“San’at bilan shug’ullanayotganingizda u yaxshi yoki yomon ekanligi muhim emas, muhimi qalbingiz o’sib bormoqda”


II BOB. Mustaqillik yillarida O’zbekiston tasviriy san’ati


Download 202.97 Kb.
bet5/9
Sana18.06.2023
Hajmi202.97 Kb.
#1579344
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Axrarov A.109-G Kurs ishi

II BOB. Mustaqillik yillarida O’zbekiston tasviriy san’ati
II.1. Rassomlik san’atining kengayishi
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yosh iste’dodlarni tarbiyalash, milliy tasviriy, amaliy, mini­atyura san’atimizning noyob an’analarini boyitish, dunyoga tanitish maqsadida tashkil etilgan О‘zbekistan Badiiy akademiyasi bu borada jidsiy faoliyat kо‘rsatmoqda. Masalan, Badiiy akademiyaning a’zolari tomonidan katta mahorat bilan ishlangan sohibqiron Amir Temur, Ahmad al-Farg‘oniy, Jaloliddin Manguberdi, Alpomish kabi haykaltaroshlik san’atining gо‘zal namunalari xalqimiz milliy g‘ururi, iftixorini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Sо‘nggi yillarda yosh rassomlar G‘arb tasviriy san’atini puxta о‘rganib, avangardizm, modernizm yо‘nalishlarida samarali ijod qilmoqdalar. Albatta, bu milliylik nazardan soqit qilindi, degan gap emas. Tasviriy san’at milliylik о‘zanida zamonaga moslanmoqda. Arxitektura va qurilish sohasida Sharq va Fapb me’morchiligi uyg‘unlashgan О‘zbekiston Oliy Majlisi, Oq Saroy, Senat, Toshkent shahar hokimiyati binolarini, Toshkentning Chorsu bozori maydoni atrofidagi bino va inshootlarni misol tariqasida qо‘rsatib о‘tish muhim.
O`zbеkiston tasviriy dastgoh san'ati juda qisqa vaqtda rivojlanmb, katta yutuqilarga erishdi. O`zbеkiston sam'ati zafarli yo`lni bosib o`tdi. Rеspublikamiz rassomlari ko’pgina ko`rgazmalarda faol ishtirok etib, san'atimiz ta'sirchanligining ortib borayotganini namoyish etdilar. Bizning rassomlarimiz ko’pgina janrlarda ijod qilib kеlmokdalar, manzara, natyurmort, portrеt va boshqa. Natyurmortda bozorlarimizning tulib toshgan noz-nе'matlarini, manzara janrida esa, ulkamizning go`zalligini va bеpoyonligini, oddiy tabiat kurinishidagi go`zallikni tulakrnli ifodalashga harakat kilmoklar. Shu bilan birga kdtsimdan qolgan butun dunyoga tanikli ajibmе'morchilikning nodir yodgorliklarini o`z asarlarida ko’rsatdilar. Portrеt janrida esa Vatanimizning ilg’or kishilarini, mеxnatkash xalq,ni, shoir, rassom, musikdchilarni tasvirladilar. Bizning O`zbеkiston Vatanimiz ajoyib istе'dodli rassom va haykaltaroshlarni еtkazib berdi. Bo`lar ichida Iskandar Ikromov, Chingiz Axmarov, Malik Nabiеv, Mannoy Saidov, Damir Ro`ziboеv, Ilxom Jabborov, Javlon Umarbеkov, Baxodir Jalolov, Alishyer Mirzaеv, Akmal Ikromjonov, Nе'mat Xakimov, Osimxon Vosixonov, Tеmur Sa'dullaеv, Rofur Abduraxmonovlar aloxida mavkеga ega. O`zbеkiston xal q rassomi Alishyer Mirzaеv rangtasvir ustasi xalq,imiz an'analariga, boy va syermazmun o’tmish tasviriy san'at myerosiga xurmat bilan qaraydi. Rassom o`z xalqyaga xos psixologik kеchinmalarni chuqur taxlil kila oladi. Rassom ona-tabiat bagrida o`zbеkona an'analarni, to`ylarni, bеgubor o`zbеk bolalarini, lobar kizlarni, mushtipar onalar kabi obrazlarni aks ettira olishga muvaffaq bo`ldi. Jumladan, "Toshkеnt - tinchlik va do`stlik shaxri" triptixi, "Bola xonada", "Intizorlik", "Yosh oila haqida qo`sh i q" kabi o`nlab asarlar moybo`yoqda yaratilgan. Umuman rassom tabiat va jamiyatda bo`layotgan o`zgarishlarni e'tiborsiz qoldirmaydi. Rassom rangtasvirlarga shunday jon bag`ishlaydiki, undagi go`zallik sirlari odamlarni ezgulikka еtaklaydi. Rassom asarlari bugungi kunda xalq,imiz xurmatini qozonish bilan birga, ko’pgina xorijiy davlatlarda ham ma'lum va mashxurdir.
Bahodir Jalolov ham O`zbеkiston xalq rassomi bo`lib, zamonaviy rangtasvir san'ati rivojiga katta hissa qo`shib kеlayotgan istе'dodli rassomlardan biridir. B.Jalolov tasviriy san'at borasidagi tahsilni davom egtirib, kеyinchalyk Ch.Ahmarov, R.Choriеv, Е.P.Mеlnikov, B.D.Korolyovlardan tasviriy san'at sirlarini o`rgandi. Shu sababli ham u yaratgan portrеtlarda yuksak maxorat aniq ko`zga tashlanib turadi. Uning ijodidagi tuyg`ular uyg`unligi tomoshabinni o`ziga maxliyo etib quyadi. U portrеt san'atida ; ko’p yutuqlarga erishdi. Uning tulaqonli asarlarida o`zbеk xzlkining sеvimli farzandlari siymosi o`z ifodasini topgan. U bir katta syeriya portrеtlarni yaratadi, bo`lar ichida akadеmyklar, rassom va boshqa taniqli odamlar obrazlari bor. B.Jalolov ijodida olam sirlari o`zgacha talqin etiladi. Bunga, "Gul va Rayxon afsonasi", "Nido", "Baxt qushi", "Abadiy va navqiron Hindiston", "XXI asr Madonnasi" kabi ko’plab asarlarini misol qilib kеltirish mumkin.
O’zbekistonda yangi ma’naviy-g’oyaviy yo’nalishlarining shakllanishi o’z navbatida, zamonaviy san’atning barcha sohalariga samarali ta’sir etib, ijodiy izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini yanada jadallashtirdi. Tarixiy, madaniy va ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarning keng qatlamlarini qayta idrok etish g’oyalari, yangilanish tamoyillari me’morlik, tasviriy va amaliy san’at sohalarida yaqqol namoyon bo’lmoqda.
90-yillarda mahobatli va landshaftli haykaltaroshlik, devoriy rangtasvir va vitraj, mozaika va me’morlik bilan uzviy bog’liq mahobatli bezak san’atining boshqa turlari turar-joy muhiti estetikasi shakllanishiga salmoqli hissasini qo’shdi. SHu davrda barpo etilgan yirik inshootlar mahobatli rangtasvirchilarning faol ishtirokida bunyod bo’ldi.
Misol tariqasida Toshkentdagi «Turkiston» saroyi (devoriy suratlar, vitraj, bezakli haykaltaroshlik, sopolli pannolar), Biznes-tsentr va Interkontinental mehmonhonasi (devoriy suratlar, bezakli plastika), «Meridian» va «SHeraton» mehmonxonalari (devoriy suratlar, koshinlar, bezakli plastika), Temuriylar tarixi Davlat muzeyi (devoriy suratlar, badiiy shisha, sopol plitkalar), Toshkent shahri hokimiyati binosi va Oliy majlis binosi (devoriy suratlar, koshinlar, badiiy shisha), Olimpiya sporti muzeyi, Samarqand va Buxoro shaharlaridagi «Afrosiyob», «Buxoro» mehmonxonalari hamda poytaxt va respublikaning boshqa shaharlaridagi zamonaviy me’moriy inshootlarni keltirish mumkin.
Mazkur davrda san’atkor B.Jalolov bir qator ahamiyatli asarlarni yaratdi. SHuningdek, yosh iste’dodli musavvir A.Aliqulov boshchiligidagi ijodiy guruh yaratgan tarixiy xarakterdagi muhabbatli pannolar ham yuksak badiiyati va ijro mahorati bilan ajralib turadi. Samarqandlik musavvirlar tomonidan ham turli inshootlar uchun qiziqarli devoriy rasmlar turkumi yaratildi
Mustaqillikning ilk yodgorliklaridan biri Toshkent markazidagi xiyobonda o’rnatilgan Amir Temurning otliq haykali (I.Jabborov, K.Jabborov, 1993) bo’lib, Samarqand va SHahrisabzda ham (haykaltarosh I.Jabborov, K.Jabborov, 1996) sohibqironga haykallar barpo etilgan. Xuddi shu davrda o’tmishda yashab o’tgan buyuk allomalar, davlat va din arboblari, shoirlar va musavvirlar timsolini muhrlagan qator yodgorliklar qad ko’tardi. Ular orasida o’rta asrlarda yashab o’tgan buyuk alloma al-Farg’oniyga Farg’ona (1998) va Quva (1998) shaharlarida, milliy qahramon Jaloliddin Manguberdiga Xorazmda (1999), ulug’ xadisnavis imom al-Buxoriyga Samarqandda (1998), Toshkentning mustaqillik maydonida «Motamsaro Ona» majmuasi, «SHahidlar xotirasi» me’moriy yodgorliklari (2000) qad ko’tardi. Alpomishga Termizda xaykaltaroshlik majmua-kompozitsiyasi yaratildi (A.Rahma-tullaev, Q.Norxo’rozov, U.Mardiev, T.Podosinnikov, 1998). O’zbekiston haykaltaroshlari yaratgan Belgiyaning Kortreyk shahrida Abu Ali ibn Sino haykali tantanali ravishda ochildi.
Dastgohli haykaltaroshlilik ancha jonlanganligini ko’ramiz. D.Ro’ziboev, T.Tojixo’jaev, I.Jabborov, R.Avakyan, M.Borodi-na, R.Mirtojievlar ijodida shakl, rang bilan bir o’rinda xaykaltaroshlikka xos bo’lmagan materiallarni samarali ravishda qo’llash ustida ijodiy tajribalar davom etmoqda.
Grafikada an’anaviy texnologiya bilan bir qatorda ifoda etishning avangard vositalarini faol izlash jadallashdi. (E.Ishoqov, V.Apuxtin, M.Kagarov, M.Sodiqov, L.Zufariy, L.Tio-ra).
XX asrda O’zbekistonda kuchli rangtasvir maktabi shakllandi. Ayni paytda ularning avvalgi davrlar ko’rsatish mumkin bo’lmagan o’z falsafiy qarashlarini ifoda etish imkoniyati, davrlarning aloqadorligini ko’rsatish, tarixiy xotirani parchalab bo’lmasligini isbotlashga intilishlari ko’zga tashlana boshladi. Rangtasvirning zamonaviy falsafiy plastik tizimi 80-yillarda Tamal toshi qo’yilgan qochirimli-razmli uslub rivoji jadallashdi.
90-yillar rasngtasvir san’ati o’tish davriga xos bo’lgan turli tuman uslublar ko’lamining kengligi bilan farqlanadi. Bu ko’lamda akademik realzm, dekorativizm va milliy-romantizm (ko’p hollarda miniatyura talqini ohanglarida) qiyofasiz rangtasvir, instalyatsiya yechimi tarzidagi avangardizm yonma-yon mavjuddir. Bu ko’p jihatdan ijodiy dunyoqarashning kengayishi va teranlashuvi, mualliflarning belgilangan qoliplar chegarasidan chiqishga intilishi bilan izohlanadi.
1997 yilda O’zbekiston Badiiy Akademiyasining tashkil etilishi Respublika madaniy hayotida muhim voqea bo’ldi. Uning faoliyati badiiy ta’lim, ko’rgazma ishlarini takomillashtirish va badiiy merosni hamda zamonaviy san’atni targ’ib qilish istiqbolini ta’minlashga yo’naltirilgan. Akademiklar orasida ustoz rassomlar- fahriy akademiklar R.Ahmedov, A.Abdullaev, N.Qo’ziboev, M.Saidov, R.CHoriev, M.Nabiev hamda haqiqiy a’zolari – V.Burmakin, A.Ikromjonov, T.Qo’ziev, T.Mirjalilov, J.Umarbekov, B.Jalolov, A.Mirzaev, J.Izintaev, L.Ibragimov, B.Boboev, Y.Tursunnazarov, S.Abdullaev, A.Nur va boshqalar bor. Turli avlod rassomlaridan iborat akademiklar tarkibi ramziy ma’noda mamlakat tasviriy san’atining XX asrda bosib o’tgan turli xil uslubiy yo’nalishlarini, o’ziga xos taraqqiyot yo’lini ifoda etdi.
XX asrga kelib ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar o’zaro borishi bilan bog’liq hodisa xalq ustalarining kamayishiga, hunarmandchilik buyumlarining iste’moldan chiqishiga olib kelsada, amaliy bezak san’ati an’analari sanoqli ustalar ijodida o’zining mualliflik va kasbiy mahorati darajasini saqlab qoldi.
O’zbekiston Mustaqillikka erishgandan so’ng an’anaviy hunarmandchilik taqdiri tubdan o’zgardi va xalq san’ati rivoji tubdan o’zgardi.

Download 202.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling