Sangilova setora 5141600-boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish kunduzgi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun boshlang’ich sinf ona tili


Download 0.66 Mb.
bet1/26
Sana22.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1648711
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Guliston davlat universiteti (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

BOSHLANG’ICH TA’LIM USLUBIYATI KAFEDRASI


SANGILOVA SETORA
5141600-BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT-TARBIYAVIY ISH KUNDUZGI TA’LIM YO’NALISHI BO’YICHA BAKALAVR DARAJASINI OLISH UCHUN « BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI VA O’QISH DARSLARIDA LUG’AT USTIDA ISHLASH» MAVZUSIDAGI
BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Rahbar: F.SHARIPOV GULISTON – 2016


Boshlang’ich sinf ona tili va o’qish darslarida lug’at ustida ishlash


M u n d a r i j a
K I R I Sh

I. BOB. BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI VA O’QISH DARSLARIDA LUG’AT USTIDA ISHLASHNING NAZARIY-PEDAGOGIK ASOSLARI




    1. Boshlang’ich sinf ona tili va o’qish darslarida lug’at ustida ishlash metodikasi


    2. Ona tili va o’qish darslarida lug’at ustida ishlashning o’ziga xos xususiyatlari

II BOB. BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI VA O’QISH DARSLARIDA LUG’AT USTIDA ISHLASHNING SHAKL VA USULLARI




    1. Ona tili va o’qish darslarida lug’at ustida ishlashning zamonaviy usullari


    2. Tajriba-sinov natijalari

XULOSA VA METODIK TAVSIYALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR




KIRISh


Mavzuning dolbzarligi. Respublikamiz mustaqilligi mustahkamlanayotgan davr ichida ta’lim tizimida bir muncha tub o’zgarishlar bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida» gi qonun talablari dadillik bilan hayotga joriy etilayotir. Maktab oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli ijro etish o’quvchilarning ilmiy, nazariy jihatdan puxta qurollangan bo’lishlarini talab etadi. Hozirgi kunda o’quvchilarga har tomonlama bilim berishda o’qituvchi oldiga katta mas’uliyat yuklanadi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari zimmasiga
ta’lim samaradorligini oshirish, ilg’or pedagogik texnologiyalar, o’qitishning interfaol metodlarini o’zlashtirish va o’quv-tarbiya jarayoniga tadbiq etish vazifasi qo’yilgan.
Boshlang’ich ta’limni isloh qilish, o’quvchilarni kichik yoshdan boshlab mustaqil va ijodiy fikrlashga o’rgatish shart-sharoitlarini yaratish o’qituvchidan zamonaviy o’qitish texnologiyasi asoslarini bilishni, ularni amalda qo’llay olishni talab etadi.
Ayniqsa, o’quvchilarni barkamol shaxs qilib tarbiyalashda lug’atlarini boyitish. Nutqini boyitish va erkin fikrlashga o’rgatish eng asosiy vazifalardan biridir.
Xar qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan o’zaro bog’lagan mazmunga mos so’z va so’z birikmalarining ma’lum izchillikda joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lug’ati qanchalik boy va rivojlangan bo’lsa, uning nutqi ham shunalik boy bo’ladi va o’z fikrini aniq va ifodali bayon etishga keng imkoniyat yaratiladi.
Boshlang’ich ta’limda o’qituvchi ona tili va o’qish darslarida lug’at ustida ishlash usuli to’rt asosiy yo’nalishni ko’zda tutadi.

      1. O’quvchilar lug’atini boyitish, ya’ni yangi so’zlarni, shuningdek bolalar lug’atida bo’lgan ayrim so’zlarning yangi ma’nolarini o’zlashtirish ona tilining lug’at boyligini bilib olish uchun o’quvchi o’z lug’atiga har kuni 8-10 tayangi so’zni ona tili darslarida 4-6 ta so’zni qo’shishi, ya’ni shu so’zlar ma’nosini o’zlashtirishi lozim. Masalan: tayyoragoh, milliy, mustaqil, xuquq.

      2. O’quvchilar lug’atiga aniqlik kiritish. Bu o’z ichiga quyidagilarni oladi:

  • o’quvchi puxta o’zlashtirmagan so’zlarning ma’nosini to’liq o’zlashtirishi;

  • ko’p ma’noli so’zlarni o’zlashtirish;

  • sinonimlarni o’zlashtirish;

  • frazelogik birikmalarning ma’nosini o’zlashtirish.

      1. Lug’atni faollashtirish.

      2. Adabiy til.

Ona tili va o’qish darslarida lug’at bilan ishlash o’quvchilarni to’g’ri yozishga, kuzatuvchanlikni tarbiyalashda, ularning nutqiy madaniyatini, fikrlash
qobiliyatini o’stirishda, o’quvchilarni savodli yozish malakalarini o’stirishda yordam beradi. Shu bois tadqiqot ishimizni «Boshlang’ich sinf ona tili va o’qish darslarida lug’at ustida ishlash» deb nomladik.
Tadqiqotning predmeti - boshang’ich sinf ona tili va o’qish darslarida lug’at ishi jarayoni.
Tadqiqotning maqsadi boshlang’ich sinf ona tili va o’qish darslarida lug’at ishi o’rgatish usullarining og’zaki samarali vosita va usullarini aniqlash.
Tadqiqotning ob’ekti boshlang’ich sinf ona tili va o’qish darslarida o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish.
Tadqiqotning vazifalari:

  1. Ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish va amaliyotga joriy etish.

  2. Darslarni tahlil qilish.

  3. Muammoning pedagogik-metodik jihatlarini tavsiflash.

  4. Lug’at usulida o’rganish orqali ona tili va o’qish darslarini samaradorligini oshirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash, eng qulay samarali shakl va usullarini ishlab chiqish.

O’quvchilar lug’ati quyidagi manbalar asosida boyitiladi.
Atrofni o’rab olgan muhitni, tabiatni, kishilarning hayoti va mehnat faoliyati, bolalarning o’yini va o’qish faoliyatini, kattalar bilan munosabatini kuzatish. Tabiatga, qurilishga, muassasalarga sayohat vaqtida bolalar predmet va xodisalarni kuzatish bilan ko’pgina yangi nom va iboralarni o’rganadilar. Sayohatlar yuzasidan o’tkazilgan suhbat vaqtida ularning bilimini va fikrlashi chuqurlashtiriladi. Ayrim so’zlar ma’nosiga aniqlik kiritiladi.
O’quvchilar lug’atini boyitishda ona tili bilan birgalikda o’qish darslari ham ya’ni badiiy adabiyotni o’rganish hisoblanadi.
Maxsus mashqlar yordamida grammatika va orfografiya o’rganish darslari so’z va terminlarni o’zlashtirishga yordam beradi, bolalar predmet, belgi, harakat, sanoq, tartib ifodalaydigan so’zlarni bilib oladilar, bu darslarda o’quvchilar lug’atlarni tartibga soladilar, so’z turkumlarini o’rganish jarayonida guruhlanadi, so’z tartibi, so’z yasalishi so’zlarning o’zgarishini o’rganish bilan lug’atga aniqlik
kiritiladi, ular o’rgangan so’zlardan o’z nutqlarida foydalana boshlaydilar, natijada lug’atlari faollashadi. O’quvchilar lug’ati maxsus lug’aviy mantiqiy mashqlar yordamida ham boyiydi.
Demak, ona tili va o’qish darslarida o’quvchilarning lug’atini boyitishda quyidagi usullarga e’tibor berishimiz lozim.

    1. Ona tili va o’qish darslarida o’quvchilarning lug’atini boyitish.

    2. So’z ma’nosini tushuntirish.

    3. Imlo lug’atidan foydalanish.

    4. O’quvchilar lug’atiga aniqlik kiritish.

    5. Lug’at o’rganishni faollashtirish.

    6. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so’zlarni o’quvchilarning faol lug’atidan sust lug’atga o’tkazish.

    7. O’quvchilarga omonim, sinonim, antonimlarni tushuntirish.

Boshlang’ich ta’limini lug’atsiz, so’z boyligisiz, umuman tasavvur etib bo’lmaydi. Shuning uchun doimo o’qituvchi darslarda o’qitish jarayonida lug’at ustida ish olib borishi lozim.
Bitiruv malakaviy ishimiz o’z turkumiga ko’ra quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: kirish, ikki bob, uning to’rtta tarkibiy qismi, xulosa va metodik tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.



  1. BOB. BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI VA O’QISH DARSLARIDA LUG’AT USTIDA

ISHLASHNING NAZARIY-PEDAGOGIK ASOSLARI

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling