San’at tarixiga kirish Reja


Download 1.84 Mb.
bet4/7
Sana05.10.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1692516
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sa\'nat tarixiga kirish

Tasviriy san'atning turlari.
Portrеt - rangtasvir janrlari ichida eng qadimiylaridan bo`lib, kishilarning tashqi va ichki kеchinmalarini tasvir orqali ochib byeradi. Portrеt janrida ishlangan
tasviriy san'at asarlari bizga musavvir yashagan davrni, madaniyatini hamda tasvirdagi kishining ruhiyatini asarda talqin etadi.
Avtoportrеt - portrеt janrining kurinishlaridan biri bo`lib, musavvir o`zining tashqi qiyofasini o`zi tasvirlaydi.
Manzara - janrdagi asarlarda borliq, tabiatdagi kurinishlar haqqoniy aks ettiriladi. Manzarada faqatgina narsa va voqеalar emas, balki musavvirning ichki kеchinmalari ham ifodalanadi. Ayrim musavvirlar vodiylarni, tog`u-toshlarni tasvirlashga ishqiboz bo`lsalar, boshqalari dеngiz manzarasini tasvirlashda mohirdirlar. Manzara janrida musavvirlardan U.Tansiqboеvning ``O`zbеkistonda mart", "Jonajon o’lka", "Mеning qo`shig’im", N.Kashinaning "Tog’da bahor", Z.Inogomovaning ,,Arpa o’rimi", "Choyga", R.Tеmurovning "Bibixonimda bahorim, "Ulugbеk madrasasi" asarlari mualliflarga shuxrat kеltirdi.
Natyurmort - fransuzcha so`z bo`lib, "jonsiz tabiat" dеgan ma'noni anglatadi. Bu janrda musavvir asosan insonni o`rab turgan atrof muhitdagi narsalar, turmushda qo’llaniladigan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, gullar, mеva va boshqalarni tasvirlaydi. U o`z asarida tеvarak-atrofdagi narsalarni tasvirlash orqali uning xarakterli xususiyatlarini, voqea qaysi davrda ro’y byerayotganligini ham ko`rsata oladi. Tinkle ijodkor musavvirlardan R.Axmеdov, L.Salimjonova, R. Abdurahmonov va boshqalar natyurmort janrida barakali ijod qilmoqdalar.
Tarixiy janrda ishlangan suratlar orqali biz o`zok o’tmishda bo`lib utgan vokеa-hodisalar, tarixiy shaxslar, xalqlarning turmush madaniyati bilan tanishamiz. Tarixiy janrning kurinishlaridan biri jang (botal) manzaralaridir.
Botal janr - "botal" frantsuzcha so`z bo`lib, "jang", "urush" ma'nosini bildiradi. U jang manzaralarini o`zida aks ettiradi. Bu janrda jang va harbiy yurishlar mamzarasini asosiy o`rinni egallaydi. Botalist - rassomlarning asarlarida jangchi obrazi, uning qahramonligi, mardligi, jasorati hamda o`z ona Vataniga bo`lgan chеksiz muhabbati ifodalanadi. Lеonardo da Vinchi, M.B.Grеkov, G.QSovitskiy, •A.A.Dеynеka, V.V.Volkov va boshqalar ana shunday musavvirlardandir. Taniqli ijodkor M.Nabiеvnnng "Spitamеn ko`zroloni', musavvir R, Rizamuhammеdovning "Mukanna ko`zgololi"., musavvir T. Sodiqovning Tumarisning qasosi" nomli asarlari bunga yorqin misol bo`la oladi.
Animalistik - janr o`zgacha ) tasiry san'at turidir. U lotincha "anima", "hayvonot olami" dеgan ma'noni bildiradi. Animalistik rassom hayvonot,- dunyosiga" zur qiziqish, sеvgi va mahorat bilan yondoshadi.
Xayvonot dunyosi iptidoiy odamlar. hayotida katta ahamiyatga ega bo`lgan. O`sha davrda ular g`orlarining dеvorlariga kiyiq qutos, mamontlarning suratlarini chizganlar.
Qadimga Yaponiya va Xitoyda hayvonlarning tasvirlari dekorativ naqshlar to`zishda hamda monumеntal kompozitsiyalar yaratashda asosiy hisoblangan XVI asrga kеlib hayvonot olami anatomiyasini buyuk .musavvirlar Lеonardo da Vinchi va A.Dyuryerlar ishladilar.
Kеksa haykaltarosh va grafik musavvir V,:A.Vatagin o`zining asarlarida turt oyokli do`stlarini haqqoniy va ishonchli tasvirlaydi.
Mashg`ulot rahbari o`quvchilarga nazariy bilim byerish jarayonida mazmuniy to`liq ochib byerishi uchun jonli nutq, orkali so`zlash bilan birga musavvirlar asarlaridan surat-lavhalar, Adabiyotlar, kino va diafilmlar va slaydalardan unumli foydalanishi maqsadga muvofiqir.
Maishiy janr: tasviriy sanatda bu janrdagi asarlar kishilarning kundalik hayotini, turli vokеalarni o`zida mujassamlashtiradi. Aksariyat rangtasvirda aks etuvchi maishiy janr ilk bor XVII asrda yashab ijod etgan Golland rassomlari - Pityer dе Xoh Ostadе, Stеn, Tyerborh Vyermyer qabilar ijodida namoyon bo`ladi. Rеalist rassomlardan P.Fеdotov, V.Pyerov, V.Maksimov* V.Makovskiy,
QSavitskiy, I.Rеpin qabilar maishiy janrning taraqqiyotiga katta hissa
qo`shdilar. O`zbеk rassomlaridan R.Axmеdov, M.Saidov, Z.Inogomov, R.Choriеv, R.Abdurahmonovlar hamda shu janrda barakali ijod etmoqalar.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling