati ilgari surgan sotsializm qurish rejasining tarkibiy qismi «madaniy inqilob» edi. О‘zbekistonda «madaniy inqilob» siyosati «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik» madaniyatni rivojlantirish qobig‘iga о‘rab amalga oshirildi. Sovetlarning bu tadbiri jamiyatning barcha jabhalari qatorida ilm-fan, madaniyat, san’at, maorif, oliy ta’lim sohalarini о‘z izmiga solgan edi.
Bu davrda rus rassomlari tomonidan targ‘ib etilgan tasviriy san’atning о‘lka madaniyati uchun yangilik bо‘lgan rangtasvir, plakat, kitob va matbuot nashrlariga mо‘ljallangan grafika, haykaltaroshlik kabi turlari rivojlandi hamda yalngicha hayot uchun kurashda kuchli g‘oyaviy qurolga aylandi. Milliy kadrar tayyorlashda Toshkent, Samarqand va boshqa shaharlarda tuzilgan badiiy maktablar, ochilgan muzeylar, shuningdek, rus rassomlari (L.Bure, A.Nikolayev, A.Volkov, P. Benkov va b.) muhim rol о‘ynadi.
1930-yillarning boshlarida О‘zbekistonda tasviriy san’at ham rivojlandi. Bu yillarda О‘.Tansiqboyev, B.Hamdamiy, A. Siddiqiy, L Abdullayev, L.Nasriddinov kabi о‘zbek rassomlari ijod qilishga kirishgan edilar. 1938-yili О‘zbekistan rassomlar uyushmasi tashkil etildi.
Vatanparvarlik va insonparvarlik mavzulari tasviriy san’atning barcha janrlarida asosiy о‘rinni egalladi. A.Abdullayev, CH.Ahmarov, О‘.Tansiqboyev, M.Nabiyev, O.Tatevosyan, V.Ufimsevlarning asarlari jahon urushi badiiy yilnomasiga muhim xissa bо‘lib qо‘shildi. Bular ichida, ayniqsa, О‘.Tansiqboyevning “Qо‘qqisdan berilgan zarba”, “Partizanlar” deb nomlangan asarlari diqqatga sazovordir.
Qayd etish lozimki, 1946-1991 yillar ichida monumental rassomchilikda CH.Ahmarov, B.Jalolov, manzara janrida U.Tansiqboyev, N.Karaxan, portret janrida A.Abdullayev, M.Nabiyev, maishiy janrda R.Ahmedov, M.Saidov, Z.Inoyumov, rangtasvirda J.Umarbekov, R.Choriyev, A.Mirzayev, dastgox xaykaltaroshlitida D.Ruziboyev, M.Musayev, N.Boymatovlar samarali ijod qilar.
50-80 yillarda shaharsozlik sohasida yuz bergan tub о‘zgarishlar Respublikada monumental san’atning tez taraqqiy qilishiga sabab bо‘ldi. Jamoat binolari va ma’muriy binolarning qiyofasi monumental san’at asarlari bilan boyitila boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |