San’atshunoslik” fakulteti 5111100-“musiqa ta’limi “YO’nalishi 3-kurs “musiqa o’qitish metodikasi”fanidan


Umumiy maktab yuqori(5-7) sinflarda musiqa tinglash madaniyatini rivojlantirish


Download 0.71 Mb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1558385
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi 303-guruh Nabijonova Kumushoy

3.2.Umumiy maktab yuqori(5-7) sinflarda musiqa tinglash madaniyatini rivojlantirish.
5-sinf.Beshinchi sinfda o‘rta ta'lim etapi boshlanadi. 5-sinf o‘quvchilari psixologik - fiziologik jihatdan ancha o'zgargan bo‘ladilar. Vokal -xor ko‘nikma va malakalariga ega bo‘ladi. Sof unisonda kuylashga, ikki ovozli mashqlami kuylashga, ansamblda kuylash malakalariga ega bo‘ladi. Qo‘shiq haqida, tinglangan asar haqida mustaqil fikr yuritish qobiliyatiga ham ega bo‘ladilar
Beshinchi sinfda quyidagi asarlar tinglaniladi; «Boychechak», Sh. Yormatov xor uchun qayta ishlangan. «Terimchilar qo‘shig‘i», vokai simfonik svuita G’afur G ‘ulom she‘ri, Sulaymon Yudakov musiqasi. «Maysaraning ishi» operasaidan parcha, Sulaymon Yudakov musiqasi. «Figoroning to‘yi», Volfgang Amadey Motsart musiqasi. «Otmagay tong», «Tohir va Zuxra» musiqali drammasidan parcha, To’xtasin Jalilov musiqasi. Musiqiy asarni tinglash va kuylash uchun ,albatta, musiqiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish kerakligi va hayotda musiqa tarbiyasining ahamiyati haqida musiqa o‘qituvchisi tushuntirib borishi lozim.
6-sinf. Oltinchi sinfda musiqa o‘qitishning maqsad va vazifalari oldingi sinflarda olgan bilim va malakaiarmi darajasiga asoslanib belgilanadi. Oltinchi sinfda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsadlar, musiqa tarbiyasining bosh mezoni o‘quvchilaming ma’naviy boyligining tarkibiy qismi bo‘lgan musiqaviy madaniyatini shakllantirishga qaratiladi. Mazkur maqsadlarni quyidagicha amalga oshirish belgilanadi: Darsning barcha faoliyatlari vositasida doimiy ravishda o ‘quvchilaming musiqaviy iqtidorini rivojlantirib borish.
Oltinchi sinfda quyidagi asarlar tinglanadi: O‘zbek xalq kuylari: «Jonon», «Norim-norim», «Gulizorim»; Alisher Navoiy she‘ri, Hoji Abdulaziz Abdurasulov musiqasi. «Sharq taronalari», Usmon A’zim she‘ri, Dilorom Omonullayeva musiqasi. «Qaydasan», Turob To‘lashe‘ri, Ikrom Akbarov musiqasi. «Elizaga», Lyudvig Van Betxoven musiqasi.
7-sinf. Yettinchi sinflarda musiqa o‘qitish jarayoni yakunlanadi. Unda quyi sinflarda olingan bilim va malakalar chuqurlashadi, takomillashib umumlashadi. Ayniqsa, musiqani tinglab, badiiy jihatdan mustaqil tahlil qilish qo‘shiq o‘rgatish musiqa savodi kabi dars faoliyatlarini tatbiq etish ishi nihoyasiga yetadi. 7-sinf o‘quvchilari psixologik - fiziologik xarakteriga ko‘ra diqqat - e’tiborlari turg‘un, dunyoqarashi rivojlangan bo’ladi. Ular mustaqil fikr yuritish, hikoya tuzish, musiqaga doir albom. referatlar, sinf burchaklari va ko‘rgazmali qurollar tayyorlash qobiliyatiga ega bo‘ladilar. O‘qituvchi o‘quvchilaming bu ijodiy xususiyatlaridan foydalanib, musiqa san’atiga, musiqa savodiga doir ko‘rgazmali qurollar tayyorlash vazifasini topshirishi mumkin. Shuningdek, mashhur bastakorlarga doir albomlar tayyorlashni ham topshirishi mumkin.
7-sinfda musiqa tinglash bir muncha murakkablashadi. Chunki darsning asosiy qismi tinglash jarayonida o‘tadi. Xalq qo‘shiqlari, maqomlar, mumtoz xalq musiqasi haqida fikr yuriga olishlari kerak. Musiqani badiiy jihatdan mustaqil tinglab, uni mukammal idrok etish, musiqaning tuzilishi, yangi qo‘shiqlar, musiqa adabiyoti, musiqa savodi bilan tanishtirish ishlari nihoyasiga yetadi.
O‘quvchilar, o’zbek xalq qo‘shiqlari, maqomlari, mumtoz ashulalari, yalla va laparlar, xalq musiqasining mahalliy uslublari bilan tanishib, tuzilish mazmunini, tarixini o‘rganadilar. Mumtoz ashulalar, maqomlar kuylab, o‘zbek xalq musiqasini durdona asarlaridan zavq oladilar.
Quyidagi asarlar tinglanadi: O‘zbek xalq kuyi «Farg‘onacha», «Qo‘sh haydash», «Baljuvon», «Kovushim», «Qashqarcha».
Xulosa
Faol musiqiy faoliyat jarayonida bolaning qobiliyati rivojlanadi. Yoshlik bosqichlarida o'zgarishlar hisobga olgan holda, uni erta bolalikdan to'g'ri tashkil etish va yo'naltirish o'qituvchining vazifasidir. Aks holda, rivojlanish punkti ba'zan buzilishi kuzatilmoqda.Musiqiy rivojlanishning yosh xususiyatlarini tushunish o'qituvchiga bolalarning musiqiy bilimlari ketma-ketligini va bolalarning musiqiy bilimlari tartibini aniqlashtirishga imkon beradi.Musiqa tinglash - bu musiqiy faoliyat turi. Uning o'ziga xosligi bolasini musiqiy va umumiy aqliy rivojlanish nuqtai nazaridan ham tinglash kabi imkoniyatlardan iborat. Musiqani tinglash, bola dunyoni barcha xilma-xillik bilan o'rganadi, chunki musiqa buni aniq va to'liq tovushlarni aks ettiradi.Musiqa, birinchi navbatda, hissiyot tili. Bola bilan yorqin hissiy rang berish ishlari bilan tanishing, u o'zlarini eshitgan narsalari to'g'risida o'ylashga chorlaydi.Musiqa mahoratini o'qitish metodologiyasi - bu bolalar musiqiy idrokini rivojlantirishning murakkab jarayoni - bu ishlarning badiiy faoliyatidan, o'qituvchi va vizual vositalardan foydalanishni o'z ichiga oladi.Musiqa tinglash ko'nikmalarini ishlab chiqish bo'yicha ishlar sinflarda, o'yin-kulgilarda, farzandning mustaqil faoliyatida amalga oshiriladi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, bu bolalarning umumiy rivojlanishini, ularni mustaqil faoliyatga o'rgatish, musiqaga ijodiy munosabatni o'rgatishdir.Demak bizdan talab etiladigan asosiy vazifa bu bolalarga musiqa tinglashini to’g;ri tashkil etishimizdadir.



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling