Sang, olam seniki. Kamtar bo’l, chunki


Deb so'zi yordamida ergashgan


Download 37.4 Kb.
bet3/6
Sana31.01.2024
Hajmi37.4 Kb.
#1817756
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Konspekt Ergashgan qo\'shma gap 2011

Deb so'zi yordamida ergashgan
qo'shma gaplar

Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini, sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko'pincha deb so'zi yordamida bog'lanadi va ergash gaplarning kesimi III shaxs buyruq mayli shaklidagi fe'llar bilan ifodalanadi. Bunday gaplar tarkibidagi deb so'zi uchun ko'makchisi bilan ma'nodosh sanaladi, shuning uchun bir-biri bilan erkin almasha oladi. Ergash gaplar yozuvda bosh gapdan yozuvda vergul bilan ajratiladi.


== Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo'lingga.
== Shu mo'jaz uyimda yonsin deb chiroq, Ne aziz zotlarga yondosh dim gohi.
== Sen otashi ichida urasan javlon, Dushman qolmasin deb sevgan elimda.
== Ukalarim bezovta bo’lmasin deb, To’ng’ich botir to’qayning bir chekkasiga qochdi.


Shart mayli vositasida ergashgan
qo'shma gaplar

Ergash gapning kesimi shart mayli shaklídagi fe'llar orqali ifodalanganda, shart mayli qo'shimchasi ergash gapni bosh gapga bog'lovchi vosita ham sanaladi. Bunday ergash gaplar bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik shartini, paytini bildiradi. Yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi.


== Alpomishga alla aytgan momolarim,
Ruhini shod etay desang, xalq bo'l, elim!
== Bahor osmonida chaqnasa chaqin,
Ko’ksingdan otilar olovli nafas.


Ko'rsatish olmoshili ergashgan
qo'shma gaplar
Bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshi ma'nosini izohlash uchun qo'llangan ergash gaplar bosh gapga -ki yuklamasi yordamida bog'lanadi. Bu yuklama bosh gap kesimi tarkibida bo'ladi va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. Ba'zan bu bo'lak qo'llanmasligi ham mumkin, ammo uning o'rni bilinib turadi.
== Shuni doimo yodingda tutki, biz hammamiz seni yaxshi ko'ramiz.
==Shunga aminmanki, «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun ta 'lim tizimimizni yaxshilashda tub burilish yasaydi.
==Umidimiz shuki, Sizlar baxtli bo'linglar.
==Shunday yashaylikki, hamma havas qilsin.



Download 37.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling