30-modda. Javobgarlik choralari
Ushbu Qonun talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi. Ma’muriy jarima pullari O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining epidemiyaga qarshi jamg‘armalariga tushadi.
(30-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
31-modda. Sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlarini buzish natijasida keltirilgan zararning o‘rnini qoplash
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, sanitariya qonunlarini buzishda aybdor bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar shikastlanganlarni davolash va ularning salomatligini tiklash, davolash-profilaktika tadbirlariga, sanitariya holatini yaxshilash va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishga sarflangan xarajatlarni O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq to‘lashlari shart.
VI BO‘LIM. XALQARO ShARTNOMALAR
32-modda. Xalqaro shartnomalar
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Qonundagidan boshqacha qoidalar belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnomalar qoidalari qo‘llanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-iyul,
657-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 355-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda;1999-y., 5-son, 124-modda; 2000-y., 7-8-son, 217-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405-modda; 2010-y., 35-36-son, 299-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda, 50-son, 588-modda)
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |