San’atshunosllik fakulteti Vokal ijrochiligi yo`nalishi 3-kurs s guruhi talabasi ravshanova dildoraning


Ko`krak- qorin (o`rtacha qovug`a-biqin). Aralash-


Download 71.43 Kb.
bet7/11
Sana14.02.2023
Hajmi71.43 Kb.
#1197401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi 3 S Ravshanova Dildora

Ko`krak- qorin (o`rtacha qovug`a-biqin).
Aralash- (pastki qovurg`a- diafragma usulida olinadi). Bu usul xonandalarga (havaskorlik xorlarida) oldin tushuntiriladi, keyin ko`rsatib beriladi. Bunday nafas olishda biqin va pastki qovurg`alar kengayadi. Nafas olishda kiftlar, ko`krak qafasi ko`tarilmaslik kerak. Tajribali ashulachilarda nafas ko`krakda deyarli bo`lmaydi. Ular nafasni pastga- diafragma olib, qorinni pastki qismida harakat bo`ladi. Xorda nafas olish spitsifikalari mavjud. Xorda bu vaqtda zanjir yoki ulanma nafas (tsepnoe do`xanie) olish usuli qo`llaniladi. Zanjir usuli ayrim xor asarlarini kuylashda nafas olish mumkin bo`lmagan paytlarda qo`llaniladi. Ko`p ovozli asarlarni kuylashda xonandalar zanjirli nafasdan foydalanadilar. Bu usul zanjir yoki ulama nafas olish usuli deyiladi.
Nafas olish tugab, tovushning boshlanishi ataka deyiladi. Ataka ital’yancha attakate hujum qilmoq degan ma`noni bildiradi. Bu vokal-xor va boshqa musiqa janrlarida ham qo`llaniladi. Tovushning yumshoq, mayin boshlanishi yumshoq ataka deyiladi. Tovush atakasi asar xarakteriga bog`liq bo`ladi. Ataka ifodali ijro vositasi hisoblanadi. Yumshoq atakada ovozning kengligiga, mayinligiga «niqobdorli» ga tezroq erishiladi.
Qattiq ataka marsh, vahima, daxshat, qattiq iztirob chekish, fig`on, tantana, shodlik kabi ifodalarda qo`llaniladi. eng asosiy vazifa hosil bo`lgan tovushni sofligiga erishish (xususan yuqori registrda), ya`ni tovushni yuqori pozitsiyada kuylash. YUqori tovush pozitsiyasiga ega bo`lmagan xor yoki xonanda to`g`ri va aniq intonatsiyaga ega bo`la olmaydi.
Xorda so`zlarini tinglovchiga etkazib berish vositasi diktsiya deyiladi. Asarning g`oyaviy mazmunini ochib berishda diktsiya muhim rol’ o`ynaydi. So`zlar shoirona fikrni to`ldirsa, musiqa uni bo`yoqlari bilan to`ldirib, ma`nosii chuqurlashiradi.
Diktsiya- lotincha diktio nutq, aniq so`z talaffuzi ma`nosini bildiradi. Diktsiya aniq so`z talaffuzi va badiiy ifoda demakdir. Ma`lumki bizda unli tovushlar orqali kuylaniladi. SHuning uchun xorda so`z talaffuzi tarbiyasiga katta e`tibor beriladi.

Diktsiyani yaxshilashda vokal-xor mashqlarida unli va undosh tovushlarni kuylash yaxshi natija beradi. Bunda biz artikulyatsiyadan foydalanamiz. Artikulyatsiya – lotincha articilatio talaffuz qilish degan ma`noni bildiradi. Unli tovushlarni o`zlashtirishda undosh tovushlar muhim rol’ o`ynaydi. Dirijyor undosh tovushlarni eshitilishida doimo ish olib borishi zarur. Unli tovushlar, undosh tovushlarga qaraganda qisqa talaffuz qilinadi. Diktsiya yaxshilashda o`rta regstr va diapazondan, o`rta, ovoz kuchidan foydalanish yaxshi natija beradi. Doimiy mashqlar natijasida yuqori registrda kuylash va yaxshi diktsiyaga ega bo`linadi. Vokal-xor diktsiyasi bir butun kompleks bo`lib, u tartibli ravishda xorning vokal ishlari bilan bog`lab olib boriladi.


Vokal- asarlarini shakllantirishda repertuarning to`g`ri tanlanishi asosiy rol’ o`ynaydi. Asarlarni dastlab xor jamoasining bilim darajasiga qarab tanlanishi juda muhim ahamiyatga ega. Musiqa savodi yo`q kuylovchilar balan dastlab oddiy unison kuylanadigan asarlar olib ishlanadi. Vokal-xor mashqlari orqali musiqa savodini shakllantirib boriladi va oddiy asarlardan murakkablariga o`tib boriladi. Dastlab kanonlar kuylatiladi. Keyinchalik o`zbek xalq qo`shig`i «Chamanda gul» asari kanon usulida o`rgatiladi. Ayrim qismlari unison shaklida barcha xor a`zolari bilan birgalikda barcha ovozlar kuylaydi. Vokal-xor mashqlari yordamida turli xil oddiydan-murakkabgacha bo`lgan mashqlar olib ovozlarni bir tekisda intonatsiyaga qarab kuylashga erishgan yuqori pozitsiyada kuylash ham yaxshi samara beradi. Kuylovchi qaysi sharoitda kuylanmasin dirijyor har bir tovushni sof, tiniq kuylashga erishishi lozim. Asarni ishlanayotganda har bir partiyani juda ko`p ishlab sof tovushlarda dinamikasi bilan kuylatish lozim. SHundan so`ng asta-sekin ovozlarni bir-biri bilan qo`shib kuylatish, avval birinchi, so`ng ikkinchi ovozlarni birlashtirib kuylatish lozim. SHunda ham asar ohangini va xorni sinchikovlik bilan kuzatish lozim. Dirijyorning qo`l harakatlariga jiddiy rioya qilgan holda sof tovush va sof diktsiya bilan kuylashga erishish zarur. Asardagi so`zlarni unli va unsizlarini to`g`ri kuylatishga erishmoq zarur.



Download 71.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling