“San’at bilan shug’ullanayotganingizda u yaxshi yoki yomon ekanligi muhim emas, muhimi qalbingiz o’sib bormoqda”
II.3. Mustaqillik yillarida amaliy tasviriy san’atning milliylik xususiyatlari
Download 202.97 Kb.
|
Axrarov A.109-G Kurs ishi
II.3. Mustaqillik yillarida amaliy tasviriy san’atning milliylik xususiyatlari
A.Aliqulov va u bilan hamkorlikdagi mualliflarning ke-yingi yillarda ishlarida ularni o’z plastik tillarini topishga uringanliklari natijasida birmuncha boshqacharoq uslubda ishlanganligini e’tirof etish joiz. Rassomlar yosh tomoshabinlar teatri interьeri uchun ishlangan «Jahon xalqlari ertaklari» mavzusidagi devoriy suratda yorqin yassi-bezakdorlik tarzida mashhur ertaklar qahramonlari dunyosini gavdalantiradi. Rassomlar interьerning ma’lum me’moriy qismlaridan shunchalar muvaffaqiyatli va unumli foydalanishganki, kirish eshiklari, shunindek devoriy yassi qismlari kompozitsiyaning mazmuniy va plastik jihatlari bilan uyg’unlashtirilgan. Devoriy rangtasvirning kompozitsiya va rangdagi yechimi yuksak mahorat bilan bajarilgan. A.Aliqulov boshchiligidagi guruh (A.Agahanyan, B.Olimxonov, SH.Bahriddinov) Toshkentdagi Olimpiya shuhrati muzeyi interьerining devoriy surati yechimi o’ziga xos, ya’ni harakatchan tarzda yechilgan ilk rejali kompozitsiyaning monoxrom siluetidagi antik atletlarga qarama-qarshi holatda sharq kurashchilari, kamondozlari va chavandozlari qiyofalari tasvirlangan. SHuningdek, shu guruh rassomlari tomonidan Mudofaa muzeyi interьeri uchun (1990 yillar oxiri) ham mahobatli jangga oid rangtasvir eng yaxshi sifatlarini aks ettiruvchi asarlar yaratildi. A.Aliqulov guruhining O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyi uchun ishlangan oxirgi ishlaridan biri «Xalq ko’zg’olonlari va jadidchilik harakati» (2000) devoriy suratida yaqingacha «yopiq» bo’lgan O’zbekistondagi 1920-30 yillardagi milliy ozodlik harakatlari mavzusiga murojaat qilinganlik bilan ajralib turadi. U fuqarolik va vatanparvarlik tuyg’usi jarangi bilan sug’orilgan. Devoriy surat tili keng qamrovli va serma’no bo’lib, qarama-qarshi ranglarni uyg’unlashtirish orqali o’sha davrlar tarixiy muhiti beriladi. Bu ish mavzu va uslubiy jihatdan rangtasvir asariga yaqinligi bilan avvalgi devoriy suratlardan ajralib turadi (75- rasm). Toshkentdagi «Turkiston» kontsert saroyi interьerida O’zbekistonning ko’xna shaharlari tarixiy obidalari mavzusida ishlangan A.Ganning devoriy suratlarini Yu.CHernishovning Urganchda «Jayxun» mehmonxonasi, shuningdek, O.Xabibulinning O’zbekiston Respublikasi xalq ijodiyoti Davlat qo’mitasi, milliy matbuot-markazi, hamda A.Ikromov tumani banki binosi interьeriga ishlangan devoriy kompozitsiyalarini eslab o’tish ham joizdir. Qadim Xorazm tsivilizatsiyasi tarixiga bag’ishlab ishlangan mahobatli asari hajman kattaligi (200 kv.m.) bilan kishini hayratga soladi. Asar keyingi yillarda O’zbekistonda ishlangan yirik ko’lamdagi devoriy suratlardan deb e’tirof etilib, Yu.CHernishov dastgohli rangtasvir ustasi sifatida mashhur bo’lishiga qaramasdan mazkur kompozitsion asarda u o’zini mohir mahobatli rangtasvirchi rassom sifatida namoyish etadi. O.Habibulin ishlari, asosan, tarixiy mavzuga bag’ishlangan bo’lib, Amur Temur davri va Buyuk Ipak yo’liga oid bo’lgan O’zbekiston xalqlarining boy madaniy me’rosi bilan izviy aloqadordir. Uning enkaustika texnikasida ishlangan asarlari o’ziga xos tarzda O’zbekistonning naqsh san’ati yo’sinini boyitadi. 1990-yillar oxirlarida ko’pgina rangtasvirchi rassomlar o’zlarini mahobatli rangtasvirda sinab ko’rdilar. Bu borada samarqandlik rassom A.Isaev ijodi e’tiborga molikdir. U tempera texnikasida qator devoriy suratlar yaratdi. 1998 yilda Samarqand Davlat chet tillar instituti interьeriga uning tomonidan «Buyuk Ipak yo’li» nomli yirik kompozitsiya (uzunligi 43 metr; markaziy qismining buyi 2 metrdan 8 metrgacha) yaratilgan (73-rasm). Devoriy surat deyarli binoning butun vestibyulini egallaydi, uning markaziy qismi («Mehmonlar uchrashuvi») Samarqandga bag’ishlanadi, yon tomonlarida esa Buyuk Ipak yo’li bo’ylab joylashgan Hindiston, Hitoy, Misr, Italiya kabi mamlkatlarga bag’ishlangan sahnaviylik o’z ifodasini topgan. Devoriy surat cheklangan tarzdagi och-sariq va havorang tuslardan foydalanib amalga oshirilgan. 2000 yil A.Isaev Turkiston (Qozog’iston) shahridagi Xo’ja Ahmad Yassaviy me’moriy majmuasidagi uch zalni ramziy ma’noda uch davlat Qozog’iston, O’zbekiston va Qirg’istonga bag’ishlab ishladi. Devoriy surat tempera texnikasidan ishlangan. Samarqandlik mahobatli rangtasvirchilar E.Muhammadiev va N.Sultonovlar 2000-2001 yillarda A.Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti interьerida ishlangan «Ma’naviyat bo’stoni» nomli yirik hajmli (192 kv.m.) devoriy kompozitsiya ham shu uslubda yaratilgan. Beshta alohida kompozitsiyadan iborat bu devoriy surat qadimgi davrdan to hozirgi kungacha bo’lgan O’zbekiston madaniyati tarixiga bag’ishlanadi. 1970-80 yillar oxiriga kelib, «Usto» xalq ustalari birlashmasining ijodiy labarotariyasi faoliyati tashabbusi bilan CH.Ahmarov rahbarligida hamda N.Xolmatov va SH. Muhammadjonovlar ishtirokida miniatyura an’analarini qayta tiklash yangidan avj oldi. 1980 yillar oxiriga kelib miniatyura san’ati uslubida birinchi marotaba mahobatli devoriy suratlar yaratish «Sanoyi-nafisa» guruhi tomonidan muomilaga kiritildi. Guruhning deyarli barcha a’zolari - T.Boltaboev, H.Nazirov, G’.Kamolov, va S.Qoraboevlar o’z faoliyatini lokli miniatyurada boshlaganlar, biroq birgina o’z ustozi va rahbarlari mashhur mahobatli rangtasvirchi rassom CH.Ahmarov tajribalaridan ilhomlanib, Angren shahridagi 100 kv.m. hajmida «Ulug’bek maktabi» devoriy suratini yaratdilar. 1996-yil «Sanoyi-nafisa» guruhi tomonidan Toshkentdagi Temuriylar tarixi Davlat muzeyi interьerini bezatildi. Interьerdagi 200 kv.m. o’lchovi Amir Temurga bag’ishlab ishlangan «Buyuk sohibqiron - buyuk bunyodkor» uchligi (1 levkas, tempera, oltin) Interьerning markaziy qismida 200 kv.m. joylashtirilgan va o’zida: «Tug’ilish», Ulg’ayish», «Meros» mavzularini birlashtiradi. Devoriy surat ranglar va kompozitsion-makoniy yechimiga ko’ra muvaffaqiyatli chiqqan. Tilla hal bilan bezaklangan hoshiyali ichki gumbaz, markaziy zal ustunlari va ulkan billur qandillar bilan uchlik juda nozik tarzda uyg’unlashgan. Devoriy surat o’zining tantanavor jarangi bilan unutilmas taassurot qoldiradi. Asosiy qahramon, ya’ni Amir Temur qiyofasini aks ettirishda rassomlarning sohta kayfiyat, dabdabalilikdan chetlashgan holda, shuningdek, salobatli tasvirlay olganliklari, ayniqsa, muhimdir. Devoriy suratda Amir Temurning asosiy xususiyati, hukmdor shaxsini o’ziga xos jihatlarini ta’kidlovchi yaratuvchilik va bunyodkorlik faoliyati sahna va personajlar bilan muvofiqlashtirilgan (76-rasm). Guruh rassomlari o’zlarining yuqori malakalarini namoyish etdilar. Qiyofalar o’lchovi umumiy kompozitsiyaga muvofiq tarzda olinganligi bois ular ushbu makoniy kenglikda yo’qolib ketmaydilar. Kompozitsiyaning yuqori qismi shitob bilan parvoz qilayotgan farishtalar (markaziy qismida), fenikslar (uchlikning chap qismi) yoki opoq «xitoy» bulutchalar (uchlikning o’ng qismi) bilan tabiiy ravishda bir maromda va yengil tarzda uyg’unlashtirilgan. Bu esa butun uchlikka zaruriy bo’shliq va makonni yaratib beradi. Bunday yirik ish uchun «Sanoyi-nafisa» guruhi rassomlari Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo’ldilar. 1991-yili A.Ahmedshin Urgench shahridagi «Jayxun» mehmonxonasi interьeri uchun binoga o’rinli ravishda qo’shimcha me’moriy-badiiy ko’rinish bag’ishlovchi «Flora» nomli vitraj ishlaydi. Oxirgi yillarda O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar binosi (1998 y). Vashingtondagi O’zbekiston elchixonasi uchun «Ipak yo’li» (1997 y. A.Boltaboev eskizlari asosida), shuningdek milliy mavzularni targ’ib etuvchi qator kichik xajmli va xususiy buyurtmalar asosidagi vitrajlar A.Ahmedshin tomonidan yaratildi. SH.Jamilova esa Toshkentdagi ximiya va fizika molimerlash instituti (1986y., «Havo Yer, Suv» uchligi, 50 kv.m.), Namangan viloyati Kosonsoy shahridagi ipak to’qish fabrikasi (1988 y., «Yil fasllari» turkumi, 100 kv.m), Toshkentdagi Beruniy metro bekati, Samarqanddagi temir yo’l vokzali (1994 y., «Tong, Kun, Oqshom, Tun», 150 kv.m) inter’erini uning vitraj va qandillari bezab turibdi. Vitrajlar beton bog’lamlarda quyma shisha quyish texnikasida bajarilgan. A.Buxorboev esa, Florentsiya mazaikasi texnikasida lazurit, bronza, nefritdan foydalanib Toshkentdagi «Le-Meridian» mehmonxonasi dahlizida uch qismli kompozitsiya yaratadi. Hindiston badiiy hunarmandchiligini ramziylashtiruvchi ikki ayol qiyofasini ishlashda lazurit, bronza, nefritdan foydalanadi. Osiyo banki hozirgi qimmatbaho toshlar va ma’danlar bo’yicha Qo’mita zalini ta’mirlash ishlarida keng fazoviy kompozitsiya yaratar ekan, V.Gan ham xuddi shunday masalani xal etdi. O’z o’lchovi bilan ahamiyatli bo’lgan billurdan qilingan bu ikki kompozitsiya interьerda asosiy yorug’lik va kompozitsion urg’u sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yillardagi O’zbekiston mahobatli rangtasviri o’z rivojiga ko’ra yangi bosqichni egallaydi. Uslubiy loyihada miniatyura rangtasvirining ta’siri ahamiyatli o’rin egallaganligi; vatanimizning tarixiy va madaniy o’tmishi bilan bog’liq bo’lgan mavzularga murojaat etilishi zamonaviy mahobatli rangtasvir san’atining alohida xususiyatlari bo’lib qoldi. Dastgohli grafika san’ati rivoji ilgarigi ko’lamda bo’lmasa-da, rassomlar suvbo’yoq, chizmatasvir, linogravyura, afort texnikasida ishladilar. 1990 yillar oxiriga kelib grafika san’atida ijodiy yuksak ishlar ro’y berganligi ta’kidlanadi. Bunda, grafika san’ati haqidagi odatdagi tasavvurlarni rad etgan holda butunlay yangi shakl va badiiy uslublar vujudga keldiki, ularda grafika, an’analaridan butunlay chetga chiqib ketganliligi va rangtasvir hamda mahobatli rangtasvirga yaqinlashganlikni kuzatish mumkin. Masalan, bu narsa M.Kagarov ijodida, uning klassik realistik grafikadan uzoqlashib, «monoprint» texnikasida kollaj yoki applikatsiyani eslatuvchi («Ibodatxonaga yo’l», 1997 y., «Qayta tirilgan Orol», 1999 y.) kompozitsiyalarida namoyon bo’ladi. Bu mavhum kompozitsiyalarda chiziqlar emas, balki rangtasvirga xos yondoshish ustunlik qiladi. V.Apuxtin 1980 yillardayoq qog’ozdagi grafik tasvirlar mohiyatini tasvirning muqobil kompozitsion yechimi, obrazlar ramzligi, ekspression shakliy vositalar orqali chuqur hal etgan. Bular bilan bir qatorda ekspressiv va ramziy xususiyatga ega bo’lgan abstrakt (mavhumiy) va yarim abstrakt asarlarni grafik usulda ishlashni davom ettiradi («Koinot - Inson», 1998 y., «Ma’naviyat darvozasi», 2000 y. turkum kompozitsiyalar). P.Annenkov esa obrazlardagi real aniqlikni saqlab qolish bilan o’zining avvalgi ijod uslubiga sodiq qoladi, ammo oxirgi yillarga kelib, u qator kompьyuter grafikasi asarlari yaratdi. G’.Boymatov noan’anaviy suv bo’yoq texnikasida ishlanishi, zaruriy ahamiyatli yangi texnik yechimlarni qidirishga undashi, yozish imkoniyatlaridagi yorqin ifodali bezakdorlik va hayoliy obrazlik bilan uyg’unlashtirilgan yangicha uslub rassomning ijodini yanada yuksaltirdi. Musavvir mavzulari sezilarli tarzda o’zgarganligi: keskinlik, bo’rtirish va kinoyalilikdan chetlashganligi va o’z an’anaviy madaniyat qadriyatlariga qayta murojaati seziladi. Bunday asarlar sirasiga «O’rta Osiyoning qadimgi tangalari» (1997 y.), «Urgutda to’y» (1996 y), «Ming bir kecha» (1997 y) kompozitsion asarlarini kiritish mumkin. Lekim Ibragimov asarlaridagi o’ziga xoslik va yetuklik ko’p asrli Uzoq SHarq tasviriy san’ati an’analarini mujassam etishda ko’zga tashlanadi («Osiyo okeani» tsiklidagi grafik va rangtasvir kompozitsiyasi, «Bahor», «Kuz» tsiklidagi manzara janri kompozitsiyalari 1999 y). A.Mamajonovning asarlari bizga xalq bayramlari va sayllari, shuningdek mahalliy yashash tarzi haqida hikoya qiladi. U muntazam ravishda realistik uslubda tushь va peroda ishlaydi. U mahalliy xalq vakillarini kuchli xususiyatlarini ko’rsatish, xajmlilik, mutanosiblik, naturalistlarga xos ortiqcha unsurlardan cheklanish va xazilga moyillik rassom grafikasiga xosdir. Rassomlar M.Karpuzas va Yu.Gabzalilovlar ikkinchi texnik materiallar (tushь, pero, qalam, guashь, gratografiya, suvbo’yoq, aralash texnika)ni qo’llaydi. Gabzalilov realistik uslubga qat’iy berilgan, u o’zbeklar turmushini yaxshi biladi, xazilni o’tkir his qiladi, ba’zida fosh etuvchan. M.Karpuzasning dastgohli kompozitsiyalarida lirik ba’zan esa faylasuf sifatida namoyon bo’ladi. Karpuzasning chizmalari ekspressivligi, tasvir vositalarining lo’ndaligi, naturalistik shakllarning ishtirok etmaganligi bilan ajralib turadi. Antik mavzuga bag’ishlangan, o’z vatani afsonalari ruhida ishlangan bir turkum asarlarida uning greklardan kelib chiqqanligi darhol anglashiladi. («Yigit va qiz», SHark motivi 1995 y., «Oykumena», yerning odamlar yashaydigan qismi, suvbo’yoq, 1996 y.). Mashhur avtolitografiya va suvbo’yoq ustasi M.Sodiqov oxirgi o’n yilliklarda o’ziga odat bo’lib qolgan avtolitografiya texnikasidan voz kechib, asosan, suvbo’yoqda o’zi uchun sevimli bo’lgan Buxoroning eski shahar ko’chalarini ishlaydi. Yosh rassom B.Ismoilov ijodiy asarlarida turmushda yo’qolib borayotgan eskilik unsurlariga sog’inch bilan nazar tashlash seziladi. U tushь, pero, qog’oz, sharikli ruchka, tempera kabi oddiy texnik vositalaridan foydalanib, tuzilishi jihatidan murakkab va jumboqli bo’lgan kompozitsiyalar yaratadi. SHakllarning naqshinkorligiga ozg’in yuzli, qirra burun qiyofalarga berilishi rassomga xosdir. («Orzular daraxti» 1998 yil, «Odam qushlar», 1998 y.). Ba’zan B.Ismoilov grafikasida syurrealizm qonuniyatlari ta’siri sezilib turadi («Hohish» uchlik). Ksilogravyura ustasi D.Urazaev o’z grafikalarida ksilografiyaning avvalgi kompozitsiyalariga xos bo’lgan kichik o’lchovlikdan voz kechib, suvbo’yoq texnikasida ishlashga o’tadi. Uning suvbo’yoqda ishlangan «O’zbek me’moriy yodgorliklarining sirli tarovati» turkumidagi asari 2001 yil Toshkentda bo’lib o’tgan shaxsiy ko’rgazmasida namoyish etildi. Keksa avlodga mansub grafikachi rassom S.Redьkin buyuk ajdodlarimiz – Mirzo Ulug’bek, Beruniy, Navoiy, shuningdek Sadriddin Ayniyning portretlarini yaratdi. Samarqandlik grafikachi rassom «Avlodlarimiz izidan» (1991), «Ustaning bir kuni» (1991), «Budda qo’ng’irog’i» (1991) kabi turkum asarlari ona vatan tarixi va madaniyatiga bag’ishlangan bo’lib, avtolitografiya texnikasida bajarilgan. Plakat sohasida qo’qonlik Ahmadaliev 1970 yili Pragada bo’lib o’tgan Xalqaro ko’rgazmada Kumush nishon bilan taqdirlangan. Oxirgi yigirma yil davomida ramzlar va belgilar tizimini ishlab chiqqan E.Ishoqovning shogirdlari L.Tioraning «Kalligrafiya-impulьs» (daraxt tanasi qog’oz (matnli) svitkalar bilan qorishib ketgan (intalyatsiya) asarida ham arab va xitoy kalligrafik yozuvi uyg’unligiga urinish seziladi. L.Zufarining asarlarida E.Ishoqovning tizim va belgilar kontseptsiyasi ta’sirida yaratilgan bo’lsada, lekin uning asarlarida o’ziga xos mustaqil yondoshganlik seziladi. Uning asarlarida tosh va uning sirtiga ishlangan ramziy yozuvlar uyg’unlashtiriladi. («Turk ruknlari», 1993). T.Ayupov kompozitsiyalarida («Mavzu –I» «Mavzu – II) ramziylikka intilish ko’zga tashlansa, Yu.Alagir ijodida mavhum belgili kompozitsiyalar ustunlik qiladi. 90-yillarda ko’rgazma va galereyalarda grafikachi rassomlar Murod va Muhammad Fozilovlarning pargor va chizg’ich yordamida yaratgan qat’iy, ramziy va kosmagonik o’ziga xos ruhdagi asarlari paydo bo’ldi. Suvbo’yoq texnikasida D.Mirsalimov, A.Ligay, va A.Lilar katta yutuqlarga erishdilar. 2000-yilga kelib esa, mashhur rangtasvirchilar grafika texnikasila yaratgan asarlari bilan ko’rgazmalarda qatnasha boshladilar. 2001 yil aprel oyida «Ilhom» teatrida bo’lib o’tgan B.Jalolov, va S.Alibekovlarning grafik asarlari ko’rgazmasida aynan shu holatni ko’rish mumkin. B.Jalolov chizmatasvir ustasi ekanligini yana bir bora namoyish etish bilan ko’pchilikni hayratga solgan bo’lsa, S.Alibekov o’zining betakror fantaziyalari bilan rangli qalam imkoniyatlarini namoyish etdi. 90-yilar dastgohli grafika rivojida ramziy-mavhumlik va bezakdorlik uslubi alohida ta’kidlanadi. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng yurtimizning qadimiy tarixini yorituvchi kitob va risolalar ko’plab nashr etila boshlandi. Bugungi kunda O’zbekistonda o’ndan ortiq nashriyotlar faoliyat ko’rsatmoqda. Ushbu nashriyotlarda, zamonaviy o’zbekistonlik mualliflar bilan bir qatorda ajdodlarimiz qalamiga mansub, shuningdek, horijiy mualliflarning asarlari ham chop etilmoqda. Nashriyotlarda detektiv, fantastik janrlardagi kitoblar soni ko’paydi. Milliy falsafiy va diniy meros kitoblari nashri ortdi. Kitoblarni bezash ishlari ancha kamaydi. Lekin muqova va sarmuqova qilishga ehtiyoj ortib ketdi. Aynan o’shalar xaridor e’tiborini tortmoqda. «O’qituvchi» nashriyotida bir guruh yoshlar tomonidan kompьyuter grafikasini fotomontaj bilan ijodiy muvofiqlash-tirilmoqda. SHu guruhdagi yosh rassom SH.Mirfayozov o’quv qo’llanmalarni bezash bilan shug’ullanmoqda. SHu nashriyotda ishlayotgan E.Nurmonovning grafik ishlari kompozitsiyasining jiddiyligi va simmetrikligi hamda ranglarning vazminligi bilan ajralib turadi. U bajargan muqova va illyustratsiyalarda realistik uslub yaqqol seziladi. Yangi davr zamonaviy kitob grafika san’atida A.Bobrov, A.Mamajonov, M.Karpuzas, Yu.Gabzalilov, A.Kiva, A.Panamaryov-lar, shuningdek, O.Vasixonov, G.Millerlar jiddiy grafika ustasi bo’lib qolmoqdalar. Tajribali grafikachi rassom Q.Basharov R.Kiplingning «Maugli» kitobiga an’anaviy realistik uslubda o’ttiz to’rtta rangli illyustratsiyalar ishlangan. Qalam (pero), guashь va suvbo’yoq texnikalarini puxta egallagan A.Bobrov xalq ertaklariga ifodali, obrazli va o’ziga xos uslubda illyustratsiya yaratmoqda. Grafika ustasi A.Mamajonov «Alpomish» eposiga realistik va mazmunan ifodali bo’lgan illyustratsiyalarni tushь va peroda bajargan. SHu bilan bir qatorda u ofort texnikasida Navoiy asarlari «antologiyasi»ga illyustratsiyalar ishlagan, ularda miniatyura an’analarining ta’siri seziladi. SHuningdek, qoraqolpoq dostoni «Maspasha» ham A.Mamajonov tomonidan bajarilgan. A.Karpuzas kitob bezatish mahoratini puxta egallagan va o’ziga xos ijodiy uslub yaratgan. Keyingi paytlarda u diqqatini muqovalar, frontispislarni bezatishga qaratmoqda. Yu.Gabzililov uslub va usullarni mohirlik bilan o’zlashtirgan holda, illyustratsiyalarga dostonda ta’rif etilgan maishiy hayot ruhini singdiradi. U realistik ifodaviy obraz yaratilishga moyildir. Kitob grafikasi ustasi A.Kivaning mo’yqalamda ishlangan ragli illyustratsiyalarida rassomning ranglarni ziyraklik bilan his etishi namoyon bo’ladi. Tajribali usta A.Mahkamov tomonidan «SHarq xalqlari ertaklari» kitobiga ishlangan illyustratsiyalar badiiy jihatdan yuksak bajarilgan. Ulardagi realistik chizma asosida SHarq miniatyurasi ta’siri yaqqol seziladi. Feruza va Laylo Basharovalar SH.Perroning «Ona g’oz ertaklari»ga («SHarq» nashriyot-maktabi aktsiyadorlik kompaniyasi) bolalar dunyoqarashiga moslab realistik uslubda illyustratsiyalar yaratganlar. Ma’lumki, o’zbek kulolchilik san’ati qadimiy davrlardan shu kungacha keng tarqalgan va aholi ehtiyojlarini qanoatlantirib kelgan, muhim kasb-hunar sohasidir. Hozirgi vaqtda badiiy be-zatish uslubi, plastik va texnologik xususiyatlari bo’yicha uchta asosiy kulolchilik maktablari mavjud. Farg’ona badiiy kulolchilik maktabi (asosiy markazlari – Rishton, G’urumsaroy); Buxoro-Samarqand kulolchilik maktabi (asosiy markazlari Samarqand, Urgut, G’ijduvon, Uba, SHahrisabz); Xorazm badiiy kulolchilik maktabi (asosiy markazlari – Madir va Kattabog’ qishloqlari). Har bir maktab rivojlanishi va ijodiy tamoyillari, yetakchi markaz va ustalari, boshqa maktablardan farqlovchi xususiyatlari bilan belgilanadi. Ular o’z qonuniyatlari doirasida faoliyat ko’rsatadi va asosiy badiiy tamoyillari umumiyligini saqlab keladi. 1990-yillarda O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotining o’z holiga kelishi natijasida, an’anaviy qadriyatlarga diqqat e’tibor qaratildi. CHet davlatlar bilan aloqalar kengaytirilmoqda. Respublikada bir qator xalqaro muassasalar ochildi. Ular xalq san’atiga bo’lgan e’tiborni kuchaytirdilar. CHunonchi, 1995 yilda bo’lib o’tgan (BMTning 50 yilligi munosabati bilan) 1-respublika yarmarkasida O’zbekistonda mavjud kulolchilik markazlarining vakillari ustalari maxsus tayyorlangan «Usta guvohnomasi» sertifikatiga sazovor bo’ldilar. Bular o’z maktab an’analarini qadrlab va rivojlantirib kelayotgan ustalar R.Zuhurov (Denov), M.Turopov (G’urumsaroy), I.Komilov (Rishton), Aliger va Abdulla Narzullevlar (G’ijduvon), Nomoz va No’’mon Obloqulovlar (Urgut), R.Matchanov (Xorazm), A.Rahimov (Toshkent)lardir. 1997-yili O’zbekiston Badiiy Akademiyasi tashkil etilishi va bir qator yetakchi kulollar – Akbar Rahimov (Toshkent), SHarofiddin Yusupov (Rishton), Xudoyberdi Haqberdiev va SHarif Azimov (Samarqand) – Akademiyaning haqiqiy a’zosi bo’lib saylangani O’zbekiston kulolchigi an’analarining yuksak mavqei va darajasidan dalolat berdi, shuningdek, bu amaliy bezak san’at turining an’analarini rivojlantirishga samarali turtki bo’ldi. Xullas, mustaqillik yillarining dastlabki n yilligi davrida O’zbekiston tasviriy san’atning barcha sohalarida alohida bir ijodiy izlanishlar, tarixiy, madaniy va ahloqIy qadriyatlarning doirasini kengroq etish, yangilanish tamoillari – rassomlarning yangicha badiiy talqinlar ustida samarali ish olib borayotganliklarini namoyon etadi. Xulosa Barkamol yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy,vatanga muhabbat xissida tarbiyalash va yosh ijodkor rassomlarning ijodiy ishlanmalariga asosiy mavzuni milliy o’zbekona xususiyatlar bilan boyitish maqsadida men ushbu kurs ishimda sobiq SSSR davridagi tasviriy san’atdan hozirgi kun O’zbekiston tasviriy san’atigacha bo’lgan oraliqdagi rassomlarning ijodi, ulardagi mavzular va ularning milliy xususiyatlari haqida ma’lumotlarni jamladim hamda shu kurs ishimning ilovalar bo’limida alohida milliy xususiyatlari mavjud bo’lgan asarlarni keltirdim. Albatta, mustaqillik yillarida barcha ilm-fan va ma’daniyat sohalari asnosida tasviriy san’atga ham prezidentimiz Islom Karimov tomonidan e’tibor qaratildi. Ushbu e’tiborlar o’z hosilini berga holda o’nlab yangidan -yangi mashhur rassomlar yurtimizda yetishib chiqdi. Ushbu rassomlarimizni hattoki dunyo rassomlari tan oladigan darajada yetishishida juda katta mehnat turibdi. Oʻzbekiston tasviriy sanʼatida millat muhim oʻrin tutadi. San'at turiga asosan mamlakatning boy tarixi va uni yaratgan xilma-xil odamlar ta'sir ko'rsatadi. O'zbekiston san'ati ko'pincha rang-barang, murakkab va jo'shqinligi bilan ajralib turadi. Yorqin ranglar, qalin va nozik chiziqlar, geometrik naqshlardan foydalanish O‘zbekiston tasviriy san’atining o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Oʻzbekiston sanʼati ham islom madaniyatining kuchli taʼsirida boʻlib, u xattotlik va anʼanaviy islom naqshlaridan foydalanishda oʻz ifodasini topadi. O‘zbekiston san’ati va me’morchiligida islom madaniyati unsurlari ta’sirida murakkab naqsh va naqshlar tasvirlangan. Shunday qilib, O‘zbekiston san’ati milliylik va madaniyatning ko‘zgusidir, degan xulosaga kelish mumkin. Umuman olganda, O‘zbekiston tasviriy san’ati o‘ziga xos va jozibali bo‘lib, uning madaniy merosi va milliy o‘ziga xosligiga urg‘u berilgan. Uning uslubi va dizayni mamlakatning boy tarixi va yillar davomida unga hissa qo‘shgan insonlar haqida guvohlik beradi. Download 202.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling