“San’at bilan shug’ullanayotganingizda u yaxshi yoki yomon ekanligi muhim emas, muhimi qalbingiz o’sib bormoqda”
Download 202.97 Kb.
|
Axrarov A.109-G Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning ahamiyati
- Mavzuning maqsadi va vazifalari
- Mavzu o’rganilish usullari (uslublari, metodlari)
Mavzuning dolzarbligi: O’zbekistonlik ijodkor rassomlarning ijodida o’zbek milliyligiga bo’lgan xususiyatlarni aniqlash, shu xususiyatlarni aniq belgilar orqali ajratish. Aynan shu milliylik xususiyati sobiq SSSR hukumati tomonidan milliy rassomlar ijodida mafkuraviy tazyiq va milliylik xususiyatiga ta’qiblar mavjudligi haqida ma’lumotlar berish.
Mavzuning ahamiyati: Kelajak yosh avlodga milliy rassomchiliklarimizda o’zbekona milliylik xususiyati saqlagan san’at asarlari haqida ma’lumotlarni berish. Mavzu muammolari: Mavzuni tushuntirishda sobiq SSSR mafkurasini milliy rassomlarimizga qandayin tazyiq va ta’qiblar qo’yganligi haqida aniq dalillar mavjud emasligi. Mavzuning maqsadi va vazifalari: Tasviriy san’atimizdagi milliy o’zbekona ruhdagi asarlarni chuqur o’rganish va xulosalash. Ushbu xulosa natijasida ma’lumotlarni hozirgi kundagi rassomlar ijodiga tadbiq etish. Mavzu ob'ekti: Sobiq SSSR hukumron yillaridan mustaqillikni ilk yillarigacha va ilk mustaqillik yillaridan hozirgi kun tasviriy san’atining milliylik xususiyatlarini 2-qismga bo’lib o’rganish Mavzu o’rganilish usullari (uslublari, metodlari): Turli xil manbalar jumladan, internet saytlari, adabiyotlar, grafik ishlar bilan, ish va o’quv hujjatlari bilan tanishish, qiyosiy tahlil, tavsiyalar tayyorlash, chizma chizish va ularning barchasini umumlashtrish. Mavzu bo’yicha o’quv adabiyotlarning umumiy tahlili. Tasviriy san’at tarixi fani bo’yicha ko’plab o’quv adabiyotlari yillar davomida nashrdan chiqarilgan va ulardan foydalanib kelinmoqda. 1. Klassik o`quv adabiyotlardan biri N.Abdullayev muallifligida nashrdan chiqqan “San`at tarixi” (T:“San`at” N:-2001) birinchi va ikkinchi kitobi O`zbekiston respublikasi Oliy va O`rta mahsus ta`lim Vazirligi tomonidan oliy o`quv yurtlari uchun o`quv qo`llanma sifatida tavsiya qilingan. 2. Sana`t tarixi fanidan ma`ruzalar matni B.Boymetov, N.Tolipovlar hammuallifligida “San`at tarixi” (T:”Nizomiy TDPU” N:-2000) nashirdan chiqarilgan. 3. N.D.Abdullayeva muallifligida nashrdan chiqqan “San`at tarixi” (T:”O`zbekiston” N:-2006) kitobi O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim Vazirligi tomonidan bakalavriat ta`lim yo`nalishi talabalari uchun o`quv qo`llanma sifatida tavsiya etilgan. 4. R.Hasanov “Tasviriy san’at asoslari” (T:”G’.G’ulom nomidagi” N:-2009) Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o’qituvchilar, talabalar, badiiy yo’nalishdagi litsey va kollejlarining o’qituvchilari hamda havaskorlar uchun qo’llanma sifatida tavsiya etilgan. 5. D.A Nozilovning “O’rta Osiyo Dizayn tarixidan” (T:”O’zbekiston” N:- 1998) kitobi xalq amaliy badiiy san’atiga bag’ishlangan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta’limi vazirligi Oliy O’quv yurtlariga o’qitish sifatida tafsiya etiladi. Download 202.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling