San’atshunosllik fakulteti Vokal ijrochiligi yo`nalishi 3-kurs s guruhi talabasi ravshanova dildoraning


Download 71.43 Kb.
bet8/11
Sana14.02.2023
Hajmi71.43 Kb.
#1197401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi 3 S Ravshanova Dildora

"Xonandalik ovozi" tushunchasi insonning kuylash qobiliyati bilan bog’liq nutqdan farqli o ’laroq, xonandalik ovozi tovushlari aniq balandlikka ega, uzoq davom etishi m um kin. U lar unlilarda namoyon bo’ladi. Xonandalik ovozidan inson bolalikda m usiqiy eshitish va ovoz apparati rivojlanishi daraja-siga ko’ra foydalana boshlaydi. M aishiy (qo’yilm agan) va kasbiy (professional q o ’yilgan) xonandalik ovozi farqlanadi. O vozni q o’yish deb uni professional q o ’llash maqsadida m oslashtirish va rivojlantirish tushuniladi. Yorqinlik, g o ’zallik, jarang kuchi va davom iyligi, diapazon kengligi va toliqmaslik, noziklik kabi sifatlar, ko’p jihatdan ovoz apparati tabiiy xossalari bilan belgilanadi va ovozni qo’yish jarayonida rivojlantirilishi m um kin. Ovoz opera-konsert kuylash uchun, xalq qo’shiqlari, estrada kuylash va sh.k. uchun qo’yiladi. Xonandalik ovozini belgilovchi sifatlar - tem br g o ’zalligi va tovushni uzoq tutib tura olish. Opera-konsert ovoz katta zallarda yaxshi eshitilishi, ya'ni "parvozga ega" bo’lishi kerak. Jaranglik, metallik ovozlar parvozli. M etallik va parvozlilik ovoz spektirida yuqori opertonlar guruhi, yuqori xonandalik form antash m avjudligi bilan belgilanadi. Ovoz tarangi dumaloqligi va yum shoqligi spektm ing past qism i obertonlari kuchlanishiga bog’liq. Yuqori va past xonandalik form antalari, shuningdek vibrato (sekundiga 5-6 martali pulsasiya) ovozning go’zalligi va quyiluvchan xarakterini belgilaydi. Xonandalik ovozining m uhim sifati uning kuchidir. Opera kuylash kuchli, katta zalni to ’ldirishga qodir va orkestr to’rligi fonida eshitiladigan ovozni talab etadi. O voz tabiatan registrlarga ega. Registr deb, tovushlarning tembri bo’yicha bir xillik qatori tushuniladi, u yagona fiziologik mexanizm bilan hosil qilinadi. Erkaklar ovozida diapazonning pastki qismida ko’krak va yuqori qism ida faltset registr farqlanadi. Ko’krak registri taranglar va boyligi ajralib turadi.
Tovush paydo qilish organlarining tuzilishi.
Bo’g’iz va burun bo’shliqlari nafas olish nay cha yo’llari va o’pka tovush hosil qiluvchi a'zolar hisoblanadi. Hiqildoq nafas olish naychasi (traxeya) va halqum orasida joylashgan. Nafas yo’lining bo’shlig’i tikkasiga kesilgan holda qum soatiga o ’xshaydi. hiqildoq ichidan shilimshiq parda bilan qoplangan va to’rtta tomoq to g ’ayidan iborat. Ular qalqonsim on, ikkita qora ta'lat va barm oqsim on b o ’ladi. Ular o ’zaro bog’langan va m ushaklar bilan ta'minlangan, tomoq tog’aylari yoshiga qarab sekin - asta suyakka aylanib boradi. Bo’g’izning yuqori b o ’limi - ustki boylam bo’shlig’i - yolqon tovush boylam igacha cho’zilgan. Morganievlar oshqozoni nomini olgan, ikki tom onlam a chuqurlashgan qism i yolqon tovush boylam idan haqiqiy ovoz boylam igacha cho’zilgan. Hiqildoqning pastki boylam bo’shlig’i barm oqsim on tog’ayning pastki chekkalarigacha yetadi, qalqonsimon tog’ay tovush paychasining uzunligiga bog’liq bo’lib, erkaklarda ayollam ikiga nisbatan uzunroq, kuchli rivojlangan. Bu hiqildoqning kattaligiga ta'sir qiladi. Ayollar hiqildoqining eng kattasi taxm inan erkaklardagi eng kichkina bo’g ’iz bilan teng. Hiqildoq til ostidagi harakatchan suyakka m aqkam langani va um urtqa oldi m uskul pardasi bilan bog’langani sababli hiqildoq asta va faol harakat qilishi mumkin. Yolg’on tovush boylam lari ashula aytishda qatnashmaydi, lekin ular tarkibida suyuqlik bilan ta'm inlaydigan bezlar bo’lib, ular haqiqiy tovush paychasini nam lab turadi. Haqiqiy tovush boylam larining qirqoqlari sadaf rangga ega. Tovush paychasining ishida ikki guruh muskullar: ichki, tashqi cho’ziq m uskullar tovush ishtirok etadi. M azkur guruhdagilarning har biri m a'lum vazifani bajaradi. Tovush m ushaklari ko’krak registrida tovush boylam larining uzunligini, yo’g’onligini, kengligini o’zgartiradi, tovush oralig’ini kengaytiradi va toraytiradi. Tinch nafas olinayotganda boylam lar orasida uchburchakli keng darcha ochiladi. Tovush darchasi orqali havo bemalol keladi. Hiqildoqni ovqat tushib qolishidan him oya qilish uchun yutingan vaqtda tomoq uchburchakli kemirchak plastinka hiqildoq qopqog’i bilan berkitiladi. Burunning tarkibi suyakli va kemirchakli skeletdan iborat. Burun bo’shlig’i shilimshiq pardalar bilan qoplangan, bir - biriga teng ikkita yarim likdan iborat bo’lib, bu joy burun chig’anog’i deyiladi va ularning ostidan bir nechta burun bo’shlig’idagi chiqish joy lari ochiladi: peshonali, yiringli, panjarasimon. Halqum naysim on oraliq tushunilib, yuqorisi bosh m iyaning tubi bilan chegaralanadi, pasti esa hiqildoq va ovqat yo’liga o’tadi. Oldindan unga og’iz va burun bo’shlig’i o’tadi, natijada uchta alohida anatomik kimyo paydo b o’ladi: burun - halqum bo’shlig’i bo’g’izi, og’iz- halqum bo’shlig’i bo’g ’izi, va halqumning o’zi. Esnash yuqoridan tanglay pardalari bilan, pastdan esa ikki tomonlama tanglay dutachasi orqali tilgacha chegaralangan. Tanglay pardasi shilimshiq pardali plastinka bilan qoplangan va orqaga davom etgan qattiq tanglay hisoblanadi. Kichkina tilcha yumshoq tanglay yrtasida joylashgan, o’zining shaxsiy m ushaklariga ega. Hiqildoq nafas yo’ligacha davom etgan - nay cha halqali tomoq kem irchaklaridan tarkib topgan. Traxeya ikkita yirik nafas yo’liga bo’linadi, u hamma narsani maydalab ikkita o’pka hosil qiladi. Ko’krak bo’shlig’i qorin bo’shlig’idan diafragmasi bilan ajratilgan. Xor ijrochiligi hozirgi kunda keng tarqalgan asl xalq san'ati turlaridan biridir. Jamoa ijrochiligi odamlarda chuqur estetik zavq uyg'otibgina qolmay, ularni jipslashtiradi, jamoa bo'lib birlashishga olib keladi hamda ma'naviy saviyasini, badiiy didini oshirishga yordam beradi. Bu, ko'‘chilik bir g'oya bilan uyushdi, yagona ijrochilik maqsadi tomon yo'naltirildi degani, ya'ni boshqacha qilib aytganda, so'z va musiqadagi tuyg'u bir odam orqali emas, bir guruh odam tomonidan ifoda etilishidir. Ushbu san'at turi xonandalik jozibasi bilan hayratga soluvchi o'ziga xos san'atdir. U insonning eng yaxshi his-tuyg'ularini uyg'otib, hayajonlantirish, qiziqtirish xususiyatiga ega. Shu sababdan xor ishtirokchilari bilan bir qatorda tinglovchilarning ham badiiy-g'oyaviy tarbiyalanishidagi roli juda katta. Jamoa ijrochiligi tarbiya vositasida ham katta ahamiyatga ega bulib ijro jarayonida vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg'ulari va jamoa bo'lib birlashish kabi xislatlarni tarbiyalashda juda katta ahamiyatga ega.Darhaqiqat, ijro jarayonida xor bo'lib kuylangan qo'shiq bir ovozli ijroga nisbatan ta'sirchan va ifodaliroq ekanligini anglaydilar. Xor ijrochiligining bunday xosiyatini anglash bolalarga katta ta'sir ko'rsatadi. Xor san'ati bir tomondan ijrochilikning eng ommaviy shakli bo'lsa, boshqa tomondan aksariyat xislatlari bilan o'ziga xos individual xarakterga ega. Ijrochilik mahorati, kuylash usuli, repertuari, xor rahbarining qobiliyati kabi individual xarakterdagi xislatlar xor jamoasining ijodiy «qiyofa»sini boshqasidan ajratib turadi.
Respublikamizda san'at sohasiga tegishli bir qancha oliygohlar qatori
pedagogik yunalishga ega bulgan ta'lim dargohlarida musiqa yunalishlari mavjud
bulib xor, xorshunoslik darslari ham utiladi.
"Xor - bu vokal musiqani cholg'u asboblar jo'rligida yoki jo'rsiz (a - cappella)
ijro etuvchi xonandalar jamoasidir". "Xor" atamasi yunoncha «choros» so'zidan
olingan bo'lib, «to'da, yig'in» ma'nosini bildiradi. Ko’p ‘ vaqtlardan buyon xor
opera, oratoriya, kantata, ba'zan simfoniyada qo'llanilib kelgan. Musiqa amaliyoti
davomida xorning har xil turlari paydo bo'ldi. Xor turi xorning tuzilish sifatiga
qarab aniqlandi. Turiga ko'ra xor bir xil yoki aralash tuzilishda bo'lishi mumkin.
Bir xil tuzilishdagi xorlarga alohida erkaklar xori, ayollar xori, bolalar xori kiradi.
Aralash xorga bolalar bilan ayollar xorlar, ayol va erkaklardan iborat xorlar kiradi.
Xor ko'rinishi xorni tashkil qiluvchi mustaqil xor ‘artiyalarining soni bilan
belgilanadi: ikki ovozli xor, uch ovozli xor, to'rt ovozli xor va hokazo. Har bir xor
‘artiyasi ma'lum bir joyda 2-3 ovozlarga bo'linishi mumknn. Bunday bo'linish
divizi (italyancha divisi - bo'lingan) deyiladi.
Aralash xor odatda to'rt ovozlilikdan iborat. Lekin bundan ham ko'p ovozga
mo'ljallangan xor asarlari ham uchraydi. Divizi tufayli aralash xor 6-12 ovozli
ifodaga ega bo'lishi mumkin. Xor adabiyotida ikki-uch va undan ortiq mustaqil
ovozlar gruppasi (ijrosiga mo'ljallangan ko'p ovozli asarlar) alohida bo'limni tashkil
qiladi. Qo'sh va uchtalik xorlar yirik o’era sahnalarida uchraydi.
Har qanday qo'shiq ijrochiligida ovozni shakllanganligi katta ahamiyatga ega u
an'anaviy qo'shiq ijrochiligi bulsin , hoh akademik ijrochilik bulsin. Shu sababli
ham vokal-xor malakalirining benihoya o'rni bulakcha.
Nihoyatda nozik musiqiy ifodalash xususiyatlariga ega bo'lgan, o'zining turlituman rango-rang tembri(tusi)ga boy bo'lgan inson ovozi - murakkab musiqa
asbobidir. Shuning uchun ham ko'pincha inson ovozi «gapirib turuvchi musiqa
asbobi», deb nomlanadi. Inson ovozi a’’arati asosan uch qismga bo'linib, bular: nafas olish organlari; hiqqildoq; rezonatorlar bo'lib, bir-biriga uzviy bog'langandir.
Inson ovozi juft va toq hiqqildoq tog'aylari ‘ardalarining muskuli yordamida birbiriga bog'lanadi. Nafas ovoz ‘ardalariga urilib, ularni tebratadi va tovush chiqaradi. Ovoz pardalari lotinchada -«lig vokale» deb nomlanib, ular aniqlanishining asosiy tamoyillari: xorda qo'shiq ayta oladigan ovoz turi; xorga zarur musiqa qobiliyati (ya'ni, eshitish, usul ushlash va musiqiy xotira)ga ega bo'lgan insonlar ovozi; ovoz sifatlari (tembr, diapazon) mujassam bo'lishi darkor.
Pedagog mashg'ulotlarni olib borish jarayonida vokal-xor malakalarini
shakllantirish zarur, vokal-xor malakalari deganda Xor jamoasining ijrochilik
madaniyati xonandalarning vokal (ashula) va xor ijrochiligi mahoratlariga bog'liq.
Vokal mahoratiga xonandaning turish holati, nafasi, tovush hosil qilishi va
talaffuzi kiradi. Xor ijrochiligi maxorati ovoz sozlanishi va ansambl bo'lib birikishi
(qo'shilishi) tushuniladi.

Download 71.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling