San’atshunoslik” fakulteti 5111100-“musiqa ta’limi “YO’nalishi 3-kurs “musiqa o’qitish metodikasi”fanidan


Musiqa tinglashga doir metodik tavsiyalar


Download 0.71 Mb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1558385
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi 303-guruh Nabijonova Kumushoy

2.2.Musiqa tinglashga doir metodik tavsiyalar.
Musiqani tinglay bilish va undan zavqlana olish ham san’at hisoblanadi.Insonlarda musiqa tinglash madaniyati yoshlikdan shakllanadi.MTTlarda bolalar musiqa tinglash ko’nikmalariga ega bo’la boradilar.Avvalo shuni qayd etish lozimki,kishining kuylash imkoniyatidan ko’ra,tinglash imkoniyati kengroq bo’ladi.Musiqa tinglash orqali bolalarning badiiy idroki rivojlanadi.Musiqashunos olimlar bolalarni musiqiy tarbiyalashda musiqa tinglash faoliyatiga alohida e’tibor bermoqdalar.Zero,har bir insonning musiqa madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda musiqa tinglash ko’nikmasi muhin o’rin egallaydi.
Musiqa mashg’ulotlarida bolalarning musiqa tinglash ko’nikmasini shakllantirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim:
-bolalarni yoshiga mos xalq,mumtoz va zamonaviy musiqa namumalari bilan tanishtirish;
-bolalarning musiqiy asarlarda tasvir etilgan badiiylikni his qilish qobiliyatlarini rivojlantirish;
-musiqa haqidagi boshlang’ich ma’lumot (asar nomi,bastakor va shoirlarning nomi)larni,asar mazmunini ko’rgazmali qurollar yordamida ochib berish;
-tinglagan asariga baho bera olish,uning xarakteri,janrini aniqlashga o’rgatish;
-tinglagan asariga mos rasmlar chizish,hikoyalar tuzish,musiqiy-ritmik harakatlar bajarishni o’rgatish.
Musiqa tinglash uchun tavsiya etilgan va repertuarga kiritilgan musiiy asarlar musiqiy obrazlar orqali bolalarda jonajon Vatanga muhabbat,mehnatsevarlik,tabiatni e’zozlash,hamjihatlik,rahm-shafqat kabi xislatlarnishakllantirisjga qaratilgan.Bu tarbiyaviy maqsadga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.Musiqa haqida boshlang’ich ma’lumotlar berish bolalarni o’rganilgan asarlr nomini eslashga,ularning mazmuni,xarakteri va ifoda vositalarini farqlash hamda asarlarga ma’lum ma’moda baho bera olishga o’rgatadi.Bolalar diqqati uncha barqaror bo’lmaganligi tufayli ular yorqin yangraydigan musiqiy asarlarni idrok etishga qodir bo’ladilar.Kichkintoylar,ayniqsa,so’zli asar(qo’shiq)larni yaxshi idrok etadilar,chunki so’z va ohang birligi musiqiy asar mazmunini oson idrok etishga yordam beradi.Xususan,musiqa rahbari kuy-qo’shiqlarni ijro etganda uning tanish ovozi,ifodali intonatsiyasi,mimikasi va ishoralari bolalarni maftun etadi.Shu caqtda bolalarda musiqa ohanglari orqali hosil bo’lgan zavqlanish,quvonish,ajablanish kabi holatlarni kuzatish mumkin.Yangi musiqiy asar bilan tanishtirishda musiqa rahbarining jonli,ifodali ijrosi va qisqa,qiziqarli kirish so’zi kata rol o’ynaydi.Bolalar musiqiy asarning mazmunini bilib olganlaridan so’ng ularda o’z taassurotlarini hikoya qilib berishga ishtiyoq paydo bo’ladi.
Musiqa tinglash bir necha bosqichlar orqali amalga oshiriladi:
1. Bolalar e’tiborini musiqiy asarga jalb qilish va
o'qituvchining kirish sozi.
2. Musiqa rahbari ijrosida yoki magnit yozuvda asarni tinglash.
3. Asarni suhbat yo’li bilan musiqiy va badiiy-go'yaviy jihatdan
oddiy tahlil qilish.
4. Asami bir butunligicha qayta tinglash va asar haqida
bolalarning umumiy taassurotlari yuzasidan yakuniy suhbat
o'tkazish.
Musiqa tinglash metodlari: 1. Ko‘rgazmali metodi: - Musiqa rahbarining jonli ijrosi, rasmlar vositalari orqali bolalar cholg‘u asbobi, turli ritmli harakatlar. 2. Amaliy metod: - bolalarni musiqiy asarga qiziqishini oshirib,ularni hayotiy tajribasiga bog‘lab tushuntirish va musiqiy asarga munosabatini faollashtirish. 3. Taqqoslash metodi: - bunda asarlarning templari, mazmunlari taqqoslanadi,musiqiy didini o‘stirishga yordam beradi.
Maktabgacha ta’limtashkilotkarida musiqa tinglash uchun namunaviy asarlar ro’yxati:
“Bahor valsi” ,Muhammadjon Mirzayev;
“Qashqarcha” O’zbek xalq kuyi;
“Polka”, Mixail Glinka;
“Podachi”,Ikrom Akbarov;
“Italyancha polka” ,Sergey Rahmaninov;
“Ufor”,O’zbek xalq kuyi;
“Lazgi”,O’zbek xalq kuyi,
“Andijon polkasi”,O’zbek xalq kuyi;
“Olmacha anor”,O’zbek xalq kuyi;
“Chertmak”,O’zbek xalq kuyi,
“Qo’g’irchoqlar raqsi” ,S.Abramova;
“Marsh”,Fattoh Nazarov.
MTTlarda musiqa tinglash faoliyating davomiyligi (vaqti):
Kichik guruh(3 yoshli) uchun -3 daqiqa;
O’rta guruh(4 yoshli) uchun -3 daqiqa;
Katta guruh(5 yoshli) uchun 3 daqiqa;
Tayyorlov guruh(6-7) uchun -4 daqiqa.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling