San’atning mohiyati va uning turlari


Tekshirish va sinash usullari


Download 0.7 Mb.
bet3/3
Sana18.01.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1098325
1   2   3
Bog'liq
Akbar

Tekshirish va sinash usullari

Inshootlarni sinashning asosiy vazifasi qurilish konstruksiyalarining real holati bilan uning hisoblash sxemasi orasidagi moslikni aniqlashdan iborat. Muhandislik inshootlari murakkab kuchlanish-deformatsiyalanish holatida bo`lgan, fazoviy konstruksiyalarni tashkil etadigan ko`p sonli elementlardan tashkil topgan murakkab mexanik sistema hisoblanadi. Hozirgi zamon qurilish mexanikasining ancha rivojlanib ketganiga qaramay, konkret ob’yektlarda, masalan qurilish konstruksiyalarining hisoblash sxemalarida ma'lum darajada ideallashtirishga to’g`ri keladi, bunda real konstruksiyaning asosiy xossasigina hisobga olinadi. Bundan tashqari, qurilish konstruksiyalarining holati tasodifiy xarakterga ega bo`lgan qator omillarga ham bog`liqdir

Materiallarning fizik-mexanik xossalarini aniqlash

Qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari, binobarin, bino va inshootlarning ishonchliligi va umrboqiyligini sezilarli darajada oshirish masalasi, qurilish ishlarini barcha bosqichlarda takomillashtirish va sifat nazoratini yuksaltirgan holdagina muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin. Qurilish obyektlarining yuqori sifat mezonlari fizik, geometrik va funksional ko'rsatkichlardan tashkil topadi. Qurilish materiallarining fizik-mexanik xossalari va tuzilishi, konstruksiyalarning geometrik o'lchamlari, qurilish konstruksiyalari va elementlarini montaj qilish aniqligi ana shular jumlasidandir.

Sizish muhiti va mexanik sinov usullari

Tajribada suvdan foydalanilsa, idish (sosud) ish jarayonidagiga nisbatan balandroq sathga qadar suvga to'ldiriladi. Yopiq idishlarda qo'shimcha suv yoki havo kiritish yo’li bilan bosim oshiriladi. Metall konstruksiyalarning alohida choklari atom atrofidagi bosim bilan brandspoyt – (yong'inga qarshi ishlatiladigan suv nasosi)dan tizillab otilgan kuchli suv oqimi yordamida tekshiriladi. Tekshirilayotgan ulama choklarda nuqson mavjud bo'lsa, suv zichligi zaif bo'lgan joydan sizib o'tadi.

Etiboringiz uchun rahmat


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling